O‘zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 294.3 Kb.
|
sardor otaqulov kurs ishi 24.11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar: dots. Ibragimov A.A. Navoiy-2022
O‘zbekiston Respublikasi OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM vazirligi NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTi Matematika va informatika fakulteti KURS ISHI Mavzu:QR-KOD MAVZUSI BUYICHA AMALIY MASHG’ULOTLARNITASHKIL ETISH METODIKASI Bajardi: 4-kurs A1 guruh talabasi OTAQULOV SARDOR Rahbar: dots. Ibragimov A.A. Navoiy-2022 MAVZU: QR-KOD MAVZUSI BUYICHA AMALIY MASHG’ULOTLARNITASHKIL ETISH METODIKASI MUNDARIJA
KIRISH 3 1.1.QR- kod nima va u qanday ishlaydi 5 1.2.QR-kod yaratish va ulardan foydalanish 8 1.3.QR-kod mavzusi buyicha amaliy mashg’ulotlarnitashkil etish metodikasi 13 XULOSA 28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 29 KIRISHUmumiy o‘rta ta’lim maktablarida so‘nggi o‘n yillikda darsliklarning yangi avlodi degan tushuncha keng tarqaldi. Ta’kidlash joizki, bu davrda darsliklar avvalgi ko‘rinishidan tubdan farq qila boshladi. Oq-qora tasvirdagi darsliklar o‘rnini rangli kitoblar egalladi, avvallari asosan illyustratsiyalar, foto-rasmlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular o‘rnini turli diagrammalar, xarita-chizmalar egalladi. So‘nggi 2 yil ichida esa darsliklarga infografikalarni joylashtirish boshlandi. Albatta, bu kabi o‘zgarishlar darslikning o‘qimishliligini oshiradi, darslik sahifalarini ixchamlashishiga olib keladi, eng muhimi, o‘quvchida qiziqishni orttiradi. Lekin ta’kidlash joizki, bular yangi avlod darsliklari emas. Hozirga kelib bosma nashrlarni elektron nashrlarga bog‘lash yoki aylantirish boshlangan bo‘lsa-da, jarayon sust kechmoqda. Chop etilgan darsliklar PDF formatga o‘tkazilib, internet saytlariga joylashtirilishi, darslikka SD disklar ilova etilishini hisobga olmaganda internet resurslariga qo‘shimcha bog‘lash ishlari yetarli emas. Ayni paytda axborot-texnologiyalarning ildam rivojlanishi, QR-kod belgilarning kashf etilishi bosma nashrlarga elektron resurslarni bog‘lash imkoniyatini yaratmoqda. Bugungi davr talabi dunyo ta’limi oldiga katta vazifalarni qo’ymoqda, ya’ni o’quvchi kelajakda jamiyatda yashashga tayyor bo’lishi kerak. Bunda birinchi navbatda tez o’zgarayotgan, yangilanib borayotgan axborotlar bilan uyg`un holda faol ishlaydigan kasb egalari timsolini bugungi o’quvchi yoshlarda shakllantirish lozim. Buning uchuninformatika darslarida o’quvchilarni ma’lumotlarga ishlov berish, qayta ishlash, maqsadga ko’ra ularni shakllantirish va real vaqt oralig`ida o’z egasiga yetkazib berish kabi maxsus xizmatlarni amalga oshiruvchi avtomatlashgan axborot tizimlari bilan ishlashga o’rgatib borish lozim. Quyida maxsus xizmatlarni amalga oshiruvchi QR kodlari to’g`risida tushuncha berish orqali ta’lim jarayonida ushbu yangi zamonaviy axborot texnologiyasidan foydalanish g`oyasini rivojlantirish uchun boshlang`ich nuqta bo’ladi deb umid qilamiz. Umid qilamizki, ushbu maqola ta’lim muassasalari mutaxassislariga o’zlarining nostandart pedagogik texnologiyalarini yaratishga yordam beradi, natijada o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishi oshadi. Bugungi kunda QR kodlari ko’pchilik uchun allaqachon oddiy narsaga aylangan, lekin ko’pchilik aslida u haqida tushunchaga ega emas, lekin kunda oq fonda sirli qora kvadratchalar bilan tasvirlar reklama afishasi yoki plakatining burchagida, paketlarda, jurnal sahifalarida va hatto biznes kartalarida, tovarlar etiketkalarida, kommunal to’lovlar kvitansiyalarida yoki saytlar sahifalarida ham ko’radilar. Xo’sh, bu belgi nimava u nima uchun kerak? Mana shu QRkoddir. QR kod mazmun mohiyatiga asosan ingliz tilidan olingan bo’lib “Quick Response” so’zlarining qisqartirmasidir. Uning mazmuni “tezkor javob” ma’nosini beradi. Download 294.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling