O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik texnologiya institut Barnoyeva Gulmira Valiyevna
Download 41.26 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I Ilmiy rahbar: yu.f.n., dots. Ochilov O‘.S. Namangan – 2023
- I BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA HUQUQIY ASOSLARNING VUJUDGA KELISHI
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Namangan muhandislik texnologiya institut Barnoyeva Gulmira Valiyevna O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash ning huquqiy asoslari 3-2MG‘H-13 guruh talabasi Bakalavr ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I Ilmiy rahbar: yu.f.n., dots. Ochilov O‘.S. Namangan – 2023 O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning huquqiy asoslari REJA: KIRISH I BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA HUQUQIY ASOSLARNING VUJUDGA KELISHI 1.1.Mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki yillarda O’zbekiston Sog’liqni saqlashdagi umumiy holat 1.2.Mustaqillik yillarida O’zbekiston Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning huquqiy asoslarining yaratilishi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Sog’liqni saqlash - aholi salomatligini muhofaza qilishga yo’naltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. Sog’liqni saqlash kasallliklarning oldini olish va davolash, sog’lom turmush va mehnat sharoitini yaratish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr ko’rishni ta’minlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni ko’zda tutadi.1 Mamlakatimizda aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, dori vositalari bilan ishonchli ta’minlash, jismoniy baquvvat va ma’naviy jihatdan sog’lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ustuvor ahamiyat berilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarda ham sog’liqni saqlash sohasiga e’tibor ortib bormoqda. Jumladan,mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi 2 da ham sog’liqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolar va bajarilishi kerak bo’lgan ishlarga to’xtalib o’tilgan. Ushbu ma’ruzada alohida yo’nalishlar belgilanib olinib ushbu yo’nalishlarda islohotlar olib borilmoqda. Shuningdek, mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ham o‘z ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat. 1-Prezident I.A. Karimov tomonidan tasdiqlangan Milliy axborot tizimini rivojlantirish va 2013-2020 yillarda “Elektron hukumat” tizimini yaratish dasturi doirasida hukumat tomonidan “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini yaratish bo’yicha tadbirlar rejasi qabul qilingan. U Milliy axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining uzviy birqismi bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish muddati 2014-2020 yillar. Elektron sog‘liqni saqlash elektron hukumatning bir bo‘lagi bo‘lib, elektron sog‘liqni saqlash (e-Health)ni joriy etish dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston oldida turgan dolzarb vazifadir. Ushbu ilmiy ish o‘ziga bir qator maqsad va vazifalarni jalb etadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga 2020 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini yaratish maqsadi qo‘yilgan. U ko‘rsatilayotgan xizmatlarni interaktiv shaklga o‘tkazish orqali, jumladan, mobil texnologiyalarni qo‘llash, “Yagona oyna” orqali aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash imkonini beradi. Ushbu yillardagi asosiy vazifalar sog‘liqni saqlash tizimining Milliy integratsiyalashgan axborot tizimining texnik, tashkiliy va texnologik infratuzilmasini barpo etishdan iborat.Ushbu maqsaddan kelib chiqqan xolda quyidagi vazifalar belgilab olindi: Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyati, tarkibiy tuzilishi va boshqaruv tizimini tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasida Sog’liqni saqlash sohasidagi islohotlar va ularning mazmun-mohiyatini yoritish; Sog’liqni saqlashga doir yangiliklarni tahlil qilish; Elektron hukumat qurish bosqichlari va tarkibiga kiruvchi loyihalarni taxlil etish; O‘zbekiston Respublikasida “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini joriy etishning samaradorligini aniqlash. Download 41.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling