O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–qurilish instituti


Download 1.16 Mb.
bet1/9
Sana28.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1301673
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-kurs praktika hisoboti namuna


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK–QURILISH INSTITUTI

Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti


Avtomobil yo’llari va aerodromlar kafedrasi
Yozgi malakaviy amaliyoti bo’yicha
HISOBOTI
Bajardi: ___-YM-20 guruhi talabasi: ___________________________

Institutdan rahbar: _________________________________

Tashkilotdan rahbar: _________________________________


NAMANGAN 2021-yil

Buyruqdan va guvohnamadan nusxa bo’ladi(ya’ni buyruq va guvohnomani betlikdan keyinga o’ringa 2-list deb hisoblang)!




Mundarija:
1. Namangan ko’priklardan foydalanish unitary korxonasi.
2. Namangan yo’l loyiha instituti MCHJ.
3. Namangan viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi.
4. Namangan yo’l xo’jaligi hodimlarini malakasini oshirish o’quv markazi UK.
5. Xulosa.
6. Foydalangan adabiyotlar.

Kirish
Tarixdan ayonki, rivojlangan davlatlarning aloqa yo’llari ham rivojlangan bo’ladi. Aloqa yo’llari temir yo’l, suv havzalaridagi yo’llar, havo yo’llari va avtomobil yo’llari hisoblanib, bular ichida eng arzoni suv havzalaridagi yo’llar bo’lsa ham, biz uchun qulay hisoblangani avtomobil yo’llari hisoblanadi. Avtomobil yo’llaridagi eshikdan-eshikgacha bo’lgan masofada ish olib borish yutug’i, avtomobil yo’llarini davlat siyosati darajasida loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishni taqazo etdi. Zero, yo’llar mamlakatning qon tomiridir.
Barchamizga ma’lumki, yuklar va yo’lovchilar temir yo’l, avtomobil yo’llari, havo yo’llari, daryo va dengiz kema yo’llaridan tashiladi. Suyuqliklar va gazlar quvurlar bo’ylab tashiladi.
Temir yo’l transportida yuk va yo’lovchilarning asosiy qismi uzoq masofalarga tashiladi. Biroq yuklarning temir yo’llarga keltirilishi va ularning iste’molchilarga yetkazib berilishi ortish-tushirish stansiyalari bilan bog’liq. Shuning uchun temir yo’l transporti boshqa transport turlari bilan uzviy bog’liq ravishda ishlashi lozim. Kemalar to’xtaydigan joylar va aeroportlarda ham yuklarni keltirish yo’llariga ehtiyoj bo’ladi.
Avtomobil transporti yuklarni bevosita tashkil etilgan joyidan qabul qilib, ularni mo’ljallangan joyiga bevosita yetkazib berishi mumkin. Biroq avtomobil transportining tonna-kilometrlarga sarflagan energiyasi boshqa turdagi transport harajatlaridan ortiq bo’lib, temir yo’l tarmog’i rivojlangan joylarda uning asosiy faoliyati shoxobcha yo’llarda yuk tashishdan va temir yo’l transportidan tushirilgan yuklarni nisbatan qisqa masofalarga tashishdan iborat bo’ladi. Yo’l tarmog’ining holati yaxshi bo’lganida 200-400 km gacha bo’lgan masofalarda yuklar avtomobil transportida temir yo’l transportiga qaraganda tezroq yetkazib beriladi. Avtomobil transportidan, shuningdek, tez ayniydigan yuklarni uzoq masofalarga magistral yo’llardan tashishda muvaffaqiyatli foydalaniladi, chunki bu holda yuklarni yetkazib berish o’rtacha tezligi temir yo’l bo’ylab yetkazib berishdan yuqori bo’ladi (asosiy stansiyalarda poyezdlarni qayta tirkashga ko’p vaqt yo’qotiladi).
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890 sonli “O’zbekiston Respublikasi yo’l xo’jaligi tizimini chuqur isloh qilnish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonlarida yo’l xo’jaligi xususan avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ta’mirlash ishlari hajmi endilikda deyarli uch baravar oshirilishi biz yo’lchilarni oldimizga katta masuliyat yuklaydi. Farmonning yana bir katta ahamiyatli jihati aynan hozirgi zamon texnologiyalarini qo’llash orqali yo’l xo’jaligi kadastr tizimini shakllantirishdir.
Ayniqsa, tog’li joylarda va temir yo’l hamda suv yo’llari yo’q joylarda avtomobil transportining roli beqiyosdir. Avtomobil transporti bilan tashiladigan yuklarning umumiy hajmi boshqa transport turlari bilan tashiladigan yuk miqdoridan ancha ortiqdir. Ammo yuklar qiyin masofalarga tashilganligidan tonna-kilometr bilan ifodalanadigan umumiy yuk aylanmasida avtomobil transporti tashiydigan solishtirma yuk miqdori 6-7% dan oshmaydi.
Avtomobil transporti temir yo’l transportiga qo’shimcha ravishda yo’lovchilar tashiydi va bu bilan temir yo’ldan chetda joylashgan axoli yashaydigan punktlar bilan aloqa bog’laydi, avtomobil yo’llari bo’ylab mustaqil ravishda va aholi punktlari chegarasida katta hajmdagi yuk tashish ishlarini bajaradi. Yo’lovchilar tashish bo’yicha yo’lovchi kilometr hisobida uning ulushiga 40% dan ortiqroq ish to’g’ri keladi.
Avtomobil yo’li - transport vositalari harakatlanishi uchun mo’ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og’irlikda, o’lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo’shliq.
Avtomobil transporti aholi kam yashaydigan joylarni o’zlashtirishda katta ahamiyatga ega, chunki avtomobil yo’llarini qurish temir yo’llarni qurishga qaraganda arzonga tushadi. Shu boisdan yo’l qurilishi yangi qishloq xo’jalik hududlarini o’zlashtirish, katta foydali konlarni ishga tushirish, yangi yirik sanoat rayonlarini qurish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar qatori bir vaqtda olib boriladi. Aholi yashaydigan joylarni, sanoat markazlarini, korxonalarni va qishloq xo’jalik xududlarini o’zaro va boshqa turdagi transportning ortish tushirish punktlari bilan bog’lovchi yo’llar avtomobil yo’llari tarmog’ini tashkil etadi. Tashiladigan yuklar bu tarmoqda turli xajmdagi yuk oqimlarini hosil qiladi.
Eng maqbul tuzilgan avtomobil yo’llari avvalambor yuk va yo’lovchilar tashiladigan asosiy yo’nalishlarga mos kelishi kerak. Mamlakatning asosiy iqtisodiy hududlari va muhim markazlari bilan aloqa qilish uchun mo’ljallangan davlat ahamiyatidagi takomillashtirilgan magistral avtomobil yo’llari tarmog’i asosiy yo’l tarmog’i deb xisoblanadi. Avtomobil magistrallari tarmog’ini rejalashtirishda davlatlararo ma’muriy, madaniy va xo’jalik aloqalarini va mamlakatning mudofaa extiyojlarini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.




  1. Download 1.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling