O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Download 1.42 Mb.
bet1/46
Sana07.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1337122
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
ИМФ тарихи 12 маъруза матни . (1)




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


Ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti
«Ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi
«ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixi, nazariyasi va uslubiyoti»


fanidan
Ma’ruzalar matni


Bakalavriat yo`nalishi: 5610400–ijtimoiy-madaniy faoliyat
yo`nalishi talablari uchun


Namangan-2013
Tuzuvchi : katta o’qituvchi U. Mansurov
Taqrizchilar : t.f.n. T. Qozoqov, A.Erquziyev

Mazkur ma`ruza matni Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi 20__ yil __-dagi umumiy yig’ilishida ko`rib chiqilgan va __-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.


IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT TARIXI, NAZARIYASI VA USLUBIYOTI” FANIDAN MA’RUZA MATNLARI


1–mavzu: Ibtidoiy davr – ijtimoiy-madaniy faoliyat genezisi
Reja:

  1. Inson va madaniyat:

a. Madaniyat tufayli insonning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi;
b. Inson madaniyatni va madaniyat insonni rivojlantirishi;
s. Dunyoda va O’zbekistonda inson madaniyatining ilk ko’rinishlari;
d. Madaniyatning tarkibiy qismi sifatida o’yin, odat, e’tiqod, ijod, san’at kabilarning paydo bo’lishi.
2. Ma’rifat genezisi:
a. Bilim olish ehtiyoji;
b. Ibtidoiy davrda bilim olish tajriba almashtirish, ko’nikmalar hosil qilishga oid intilishlar;
s. Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifatga bo’lgan ehtiyoj tufayli ijtimoiy-madaniy ishlarning aujudga kelishi;
d. Termachilik ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik sohalariga oid madaniy, ma’naviy, ma’rifiy, ijodiy ishlarning paydo bo’lishi;
3. Qadimiy e’tiqodlar:
a. Fetishizm, animizm, magizm, politeizm kabilarning ijtimoiy-madaniy xususiyatlari;
b. Ibtidoiy davr madaniyat shakllari-«Ovchilik o’yinlari», «Zoafagik bayramlar», «Magik marosimlari», «Initsiatsiya tadbirlari», «Organistik bayramlar va boshqalar»;
s. Qadimiy ilk madaniyat va ma’rifat maskanlari: «Jamoa uylari», «O’spirinlar uylari», «Erkaklar uylari», «Quyoshgohlar», («Quyosh uylari») va boshqalar.
Arxeolog, tarixchi, etnograflar, san’atshunoslar bergan ma’lumotlarga qaraganda, madaniy–ma’rifiy faoliyat eng qadimgi davrlardayoq paydo bo’lgan va ibtidoiy odamlar hayotida muhim rol o’ynagan. Masalan, olimlarning qayd qilishlaricha “...bayramlarning, chuqur ildizlari insoniyatning go’daklik davriga borib taqaladi” yoki “bayram–insoniyat madaniyatining boshlang’ich shaklidir”, deb ta’kidlaganlar.
Ma’lumki, inson o’z mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach, yashash uchun kurash jarayonida qanchalik ongli mehnat qilsa, u shuncha muvaffaqiyatlarga erishgan. Kurash va mehnatda erishilgan mavaffaqiyatlar esa xursandchilikni vujudga keltirgan. Bu jarayon ibtidoiy odamlar ovchilik bilan kun ko’rayotgan davrlarda yaqqol sodir bo’la boshlagan, chunki arxeologik qazilmalar va g’orlardan, shuningdek, Surxondaryo viloyatining SHerobod vohasidagi Zarutsoy darasining ikkala tomonida chizilgan rangli suratlarda qadimgi davrda yashagan ibtidoiy odamlar tomonidan chizilgan primitiv suratlarda asosan hayvonlar, ov qilish, ovchilar raqsi (ba’zan hayvonlar niqobida) kabi tasvirlar qadimgi odamlarning o’z mehnati ovi natijasini tantana qilganliklaridan dalolat beradi. Darxaqiqat ibtidoiy odam mehnati qanchalik samarali tugasa, qorni to’ygan, xursand bo’lgan va aksincha bo’lsa, och qolgan, xafa bo’lgan. Ovdan o’lja bilan qaytish va o’z mehnatidan manfaatdor bo’lish xursandchilik, shodiyona kayfiyatni yaratgan. Bu xolatda ovchilar ov jarayonini imo-ishora, maxsus harakatlar hamda o’yin shaklida ifodalashga urinishgan.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o’yinlari muhim o’rin tutgan. Ba’zi manbalarda ular ovdan oldin o’tkazilganligi, ba’zilarida esa ovdan keyin o’tkazilganligi qayd etiladi.
Ovdan oldin o’tkazilgan o’yinlar ov oldi mashqi, ya’ni ovga tayyorgarlikni tekshirishni, ovga ruhiy va jismoniy shaylanish vazifasini o’tagan xolda jiddiy o’ziga xos kichik marosim shaklida uyushtirilgan. Bu o’yinlar jarayonida ibtidoiy odamlar o’ljani osongina qo’lga tushirishni, unga yaqinlashishni o’rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirishni, uning yurish-turishlari, tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan ana shunday o’yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o’rgatishgan. SHu boisdan ham o’ziga xos maktab vazifasini o’tab, bir tomondan ovchilar maxoratini o’stirishga yordam bergan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan. Bu jarayonlar, ya’ni har bir muvaffaqiyatli ovdan keyin o’yinning an’ana bo’lib qolishi bayram kayfiyatida o’tadigan maxsus marosimni shakllantira boshlagan. Yuqorida aytib o’tganimizdek, Zarautsoy darasida, Farg’ona vodiysidagi Saymalitosh g’orlarida aks ettirilgan devoriy rasmlardan va boshqa arxeologik topilmalar, tasvirlarda bularni ko’rishimiz mumkin.
Eng qadimiy tarixiy voqealar, bayramlarga oid ba’zi ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ilk bor maxsus uyushtirilgan bayramlar totemlarga bag’ishlangan. Olimlarning ta’kidlashlaricha “eng qadimiy va ommaviy bayramlar qatoriga eng avvalo zoofagik bayramlarni kiritish mumkin”. Bu bayramlarda turli joylarda totem hisoblangan turli hayvonlar – ayiq, yovvoyi echki, sigir, bug’u, ot kabilarga sig’inishgan. “Qadimgi dunyo tarixi” kitobida yozilishicha, totem hayvonlarga bag’ishlangan bayramlarda odamlar unga taqlid qilishgan, ularning terisini kiyib o’yinga tushishgan. SHuningdek totem hisoblangan hayvonlarni faqat tantanali marosimlarda o’ldirishgan va yeyishgan. Bundan shu ma’no kelib chiqadiki, ba’zi yerlarda, maxsus marosimlar uyushtirilib, unda totem hayvonlarga sig’inish bilan bir qatorda, ularning go’shtlari yeyilgan. Boshqa yerlarda, masalan, Hindistonda ilohiy hisoblangan hayvonlarni, masalan, ona kabi sut beradigan sigirlarni so’yish u yoqda tursin, unga ozor yetkazish ham mumkin emasligi, alohida hurmat bilan qarash qadimiy davrlardan to hozirgi kungacha saqlanib qolgan.
Tarixiy manbalarga qaraganda yer yuzining shimoliy qismida kechki paleolit (tosh davri) davrida “Ayiq bayrami” bo’lgan. “Ayiq bayrami” varianti va elementlari Sibir xalqlarining ba’zilarida 20 asrning boshlarida ham saqlanib qolgan. O’rta Osiyoda esa “Ayiq o’yini” pantomimik raqs sifatida keyingi vaqtlargacha yetib kelgan. Xatto hozirgi kunda ham O’zbekiston territoriyasida, Turkiya, Hindiston, Kavkaz kabi joylarda ko’chalarda ayiq o’ynatib yurgan odamni “Ayiqchi” ni ko’rish mumkin. Ular odam gavjum joylarda kichik tomosha ko’rsatib yurishadi. Balki bu qadimiy ayiq o’yinidan bizgacha yetib kelgan elementlarning bir bo’lagi bo’lishi mumkin. Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o’tishi munosabati bilan ana shu yangi sohaga oid odat, marosim, bayramlari vujudga kelgan.
Ma’lumki, dehqonchilik hayotida eng quvonchli voqea - bu xosilni yig’ish va yangi noz-ne’matlarni tatib ko’rish jarayoni bo’lgan. Yil bo’yi kutilgan bunday jarayon, tabiiyki, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o’troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorlarda mehnat mavsumiga kirishilish, kuzda xosilni yig’ib olish yakuniga bag’ishlangan bayramlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar o’tishi bilan an’anaga aylana boshlagan.
Demak, insonning “birinchi kasbi” - ovchilik asosida – “Ovchilik o’yinlari” vujudga kelgan bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi va u bilan shug’ullanishi natijasida “Mehnat o’yinlari” shakllanib, yangi mehnat bayramlari uchun zamin yaratgan. SHunday qilib mehnat - bu bayramning bosh manbai, asl zamiri hamda ilk chashmasi hisoblanib, bayram xolati ibtidoiy davrdan boshlab “yashash uchun kurash”-mehnatning natijasi shaklida vujudga kela boshlagan.
Tarixdan bizga shu narsa ma’lumki, ibtidoiy jamiyatda ham jamoa va uning a’zolariga bag’ishlangan tantanalar asta–sekin shakllana borgan. Bu xildagi ilk shakllarga “Orgaistik bayramlarni” misol qilish mumkin. Bu kunda barcha erkak va ayollarga o’zlari uchun juft tanlash erkinligi berilgan.
Urug’chilik davrida oila vujudga kelishi bilan o’sha davrlarga xos to’y marosimlari shakllandi. Bu qadimiy to’ylarning diqqatga sazovor tomoni shundaki, to’y kuni kuyov va kelinning turmush qurishga qay darajada tayyorligi sinab ko’rilgan.
Qadim davrlarda bayram kayfiyatida o’tadigan marosimlardan yana biri “Erkaklikka o’tish” edi. O’spirin unga uzoq vaqt tayyorlanib, o’zining hayotga tayyorligi va kuchini namoyish qilishga intilgan. Bu marosimda o’spirin qiynalgan, sinalgan, xullas, imtixondan o’tkazilgan.
So’ng u bolalik odatlarini tashlab, kattalarga qo’shilgan birga ovga borgan, birga mehnat qilgan.
Ibtidoiy jamiyatdayoq odamlar atrofidagi hodisalarni anglashga intilganlar, lekin ularning tabiat sirlari oldida aqliy jihatdan ojizligi natijasida turli ilohiy kuchlarga sig’inish, jumladan:

  • totemistik (hayvonlarning ilohiy kuchiga sig’inish)

  • animistik (jon va ruh obrazidagi ilohiy kuchlarga sig’inish)

  • politeistik (quyosh, suv, yer, olov va boshqalarga sig’inish)

  • magik (insonning so’z, odatlari orqali namoyish qilinadigan ilohiy kuchiga ishonish) kabilar vujudga keldi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar bunday qarashlarni, orzularini muayyan marosim va bayramlarda aks ettirishga uringanlar. Masalan, qurg’oqchilik davrida “Yomg’ir tilash” («Sust xotin»), shamol zarar keltirganda “SHamolni to’xtatish”-“CHoy momo”, “SHamolni chaqirish”, bevaqt sovuq tushganda “Kuyoshga sig’inish”, omad kelmaganda “Kurbonlik qilish” kabi marosimlar o’tkazilgan.


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling