O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Nazorat uchun savollar: 
1. 
Predmetlarning 
o‘lchovi haqidagi tasavvurlarning xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
2. Bolalarni katta-kichiklikni o‘lchashga o‘rgatishda nimalarga e’tibor 
qaratish lozim?
3. Bolalarda o‘lchash amallarining xususiyatlari qanday? 
Topshiriqlar: Bolalarni katta-kichiklikni o‘lchashga o‘rgatish haqidagi 
tasavvurlarni mustahkamlash uchun ««Namunaga qarab jadvalni to‘ldiring» 
metodikasini o‘tkazing. Natijalarni tahlil qiling. 
Adabiyotlar: 


86 
1. Bikbayeva N.U., Ibrohimova Z.I., Qosimova X.I. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish. – T.: O‘qituvchi, 1995. 
2. Bikbayeva N.U. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik 
tasavvurlarni rivojlantirish. – T.: 1996.
3.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
Ilm ziyo, 2006.
4.Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
5. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., 
Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей 
дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург, 
2008. 
BOLALARDA SHARTLI O‘LCHOV YORDAMIDA TURLI 
O‘LCHAMLARNI O‘LCHASH HAQIDAGI TASAVVURLARNI 
SHAKLLANTIRISH 
Tayanch so‘z va iboralar: o‘lchov, shartli o‘lchov, uzunlikni o‘lchash, 
og‘irlikni o‘lchash, suyuqlikni o‘lchash. 
Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslash. Bolalarga shartli 
o‘lchovlarni o‘rgatishdan oldin o‘lchovning aniq chiqishiga yordam beradigan 
quyidagi qoidalarni tushuntirish lozim:
1. Hap doim o‘lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida. 
2. O‘lchovning oxirini belgilab qo‘yish kerakligi haqida.
3. Predmetning uzunligini o‘lchash vaqtida o‘lchov chapdan o‘nga qarab, eni 
bilan bo‘yini o‘lchagan vaqt o‘lchov yuqoridan pastga qarab olinishi haqida.
4. Keyingi o‘lchovni oxirgi belgi qo‘yilgan joydan boshlash kerakligi 
haqida. 
5. O‘lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida.


87 
Bolalarni uzunlikni o‘lchashga o‘rgatish vaqtida o‘lchovning soniga qarab, 
lentachalarning uzunligini o‘lchash yoki chiziqchalarda ramka chizishni taklif 
qilinadi.
Bolalar rasmdagi predmetlarning o‘lchamlarini olishga qaraganda, tayyor 
predmetlarning o‘lchamlarini olish vaqtida uncha qiynalmaydilar. Shuning uchun 
bolalarga to‘g‘ri o‘lcham olishni o‘rgatish vaqtida tayyor predmetlardan 
foydalanish kerak. Shuningdek ma’lum sondagi o‘lchovlar ko‘p bo‘lmasligi, ya’ni 
5-6 ta bo‘lishi kerak.
Kundalik hayotda olib borilgan maxsus mashg‘ulotlar davomida bolalar 
uzunlik o‘lchashning turli usullarini o‘rganib oladilar. Enini o‘lchashga o‘rgatish 
vaqtida bolalarga o‘lchovni predmetning ko‘ndalangiga qarab qo‘yganligini 
tushuntirishning o‘zi kifoya. Predmetning uzunligi va enini o‘lchash vaqtida olgan 
ko‘nikmalarni balandlikni o‘lchash vaqtida qo‘llaydilar, shuning uchun bu 
o‘lchovni olishda qiynalmaydilar va birinchi mashg‘ulotdayoq o‘lchovni to‘g‘ri ola 
boshlaydilar.
Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, 6-7 yoshli bolalar uzunlikni 
o‘lchashni to‘la egallash qobiliyatiga egadirlar.
Og‘irlik o‘lchamini bolalar qanday tushunadilar? Kuzatish va bolalarning 
javobi shuni ko‘rsatadiki, 6-7 yoshli bolalar og‘irlikni tarozi orqali o‘lchash 
kerakligini biladilar.
Xaltacha (qop)larda qancha shakar bor degan savolga bolalar «Uni tarozida 
tortish kerak» deb javob beradilar.
Bu savolga maishiy uy tajribasini ifodalovchi javoblar ham beradilar. 
Masalan: «Stakan bilan o‘lchash kerak». Bolalar shu narsalarning og‘irligi uning 
toshi ekanligini bilmaydi. Toshlar katta va kichik, og‘ir va yengil bo‘ladi. Agar 
bolalarning uzunlik va og‘irlik haqidagi bilimlari taqqoslansa, ularning og‘irlik 
haqidagi bilimlari ko‘p ekaniga ishonch hosil qilamiz. Bolalarning suyuqliklar 
sig‘imi haqidagi bilimlari juda past ekanligi aniqlangan. Bolalarning ko‘pchiligi 
ko‘zadagi sutni qanday o‘lchashni bilmaydi. Ularni «santimetr» bilan, lineyka 
bilan, gradusnik bilan deb javob beradilar. Bolalarning javoblari ularning 


88 
suyuqliklarni, sochiluvchi jismlarni o‘lchash haqidagi bilimlari yo‘qligini 
ko‘rsatadi. Bolalar suyuqliklarni o‘lchash qoidalarini, suyuqlikning o‘lchami 
nimaligini bilmaydi. Bolalarning hikoyalarida ularning onalari bilan bir litr sut 
olganliklarini aytadilar, lekin ular litr suyuqliklarning o‘lchov birligi ekanligini 
bilmaydilar. Turli narsalarni o‘lchay olishga o‘rgatish bolaning aqliy taraqqiyotiga 
katta ta’sir qiladi. Shuning uchun bog‘chaning katta tayyorlov guruhlarida olib 
borgan ta’lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash, 
suyuqliklarning sig‘imini o‘lchash va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirib 
borish kerak.
Ta’lim berish natijasida:
1. O‘lchash, bolaga o‘lchanayotgan obyekt haqida aniq bilim beradi.
2. O‘lchashlarning soni uning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. 
3. O‘lchashlarning soni va ularning o‘lchami o‘rtasida funksion bog‘liqlik 
borligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, bolalarning shartli o‘lchov haqidagi bilimlari ularning 
umumiy o‘lchov haqidagi bilimlarini kengaytirishga olib keladi. 
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Yaqin – uzoq”. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling