92
4 ta
bola doira ichiga chaqirilib, ko‘zlari ro‘mol bilan bog‘lanadi.
Bolalar
ko‘zlari bog‘liq holatda shakllar ichidan oval shaklini topib olishlari kerak. Qaysi
bola ko‘proq oval shaklini to‘plasa, unga yulduzcha
shaklidagi medalon mukofot
sifatida beriladi. Bolalar navbat bilan 4 tadan bo‘lib almashib o‘yinni
davom
ettiradilar.
O‘yin:
“Shakl yasa”.
Tarbiyachi bolalarni 4 guruhga bo‘lib 4 joyga joylashtiradi. 1-guruhga 10 ta
tayoqcha, 2-guruhga 8
ta tayoqcha, 3-guruhga 6 ta tayoqcha, 4-guruhga 4 ta
tayoqcha beradi. Har bir guruh tarbiyachining topshirig`idan so‘ng
oldidagi
tayoqchalardan kvadrat shaklini yasaydi. Natijada to‘rt
xil katta-kichik shakllar
paydo bo‘ladi. Bolalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarganliklari tekshirib chiqiladi.
Guruhlar o‘rni o‘zgartirilib o‘yin yana shu shart bilan davom etadi.
“Postlar qo‘yish” o‘yini
Maqsad: O‘yin bolalarni tinchlantiradi va uyushqoqlikni ta’minlaydi.
Bolalarning geometrik shakllar to‘g‘risidagi tasavvurlarini mustahkamlaydi.
O‘yinning borishi: Bolalar ketma-ket turib marsh qilib yuradi. Boshlovchi
oldinga boradi. Boshlovchi qarsak chalib signal berganda oxirida ketayotgan bola
to‘xtab qimirlamay postda turadi, qolganlari yurishda davom etadi. Mana shunday
qilib boshlovchi hamma bolalarni o‘zi belgilangan tartibga postga qo‘yib chiqadi,
natijada biror geometrik shakl hosil bo‘ladi ( katta va kichik kvadrat, uchburchak,
doira va hakozo), so‘ng bolalardan ular qanday shakl yasaganlari so‘raladi. Oldin
boshlovchi saylanadi va har bir bola boshlovchi bo‘lgunicha o‘yin davom etadi. 5-
6 yoshli bolalar, odatda, albatta qo‘l bilan ushlab ko‘radi. Demak, shunday xulosa
qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik figuralar shaklini qo‘liga ushlab ko‘rib,
eshitib, ko‘zlari bilan ko‘rib, to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: