O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik texnologiya institut Barnoyeva Gulmira Valiyevna


MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA HUQUQIY ASOSLARNING VUJUDGA KELISHI


Download 41.26 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi41.26 Kb.
#1505747
1   2   3
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA HUQUQIY ASOSLARNING VUJUDGA KELISHI
1.1 Mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki yillarda O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimidagi umumiy holat.
Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimida yirik miqyosdagi islohotlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad barkamol avlodni voyaga yetkazish va sog’lom kelajakni yaratishdir. Negaki xalqimiz avval podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida so’ngra mustabid sovet hukmronligi sharoitida misli ko’rilmagan darajada aziyat chekdi. Bu davrda nafaqat iqtisodiy jihatdan milliy boyligimiz talon-taroj qilindi va markazga tashib ketildi, balki xalqimiz ko’p asrlar davomida yaratgan milliy hamda ma’naviy merosimiz oyoq osti qilinib, milliy g’ururimiz toptaldi. Mamlakatimizni xom ashyo bazasiga aylantirilishi esa xalkimiz ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatib, umr ko’rish darajasini pasaytirdi. Bu daraja bo’yicha sobiq ittifoq dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan ancha orqada qolgan bir paytda uning mustamlaka o’lkasi bo’lmish O’zbekistonda ushbu ko’rsatkich undan ham yomon edi. O’zbekistonning bunday ahvolga tushishining asosiy sababi respublikamizda o’rnatilgan paxta yakkahokimligi tufayli turli xildagi zaharli ximikatlar va o’g’itlar qo’llanilishi edi
1960 yildan boshlab, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yangi yerlarni o’zlashtirish sohasida keng miqyosli ishlar boshlab yuborildi, buning uchun daryo suvini qo’shimcha ravishda tortib olish talab qilinardi. Natijada, Qoraqalpog’istonda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik ham yuksak sur’atlarda rivojlandi. Biroq yerlarni o’zlashtirish ilmiy asosda olib borilmadi. Dehqonchilikni rivojlantirish ekstensiv usulda olib borilganligi sababli, suv resurslarining keragidan ortiq darajada haddan tashqari, asossiz ravishda isrof qilinishiga olib keldi. Orol dengizi suvi kamayib, 1990 yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi 54 % kamaydi.3 Suv qirg’oqdan 70 – 100 kilometrga chekingan joylarda bo’ronlar natijasida yiliga 50 – 70 mln tonnnagacha tuz atmosferaga ko’tarilgani kuzatilgan4
Amudaryo va Sirdaryo havzalariga foydalanilgan kollektor suvlarining tashlanishi natijasida suvning tarkibi yomonlashib bordi. Daryo quyi oqimining suvlarida zararli minerallarning haddan tashqari ortishi suvni hatto sug’orish uchun ham yaroqsiz qilib qo’ydi. Daryo suvining ifloslanishi va minerallashuvi tufayli yer ostidagi suvlar ham ifloslandi.5 Buning natijasida hududlardagi yerlarning dehqonchilik uchun yaroqsiz holatga kelish jarayoni kuchaydi. Aholining turli xil kasallikka chalinishini osonlashtiradigan omillarni yuzaga kelishiga zamin hozirlab bordi. Yuqoridagi holatlar tufayli Orolbo’yida ham epidemiologik va sanitariya gigiyena sharoiti keskinlashib, kasallik va insonlar o’limining ortishiga olib keldi. Tabiatdagi salbiy o’zgarishlarning ta’siri ostida 1980-yildan boshlab kamqonlilik bilan xastalanish 550 baravar ortdi va 10 ming aholi xisobiga 1160 kishi darajasiga yetdi. Bu ko’rsatkich Rossiyada ana shu aholi soniga 2-3 holatgina to’g’ri keladi. Qon bosimining oshishi kasalligi bilan og’rish XX asrning 70-80 yillari mobaynida 60 baravar, siydik toshi va jigar toshi kasalliklari bilan xastalanish yetti baravar oshgan. Qoraqalpog’istonda oshqozon raki, tuberkulyoz, virusli gepatit, allergiya, qorin tifi kabi kasalliklar bo’yicha SSSRda eng yuqori o’rinni egalladi. Bu holat O’zbekistonda bolalar va xotin-qizlar orasida o’limning ko’payishiga sabab bo’ldi. Bolalar ona sutining zaharli ekanligi sababidan vafot etardi.XX asrning 80-yillari davomida har oyda turli kasalliklar besh ming kishining o’limiga sabab bo’lardiki, ularning ko’pchilik qismi bolalar edi. Ushbu yillarda O’zbekiston bo’yicha bolalar o’limi 46,2 tani tashkil etgan.6 Bu juda ayanchli hol edi. Agar Yaponiyada har 1000 nafar tug’ilgan chaqaloqdan bir yoshgacha 5 tasi, Kanadada 7 tasi o’lgan bo’lsa , bu ko’satkich O’zbekistonda (Qoraqalpog’istondan tashqari, muallif izohi) 39 tani, Qoraqalpog’istonda esa 60 tani (1989 yilgi ko’rsatkich) tashkil etgan.7 O’lim va kasallik darajasining nihoyatda yuqori ekanligi shundan dalolat beradiki, inson organizmi endilikda ekologik holatlar vujudga keltirayotgan zarbalarga bardosh berolmay qoldi. Bu yerda inson ko’payishining zaiflashuvi va mahalliy aholi genofondining tanazzuli jarayoni sodir bo’ldi.
Bu yillarda suv xo’jaligi qurilishidagi kamchiliklar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini kimyolashtirish dasto’rini amalga oshirishdagi jiddiy nuqsonlar bilan yanada chuqurlashdi. Ittifoq rahbariyati tomonidan kimyolashtirish qishloq xo’jaligini intensiv yo’ldan rivojlantirishning, dehqonchilikdan yuqori va barqaror hosil olishning samarali vositasi deb qaralgan edi. Shu bois ximiyaviy o’g’itlardan foydalanish ommaviy xususiyat kasb etdi. Paxtachilikda , ayniqsa kimyoviy moddalar ko’p miqdorda qo’llanildi. Masalan, 1965 yilda O’zbekiston jamoa xo’jaliklarida ishlatilgan 1463,4 ming tonna mineral o’g’itdan 1324,7 ming tonna paxtachilikda qo’llanildi. O’sha yillardayoq sarflanayotgan mineral o’g’itlar darajasi ilmiy asoslangan me’yorlarga mos kelmasdi. Chunonchi, iqtisodiyoti va agrar sohasi samarali rivojlanayotgan mamlakatlarda bir gektar yerga o’rta hisobda ko’pi bilan yuz kilogramm mineral o’g’it sarflangan. O’zbekistonda esa bu daraja XX asrning 60-yillarga kelib gektar hisobiga 268 kg ni tashkil etgan.8 Kimyoviy vositalarni ishlatish dinamikasi va zaharli moddalar ko’rsatkichi yildan-yilga ortib bordi. Faqat 1970-1975 yillarning o’zida zaharli kimyoviy moddalar ishlatish oldingi besh yillikka nisbatan 16,5 baravar ortdi.9 Aviatsiya yordamida turli xildagi zaharli kimyoviy vositalarni yirik-yirik maydonlarga yuqordan turib sepish paxta dalalarida mehnat qilayotgan mehnatkashlarning taqdiriga tamoman befarqlikning tipik namunasi sifatida namoyon bo’ldi. Masalan, Butifos preparati eng zaharli kimyoviy vositalardan hisoblanib, inson organizmiga kuchli ta’sir etuvchi xususiyatga ega edi. Ammo sovet mustamlakachi ma’muriyati qishloq xo’jaligini rivojlantirishning intensiv yo’li sifatida kimyolashtirish usulini qattiq turib himoya qilishi ushbu defoliantni yirik miqyosda qo’llanilishiga olib keldi. Bunday vositalarning keng qo’llanilishi ushbu davr uchun xarakterli xususiyat bo’lib qoldi.
Faqat XX asrning 60-yillar ikkinchi yarmidagi bir besh yillikning o’zida aviatsiya bilan bajariladigan kimyoviy ishlar hajmi 34,3% ga ko’paygan. Bularning hammasi odamlar yashaydigan tabiiy muhitga halokatli tarzda salbiy ta’sir qildi,xavfli kasalliklar va o’lim darajasining ortishiga sabab bo’lib , insonning gen tuzilishida xatarli o’zgarishlarni keltirib chiqardi.
Respublikaning taniqli olimlari , milliy ziyolilar bunday fojiaga befarq qarab turolmadilar. Ular ogohlantiruvchi xatlar bilan ittifoqning markaziy organlariga bir necha marotaba murojaat qildilar. 1969-yil 17-noyabrda O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Prezidenti O.S.Sodiqov boshliq bir guruh taniqli olimlar ittifoq rahbar organlariga yozma ma’lumotnoma yo’llab, unda qishloq xo’jaligida ommaviy ravishda qo’llanilayotgan pestisid va zaharli kimyoviy moddalar inson salomatligiga va atrof muhitga halokatli ta’sir etayotganligini ma’lum qilgan edi.10 Biroq markaz bunday chiqishlarga umuman e’tibor bermadi. Aksincha, O’zbekiston rahbariyati eng zaharli kimyoviy vositalarni qishloq xo’jalik ishlarida ishlatishni mustaqil ravishda cheklashga o’ringanda markaz rahbar doiralari ularni yanada ko’proq qo’llashni qattiq turib talab qildilar. O’zbekiston iqtisodiyotining paxta yetishtirishga yo’naltirilganligi jamiyat hayotining barcha sohalarida og’riqli jarayonlarni kuchaytirdi. Dehqonlarning tomorqa uchastkalari qisqartirilib, ularga ham paxta ekildi. Qishloq aholisi farzandlari “baxtli bolalik”ni butifos sepilgan paxta dalalarida o’tkazdilar. Ko’plab bolalar sariq kasalligidan vafot etdilar, zaharli moddalardan shikastlandilar. Paxta yakkahukmronligi tufayli epidemiyalar paydo bo’ldi.
Bunday qaltis siyosat shunga olib keldiki , O’zbekistondagi vaziyat fojiali tus olaboshladi. Qishloqda keskin epidimiologik vaziyat vujudga keldi, zaharlanishlar soni keskin ortdi, virusli gepatit bilan og’riganlar ko’paydi, boshqa xavfli kasalliklar ham tarqala boshladi.


XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, islohotlar 1990—2011 yillar mobaynida quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi;



  1. 1990—1998 yillar sog’liqni saqlashning milliy modelini rivojlantirish asoslarini shakllantirish bosqichi (ushbu bosqichda dastlab 1991-1994-yillarda onalar va bolalar salomatligini,aholi demografiyasini yaxshilashga e’tibor qaratilgan bo’lsa, 1994-1998-yillarda ambulatoriyalar va xususiy davolash muassasalariga ahamiyat berildi )

2. 1998—2003 yillar — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish bo’yicha ilk Davlat dasto’rini amalga oshirish bosqichi;
3. 2003—2007 yillar — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni — sog’liqni saqlash tizimida ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyatiii tashkil etish bosqichi;
4. 2007—2011 yillar — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-sonli Farmoni va 2 oktyabrdagi PQ-700 sonli Qarori — sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasto’rini amalga oshirish bosqichi.
Ushbu bosqichlarda amalga oshirilgan islohotlarning asosiy natijalaridan biri davlat, xususiy va boshqa sog’liqni saqlash tizimlarini yaratilishi bo’ldi. Qo’shimcha ravishda 1998—2011 yillarda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy natijalari sifatida quyidagilarni ham kiritishimiz mumkin;
aholi salomatligini muhofaza qilishning mustahkam me’yoriy-xuquqiy asosi yaratildi, avval mavjud bo’lgan ko’p bo’g’inli sog’liqni saqlash tizimi o’rniga tibbiy yordam ko’rsatishning zamonaviy va maqbullashtirilgan tashkiliy-institusional tuzilmasi yaratildi, tibbiyot muassasalarning tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanish darajasi sezilarli ravishda oshirildi, yuqori malakali tibbiy xodimlar tayyorlashning va ularning mehnatini moddiy rag’batlantishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi.Mazkur tizimda mamlakatimizda ko’plab o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.Jumladan, 2017- yildan boshlab 340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chegaralangan narx bo’yicha sotish yo’lga qo’yilganligi hamda 2016-2020-yillarda farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo’yicha dastur qabul qilingani ushbu qaror asosida 45% chetda keltiriladigan dori-darmon vositalarining mamlakatimizda ishlab chiqarilshini yo’lga qo’yish va ham iqtisodiy jihatdan arzon,ham tabiiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va muomalaga kiritishga erishishdir.
Sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorda esa aholimizning meditsinaga bo’lgan ehtiyojini mamlakatimizning o’zida qondirish, tibbiyot sohasiga malakali chet el tibbiyot xodimlarini jalb qilish, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish keng yo’lga qo’yilishi kuzatilmoqda.Qishloq aholisiga tibbiy xizmat ko’rsatuvchi xususiy tibbiy muassasalari majburiy to’lovlardan 10 yilgacha ozod etilishi qishloq hududlarida ham tibbiy madaniyatning yuksalishidan dalolat beradi
Elektron hukumat ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslarini yaratish bo‘yicha loyihalari tarkibida 2015 yildan
2020 yilgacha mo‘ljallangan “Elektron sog‘liqni saqlash tizimini qo‘rish” loyihasi xam o‘rin egallagan.
2020 yilga borib O‘zbekiston Respublikasida “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimi tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatni
70 foizdan ortig‘ini interaktiv xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan “yagona oyna” orqali bajarilishi demakdir. SHu o‘rinda elektron sog‘liqni saqlash tizimini faoliyatini ta’minlash uchun kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi muhim masala xisoblanadi. Bugungi kunga qadar yuqorida ro‘yxatda keltirilgan tibbiyot muassasalari jami 12900 ta kompyuter bilan ta’minlangan bo‘lib, bu bor yo‘g‘i 10 foizni tashkil etadi.Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish maqsadida to‘rt bosqichda investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Birinchisi kompyuterlarni yanada ko‘paytirish, ikkinchisi internetga ulanishni ta’minlash, keyingi navbatda texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlab berish va nihoyat to‘rtinchisi axborot tizimlarini to‘liq ta’minlab berish masalalari. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xar yili 7.5 milliard so‘m miqdorda to‘rt yil davomida pul ajratilishi kerak bo‘ladi.
“Elektron sog‘liqni saqlash tizimi”ni loyihasini bajarilishi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda axborot xavfsizligini xisobga olgan xolda telekommunikatsiya va texnik infratuzilmani tashkil etishrejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda “elektron sog‘liqni saqlash tizimi” integratsion platformasi tashkil etilib, keyingi bosqichda ushbu platformada maxsus axborot tizimlari va tashqi meditsina dasturiy maxsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlari amalga oshiriladi. So‘nggi to‘rtinchi bosqichda masshtablashtirish ishlari amalga oshiriladi.
“Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini joriy etishda ikki tomonlama natijani kuzatish mumkin, birinchisi xalq tomonidan kutilayotgan samara bo‘lsa, ikkinchi tomondan Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan kutilayotgan samarani ko‘rib chiqish mumkin.
Fuqarolar tomonidan, o‘z navbatida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kutilayotgan samarali natija:

    • jismoniy shaxslar joylashgan joyi, vaqt va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar yuqori sifatli tibbiyot xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, “Bemor elektron kartochkasi” va “elektron registratsiyadan o‘tish” imkoniyatlari;

    • yuridik shaxsar joylashgan joyi va vaqt qat’iy nazar yuqori sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniyati (litsenziyalash, sertifiktlardartlash, ma’lumotnoma olish va ma’lumot taqdim etish) imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda mamlakatimizdagi islohlarda Sog’liqni saqlash tizimiga alohida ahamiyat berilganini ko’rishimiz mumkin. Sog’liqni saqlash bo’yicha o’tkazilga xalqaro anjumanda davlatimiz Sog’liqni saqlashni yo’lga qo’yish bo’yicha dunyoda 11- o’rinda ekanligi sohaning davlat siyosatining oldingi o’rinlarda turishidan dalolat beradi.

Sog’liqni saqlash sohasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish jadal suratlarda olib borilsa soha yanada taraqqiy etib,jahon andozalariga mos tizimga aylanadi.



Download 41.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling