O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


Rudalarni qayta ishlashning boshqa usullari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Rudalarni qayta ishlashning boshqa usullari. Kaliyning ‘olimineral 
rudalaridan gidrotermik usulda xlorsiz kaliyli o’g’it olinishi mumkin. Bunda ishqoriy 
metallar xloridlari sul’fatlarga konversiyalanadi. 
Havo kislorodi, ayniqsa suv bug’i 800
O
S xaroratda konversiyalanishni 
tezlashtiradi. Magniy xlorid kislorod bilan tahsirlashganda magniy oksid va xlor, suv 
bug’i bilan tahsirlashganda esa magniy oksid va vodorod xlorid hosil bo’ladi. Kainit 
yoki kaliy (natriy) xlorid va magniy sul’fat aralashmasi qizdirilganda quyidagi 
reaktsiya sodir bo’ladi: 
MgSO
4
+ 2KCl(NaCl) + H
2
O = MgO + K
2
SO
4
(Na
2
SO
4
) + HCl 
Bunda suv bug’i qanchalik ko’’ berilsa, reaktsiya shunchalik intensivlashadi. 
CHiqadigan gaz fazada vodorod xlorid, qoldiqda esa – magniy oksid va kaliy (natriy) 
sul’fat bo’ladi. Agar reaktsiya aralashmasiga 20-25% SiO
2
(tre’el), MgO va boshqalar 
qo’shilsa reaktsiyaning kechishi osonlashadi. Bu holda massa sochiluvchan bo’lib, 
xaroratni 800-900
O
S gacha ko’tarish imkoniyati yaratiladi (suyuqlanmaydi). Bu esa 
bug’ bilan massaning reaktsiyaga kirishishini tezlashtiradi va shixtani tashishni 
osonlashtiradi. Bu xaroratda kaliy xloridni sul’fatga aylanish darajasi 90-95% ga 
yetadi. Bundan yuqori xaroratda esa KCl ning uchuvchanligi hisobiga uning 
yo’qotilishiga olib keladi. Magniy va natriy xloridlarning tre’tel ishtirokida 
uchuvchanligi sezilarli darajada emas va asosiy reaktsiyani kechishi uchun noqulaylik 
keltirib chiqarmaydi. 
Xuddi shunday jarayon, ammo nisbatan yuqori xaroratda magniy sul’fat o’rniga 
gi’s ishlatilishi orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Bu holda shixtaga tre’el 
qo’shish CaO ni CaO*mSiO
2
tarzida bog’lash uchun zarurdir.
‘rikar’atiya rudasini gidrotermik ishlov berishdagi konversiya mahsuloti – 
tarkibida kaliy va natriy sul’fatlari bo’lgan suvda eriydigan qismdan va tarkibida tre’el, 
magniy oksid va magniy silikat bo’lgan suvda erimaydigan qismdan iboratdir. 
Kuydirish mahsulotidagi eruvchi tuzlar – 100-106
O
S xaroratda, yuvuvchi suv bilan 
suyultirilgan qaytuvchi eritma bilan eritiladi. Hosil qilingan shelok vakuum-
kristallizatorda 
bosqchli 
sovutiladi; 
100-30
O
S xarorat oralig’ida glazerit 
3K
2
SO
4
*Na
2
SO
4
kristallanadi. Uni 20
O
S gacha sovutish natijasida mirabalit
Na
2
SO
4
*10N
2
O kristallantiriladi; mirabalit kristallanishidan qolgan eritma kuydirilgan 
rudani eritishga yuboriladi. Bu usul bo’yicha tayyor mahsulot sifatida glazerit va natriy 
sul’fat olinadi. Tarkibida 40% K
2
O bo’lgan glazerit to’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida 
ham yoki kaliy sul’fat olish uchun ham ishlatilishi mumkin. 
SHunday gidrotermik usulda alunit K
2
SO
4
*Al
2
(SO
4
)
3
*4Al(OH)
3
dan kaliy 
sul’fat olinishi mumkin. Alunitdan alyuminiy oksid olishda kaliy sul’fat qo’shimcha 
mahsulot hisoblanadi, ammo uning sifati ahlo darajada emas, chunki alunitdagi K
2
SO
4


ning nazariy miqdori 23% ga teng, alunitli jinsda esa yanada kam bo’ladi. Suv bug’i 
ishtirokida 700
O
S xaroratda alunit va kaliy xlorid o’rtasida quyidagi reaktsiya sodir 
bo’ladi: 
6KCl + Al
2
(SO
4
)
3
+ 3H
2
O = 3K
2
SO
4
+ Al
2
O
3
+ 6HCl 
Bunda 1 t K
2
O ga 6,8 t 27% li HCl eritmasi to’g’ri keladigan qo’shimcha mahsulot 
hosil bo’ladi. 
NaCl dan tozalab yuvilgan langbeynit tuzi ko’mir yoki koks bilan barabanli 
qorishtirgichda aralashtirilib (92% langbeynit va 8% ko’mir), 800-900
O
S xaroratda 
shaxtali ‘echda qayta ishlansa: 
K
2
SO
4
*2MgSO
4
+ 2C = K
2
SO
4
+ 2MgO + 2CO + 2SO
2
reaktsiyasi sodir bo’ladi. 
‘echdagi massani tarkibida 95% metan bo’lgan tabiiy gaz bilan amalga 
oshiriladi. Bunda metan SO
2
ni oltingugurtgacha qaytaradi: 
6SO
2
+ 4CH
4
= 3S
2
+ 4CO + 8H
2

Qattiq fazadagi kaliy sul’fat suv bilan eritilib (100
O
S da), magniy oksidi filg’trlashda 
ajratiladi. Filg’trat tindirgichli-kristallizatorlarda sovutilib kaliy sul’fat kristali olinadi. 
1 t langbeynit tuzidan 100 kg K
2
SO
4
(96%), 75 kg MgO (85%) va 20 kg 
oltingugurt olinadi. 
‘oligalitni nitrat yoki fosfat kislotalar bilan ‘archalanib, murakkab o’g’itlar olish 
usullari ham yaratilgan. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling