O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Geometrik 
figuralarni 
o‘lchash, 
umumlashgan 
tushunchalarni 
shakllantirish. O‘rta guruh o‘qitishning dastlabki oylarida maktabgacha yoshdagi 
bolalarning o‘zlariga tanish geometrik figuralar: doira va kvadratlarni farq qilish 
hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarni 
miqdoriy taqqoslash mashqlari va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda 
o‘tkazish maqsadga muvofiq. Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar – bosh 
qotirgichlar (cho‘plardan-har xil geometrik figuralar tuzish) bilan tanishtirishi 
mumkin. 7 ta cho‘pdan 2 ta kvadrat tuz: 6 ta cho‘pdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuz; 7 ta 


95 
cho‘pdan 3 ta uchburchak tuz; 5 ta cho‘pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish 
mumkinmi? Bu mashqlar bolaning topqirligini, xotirasini, tafakkurini, rivojlanish 
imkonini beradi. Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli. O‘quv 
yili boshida tarbiyachi bolalarning shakl haqidagi bilimlari darajasini aniqlaydi. 
Geometrik figuralar haqidagi bilimlarni musahkamlash va aniqlash, shuningdek 
bolalarni kataklar bo‘yicha o‘lchashga mashq qildirish uchun katakli qog‘ozda 
kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, doiralar, ovallar chizish bo‘yicha mashqlar 
o‘tkaziladi. Geometrik figuralar, shuningdek sodda shakldagi predmetlar 
(bayroqchalar, olxo‘rilar, olmalar va h.k.) ning rasmini chizishga matematikadan 
10-12 ta talimiy faoliyat ajratiladi. Figuralarni guruhlashda bolalar bitta belgi 
bo‘yicha mo`ljal olib, boshqa belgilarga e`tibor bermaydilar.
Guruhlashga doir mashqlar o‘tkazganda bolalarning figura haqidagi 
bilimlarini sistemalashtirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin figuralarni 
guruhlarga ajratish, so‘ngra yumaloq figuralar orasidan doira va ovallarni, 
ko‘pburchaklar orasidan to‘rtburchaklar va uchburchaklarni ajratish kerak. 
Nihoyat, to‘rtburchaklar orasidan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlarni topish 
kerak. Bolalar ayrim shakllar orasida bog‘lanishlar o‘rnatadilar. Figuralar juftini 
tanlashga doir mashqlar shu maqsadda xizmat qiladi: uchburchaklar
to‘rtburchaklar va h.k. har xil rang va o‘lchamdagi, ammo bir xil proporsiyadagi 
figuralar, masalan, teng yonli uchburchaklar juft tashkil qiladi. Bolalarda har xil 
proporsiyadagi bir jinsli figuralarni taqqoslashadi. Bolalarga maishiy mashqlarni 
taklif qilish foydali, masalan, «Topingchi, qatorda qaysi shakl ortiqcha», 
«Shakllarni tanlashda qanday xato qilishgan?» qator qilib qo‘yilgan 6 ta 
uchburchak orasidan bitta to‘rtburchak qo‘yilgan va h.k.). Qanday shakl 
yetishmaydi?» (uch to‘rt xil o‘lchamdagi uchburchaklar, to‘rtburchaklar qatorlarga 
joylashtirilgan, har qaysi qatorga predmetlar kattaliklari kichiklashib boradigan 
tartibda joylashtirilgan, bir qatorda bitta figura yetmaydi). Bir guruhdagi 
shakllarning ikkinchi guruhdagi shakllardan farq qilishi alomatlarini topishga doir 
masalalar 
uchburchaklar, 
to‘rtburchaklar 
va 
boshqa 
shakllar 
haqidagi 
tasavvurlarini mustahkamlash imkonini beradi. Doiralar va ovallar, uchburchaklar 


96 
va to‘rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan jadvallardan foydalanish mumkin. 
Shakllar ikki-uch xil o‘lchamda va rangda berilgan. Katta guruh uchun “Postlar 
qo‘yish” o‘yini bolalar ketma-ket mashq qilib turadilar. Boshlovchi oldinga boradi. 
Boshlovchi(qarsak chaladi) signal berganda oxirgi ketayotgan bola darhol to‘xtab 
qimirlamay postda turadi qolganlari yurishda davom etadi. Mana shunday qilib 
boshlovchi hamma bolalarni o‘zi belgilagan tartibda portga qo‘yib chiqadi . 
Natijada bir geometrik shakl hosil bo‘ladi (katta, kichik to‘rtburchak qilib, 
uchburchak aylana) so‘ng bolalardan ular qanday shaklni yasaganliklarini 
so‘raladi. Oldin boshlovchi tarbiyachi bo‘ladi. Keyin yangi boshlovchi saylanadi 
va har bir bola boshlovchi bo‘lguncha qadar davom etadi. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling