O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Nazorat uchun savollar
1. Ozuqali fosfatlarga nimalar kiradi? 2. Ftorsizlangan fosfatlar ishlab chiqarish usulini tushuntiring. 3. Pretsipitat nima? U qanday olinadi? 4. Pretsipitatlashning fizik-kimyoviy asoslarini tushuntiring. 5. O’g’itli pretsipitat ishlab chiqarish jarayonini tushuntiring. 6. Monokalg’tsiyfosfat qanday olinadi? 7. Termik fosfatlar nima? Ularning olinish usullarini ko’rsating. Tayanch so’z va iboralar 1. Qo’shaloq superfosfat 6. Kamera-oqimli usul 2. Fizik-kimyoviy asoslari 7. Returli usul 3. Qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarish 8. Barabanli donadorlash-quritgichi 4. Kamerali usul 9. Superfos 5. Oqimli usul 7 – MA’RUZA QO’SHALOQ SUPERFOSFAT ISHLAB CHIQARISH Reja: 1. Qo’shaloq superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari 2. Qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarish 3. Superfos 4. Qoratog’ fosforitidan superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari 5. Qoratog’ fosforitidan superfosfat turidagi o’g’itlar ishlab chiqarish Tabiiy fosfatlarni fosfat kislotasi bilan parchalash natijasida oddiy superfosfatdan asosan fosfatli birikmalar (monokalg’tsiyfosfat va mahlum miqdordagi erkin fosfat kislotasi) bo’lishligi bilan farqlanadigan qo’shaloq superfosfat olinadi. Qo’shaloq superfosfatdagi kalg’tsiy sul’fat qo’shimchasi – fosfatning, tarkibida sul’fat-ion bo’lgan ekstraktsion fosfat kislota bilan parchalanishi yoki ruda tarkibida sul’fatlarni bo’lishi hisobidan ishtirok etishi mumkin. Chunki qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarish uchun odatda ekstraktsion fosfat kislotasi ishlatiladi, lekin tabiiy fosfatning bir qismi fosfat kislota olish uchun sul’fat kislota bilan, qolgan qismi esa tayyor mahsulot olish uchun fosfat kislota bilan parchalanadi. Qo’shaloq superfosfat (uni chet ellarda, bahzan, uchlik superfosfat nomi bilan yuritiladi) tarkibidagi P2O5 ning miqdori oddiy superfosfatdagiga nisbatan 2-3 marta ko’p va uning tarkibida: P2O5 o’zl. = 42-50% (xom ashyo sifatiga bog’liq holda); P 2 O 5umum. = 45-56%; P 2 O 5s.e. = 38-42% va P 2 O 5erkin = 1,5-5% bo’ladi. Qo’shaloq superfosfat kontsentrlangan fosfat kislota (52-54% P 2 O 5 ) ishlatilgan holda kamerali (oddiy superfosfatga o’xshash) usulda va 28-36% P 2 O 5 li kislota qo’llagan holda oqimli (kamerasiz) usullarda olinadi. Kamaerali superfosfat omborga tashlangan holda yetiltiriladi. Oqimli usulda esa birdaniga donadorlangan (omborli yetiltirishsiz) mahsulot olinadi. Kamera-oqimli usul ham mavjud bo’lib, unda oson parchalanadigan fosforit unidan olingan kamerali superfosfat yetiltirish bosqichisiz to’g’ridan-to’g’ri donadorlash va quritishga uzatiladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling