O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat konchilik institutida


Download 23.32 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi23.32 Kb.
#148499
Bog'liq
Missionerlik va Prozelitizm Referat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT

KONCHILIK INSTITUTIDA

5C-19 METALLURGIYA

GURUHI TALABASI

KAHRAMONOV SHAXZODNING

DINSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI


Topshirdi: Qahramonov Shaxzod

Qabul qildi: ____________________

Navoiy 2020

MAVZU: "Missionerlik va prozelitizm”
REJA:


  1. Missionerlik.

  2. Prozelitizm.

  3. Ma'naviy tahdidlar va missionerlik

"Missionerlik va prozelitizm”ning – yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’siri. Din milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo turli dinlar yoki konfessiyalarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida o‘nlab yillarga orqada qolib ketayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Missionerlik va prozelitizm din bilan bog‘liq holda shakllangan va mutaassiblikka asoslangan hodisalar hisoblanadi. Missionerlik so‘zi lotin tilidagi "missio” fe’lidan olingan bo‘lib, "yuborish”, "vazifa topshirish”, missioner esa "vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi.

Missionerlik bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish bilan bog‘liq nazariy va amaliy faoliyatni bildiradi. Missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish.Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilish. Missionerlik o‘ziga xos va uzoq tarixga ega. Jumladan, bunday harakat dastlab buddaviylik doirasida miloddan avvalgi III asrdan boshlab yoyilgan. Bugungi kunda esa missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat qilayotganlar bilan bir qatorda yangi paydo bo‘lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur. Missionerlikning uzviy qismi bo‘lgan prozelitizm - to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishni anglatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. Xususan, protestantlik zamonaviy missionerlikning asosiy homiysi bo‘lib qolmoqda. Ularning faoliyati ko‘plab davlatlarda katta muvafaqiyat keltirgan. Hozirgi kunda Janubiy-Sharqiy Osiyodagi an’anaviy ravishda buddaviylikka e’tiqod qilib kelgan ayrim mamlakatlar aholisining katta qismi yoki aksariyati xristianlikka e’tiqod qilishi ana shu yurishlarning natijasidir.

Zamonaviy missionerlikning umumiy xususiyatlari esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1.Konkret mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishga harakat qilish; 2.Xalqaro nodavlat tashkilotlari maqomida faoliyat yuritish; 3. Missionerlik - o‘ziga xos biznes, shaxsiy boyish manbai; 4.Missionerlik - davlatlar va siyosiy kuchlarning geosiyosiy rejalariga xizmat qiladigan siyosiy qurol. Missionerlik faoliyatining moliyaviy manbalariga keladigan bo‘lsak, cherkov a’zolarining o‘z oylik daromadlarining muayyan qismini cherkov hisobiga o‘tkazadi, xayr-ehson qilishning rag‘batlantirilishi, cherkovning ishonchli va sadoqatli vakillari orqali turli sexlar, firmalar va bosmaxonalarga egalik qilish, xorijlik homiylarning moliyaviy yordamida asosiy manbalari hisoblanadi. Ayni paytda, missionerlar hududiy o‘ziga xosliklarini inobatga holda faoliyat olib borishga harakat qilishini ham ta’kidlash zarur. CHunonchi, konkret vaziyat va sharoitni inobatga olib, missionerlar o‘z hamkorlari bo‘lgan xorijiy xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda "ichimlik suvining sifatini yaxshilash”, "ekologik vaziyatni barqarorlashtirish”, "bolalar va onalar salomatligini mustahkamlash”, "qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni oqilona tashkil etish” degan turli shiorlar va tamoyillar ostida ish olib borishga harakat qilishlarini alohida qayd etish lozim. Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. Xususan, so‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar.

Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali etarli tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda va o‘z navbatida yoshlarga alohida e’tibor berildi. Missionerlikning taniqli nazariyotchisi P.Djonstoun talaba yoshlarni missionerlik faoliyatining asosiy ob’ekti deb qarab, o‘zining "Dunyo operatsiyasi” kitobida jumladan, shunday yozadi: "Butun dunyoda universitet va kollejlarda 37 million talaba tahsil oladi. Ularning ko‘plari 20 yildan so‘ng yirik mansablarni egallashadi”. Ushbu fikrlar missionerlarning jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab ish yuritayotganini anglash imkoniyatini beradi. Bunday g‘arazli illatlarga qarshi samarali kurash olib borish uchun birinchi navbatda avvalo befarq, loqayd bo‘lmasligimiz shart. Loqaydlik ijtimoiy illat sifatida og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Bugungi globallashuv davrida o‘zligimizni, milliyligimizni asrab-avaylash, diniy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini o‘sib kelayotgan kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish, kelgusi avlodlarga bekamu ko‘st etkazib berish har birimizning muqaddas insoniy burchimizdir. Zero, xalqimizning ertangi kuni, jamiyatimiz istiqboli va Vatanimiz taqdiri uchun daxldor ekanimizni unutmasligimiz, o‘z bilim va malakamizni el-yurt manfaatlari, uning birligi va taraqqiyoti yo‘lida safarbar etishimiz lozim.

MA'NAVIY TAHDIDLAR VA MISSIONERLIK

Keyingi yillarda yurtdoshlarimizni buzg'unchilik, qo'poruvchilik, soxta tariqatchilik, missionerlik singari guruhlar fitnasidan ogohlantirish niyatida bir qancha kitoblar chop qilinmoqda. Bu asarlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

2011 yili “Movarounnahr” nashriyotida tayyorlangan «Ma'naviy tahdidlar: missionerlik va prozelitizm (mohiyati, kelib chiqishi, shakllari, muammolar)» kitobining ham bu boradagi ahamiyati katta. Kitob O'zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar taraqqiyotini muvofiqlashtirish qo'mitasining granti asosida chop etilgan. Uni Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori o'rinbosari, falsafa fanlari doktori Baxtiyor To'raev boshchiligida ijodiy guruh, ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tayyorlashgan.

Asar ommabop tilda yozilgan, unga ko'p kitobxonlarni qiziqtirgan ma'lumotlar jamlangan. Birinchi bobda mamlakatimizda davlat va din munosabatlari borasida olib borilayotgan demokratik o'zgarishlarning mohiyati hamda diniy ma'rifatni yuksaltirish sohasida erishilayotgan yutuqlar va diniy siyosatning huquqiy asoslari tahlil etilgan. Ushbu bobning keyingi qismida diniy qadriyatlar ma'naviyatimizning ajralmas bo'lagi ekani, unga qarshi qaratilgan tahdidlar batafsil ta'riflab

berilgan.

Navbatdagi bobda ma'naviy hujumlarning turlari, shakllari va uning asosiy yo'nalishlari haqida ma'lumotlar o'ziga xos tarzda ilmiy tasnif qilingan. Jumladan, bunday keltiriladi: “Buzg'unchilar, missionerlar ...jamiyat hayotining barcha jabhalariga putur yetkazishi, jamiyat boshqaruvida tartibsizlik va parokandalikni vujudga keltirishi, ijtimoiy kuchlarni bir-biriga qarama-qarshi guruhlarga ajratib tashlashi, ijtimoiy qatlamlar, millatlar, dinlar va konfessiyalararo ziddiyatlarni

tug'dirishi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini butunlay izdan chiqarishi mumkin”. Shu bobning ikkinchi qismida ma'naviy tahdidlarning alohida bir turi – missionerlik va prozelitizm haqida ham ma'lumot beriladi. Bobning uchinchi qismida esa missionerlikning vujudga kelishi, rivojlanish tarixi hamda ularning O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi faoliyati tahlil qilingan.

Missionerlikning targ'ibot vositalari, usullarini yoritishga bag'ishlangan bobda ularning ta'sir etish usullari, qo'llanmasi, moliyaviy manbalari, targ'ibot yo'nalishlari, salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar keltirilib, ularga qarshi kurash borasidagi muammolar tahlil qilingan.

Missionerlikka qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy asoslari batafsil yoritilgan bobda yoshlarni ularning changalidan asrashda siyosiy madaniyatning o'rni, missionerlarning e'tiqod erkinligi asoslarini qanday buzayotgani haqida asosli dalillar keltirilgan. Bundan tashqari, missionerlikka qarshi kurashda mahalla, davlat va jamoat tashkilotlarining o'rni ham to'g'ri ko'rsatib berilgan. Ushbu bobda asosli ta'kidlanganidek: “...insonning fikrlash, vijdon, din va e'tiqod

erkinligi huquqini rag'batlantirish, himoya qilish hamda din va e'tiqod asosidagi nafrat, toqatsizlik va kamsitishlarning barcha shakllariga qarshi sa'y-harakatlarni kuchaytirish lozim”. Bu bobda keltirilgan ma'lumotlar ham targ'ibotchilarimiz uchun katta yordam beradi, deb o'ylaymiz.

Kitobni missionerlik tahdidiga qarshi kurashda asqotadigan amaliy tajribalar haqidagi, globallashuv sharoitida missionerlikka qarshi kurashda zamonaviy axborot-texnologiya yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlariga doir amaliy tavsiyalar bilan yanada boyitish ham mumkin edi. Kitob oxirida matnda uchraydigan ayrim ilmiy atamalarning ma'nolarini qisqa va ommabop izohlovchi lug'at berilsa, yanada qiziqarliroq bo'lardi. Ammo uning hajmi va adadi cheklangani bunga imkon bermagan ko'rinadi. Bu kitob respublikamiz kutubxonalari, ma'naviyat va ma'rifat markazlari, mahallalar va o'quv yurtlaridan

kengroq joy olsa, yaxshi bo'lardi. Shu sababli uni muayyan darajada qayta ishlab, yanada kengaytirib nashr etish maqsadga muvofiqdir.



Tinchlikni saqlash, vijdon erkinligi, inson huquqlarini ta'minlash uchun millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglikni asrashimiz kerak. “Ma'naviy tahdidlar: missionerlik va prozelitizm (kelib chiqish shakllari, muammolar)” kitobi bu borada har jihatdan foydali bo'lishi shubhasiz.
Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling