O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Superfos. Superfos nomi bilan ataladigan uzoq muddat o’zlashadigan yangi
turdagi o’g’it ishlab chiqarish usuli ham yaratilgan. Bu kimyoviy boyitilgan va kislotalar bilan aktivlangan tarkibida qiyin o’zlashadigan shakldagi P2O5 tutgan (Qoratog’, Qizilqum, Pribaltika, CHilisoy va bir qancha) fosforitlardan olingan fosforit kukunidir va shuning uchun uni to’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatish samarasizdir. Fosforit unining suvli suspenziyasiga unchalik ko’p bo’lmagan miqdordagi sul’fat kislotasi (yoki gaz holatidagi oltingugurt dioksid) qo’shiladi. Muhit pH 4 da karbonatlar – dolomit va kalg’tsit, pP 2,5 da esa fosfat parchalanadi. Kislotalilik muhitini boshqarish orqali fosfatdagi faqatgina qisman P 2 O 5 ning, ekvivalent miqdordagi magniy bilan eritmaga o’tishini tahminlash mumkin. Fosforitni boyitish uchun sul’fat kislota dolomit va kalg’tsitdan o’tuvchi Sa 2Q ionlari bilan neytrallanadi va ozgina miqdordagi kalg’tsiy sul’fatga aylanadi, uni fosforit bilan birgalikda suyuq fazadan ajratiladi va undan kationli flotatsiyalash orqali oson yo’qotilishi mumkin. Kimyoviy boyitilgan va bunda aktivlangan fosforit unidan superfos olish uchun uni fosfat kislota bilan namlash orqali qo’shimcha aktivlanadi, donadorlanadi va quritiladi. Superfos tarkibida 38-40% P 2 O 5 , undan 19-20% suvda eruvchan shaklda bo’ladi va samaradorligi jihatdan qo’shaloq superfosfatga tenglashtiriladi. 1 t P 2 O 5 li superfos ishlab chiqarishga kislota sarfi (1-1,3 t H 2 SO 4 va 0,355 t P 2 O 5 li fosfat kislota) esa 1 t P 2 O 5 li qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarishga nisbatan ikki marta kamdir. Kimyoviy boyitishda hosil bo’ladigan va tarkibida Mg 2+ va HPO 4 2- ionlari tutgan eritmadan qimmatli o’g’it hisoblangan magniyammoniyfosfat NH 4 Mg’O 4 *H 2 O ni cho’ktirish uchun ammoniylanash amalga oshiriladi. Fosfatli xom ashyodagi P 2 O 5 dan foydalanish samaradorligi 95% ga yetadi. Jarayon yopiq suv aylanma tsiklida amalga oshiriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling