O‘zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


QR- kod nima va u qanday ishlaydi


Download 294.3 Kb.
bet2/5
Sana04.05.2023
Hajmi294.3 Kb.
#1424571
1   2   3   4   5
Bog'liq
sardor otaqulov kurs ishi 24.11

QR- kod nima va u qanday ishlaydi


Spot QR-kod nima ekanligi, undan foydalanish qanday qulayliklarga olib kelishi haqida qiziqarli ma’lumotlar tayyorladi.

QR-kod (Quick Response Code) — tezkor aniqlanadigan kod hisoblanadi. Ushbu kod obyekt haqidagi maʼlumotni oʻzida mujassam etadi.U Yaponiyada ixtiro qilingan va faqat avtomobil sanoatida ishlatilgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan bu tizimning afzalliklari, xususan, maʼlumotni tezkor aniqlaydigan qobiliyati mavjudligi tufayli nafaqat avtomobil sohasida, balki boshqa yoʻnalishlarda ishlatilib kelinmoqda.QR-kod oq rang ustida kvadrat setkasida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat boʻlib, smartfon kamerasi kabi tasvirni qayta ishlaydigan moslamalar yordamida oʻqish mumkin.
Ushbu kod asosan giperhavola sifatida ishlaydi va bunday rasm (QR-kod)da matn shaklida joylashtirish noqulay boʻlgan yoki qimmatga tushadigan maʼlumotlar mavjud. Ular 4296 belgigacha (simvol) boʻlishi mumkin.
Bugungi kunda QR-kod aloqa (kommunikatsion) jarayonlarini optimallashtiradi, masalan, u yordamida:
vizitkada telefon nomerni shifrlash mumkin va bir marta bosishning oʻzi bilan kontaktlar roʻyxatiga qoʻshib qoʻyish;
internet havolasi boʻyicha tezkor oʻtish;
elektron xat yoki SMS yuborish;
manzilning joylashuvini aniqlash;
Wi-Fi (internet) routeriga avtomatik tarzda ulanish mumkin.
Shuningdek, tashqari ushbu tizim kundalik va turli savdo jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirdi. Bu kichik kvadratlarni mahsulot yorligʻida, kommunal xizmatlar kvitansiyasida yoki veb-sayt sahifalarida topish mumkin.
“QR-online” — Uzcard va HUMO toʻlov terminallarining toʻlaqonli muqobilidir. Ushbu tizim toʻlov va pul oʻtkazmalari (QR-toʻlovlari) uchun juda qulay yangilik boʻldi. Ushbu onlayn imkoniyat Oʻzbekistonda elektron tijoratni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, chunki u shaxsga naqd pul yoki bank kartalarini olib yurmaslik imkonini beradi. Toʻlov uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar toʻlov ilovasi ichida mavjud boʻladi.

Download 294.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling