Reja: O`zbek tilining boyish manbai. O`zbek tilining eskirgan so’zlar o’quv izohli lugʻati
Download 14.54 Kb.
|
O’zbek tili leksikasining boyish manbalari. 4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O`zbek tilining manodosh so’zlar o’quv lugati.
- 9. O`zbek tilining soʻz tarkibi òquv lugʻati.
- O`ZBEK TILINING ESKIRGAN SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»
- Lug`atda so`zlar quyidagicha tavsiflangan
- «O`ZBEK TILINING MA’NODOSH SO`ZLAR O`QUV LUG`ATI»
- Lug`atda bosh so`z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o`rinlaridan joy olgan.
- «O`ZBEK TILINING SO`ZLAR DARAJALANISHI O`QUV LUG`ATI»
- Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo`yoqning kamayib, salbiy bo`yoqning ortib borishiga ko`ra).
- “O`ZBEK TILINING SO`Z TARKIBI O`QUV LUG`ATI”
O’zbek tili leksikasining boyish manbalari. Biologiyaga xos o’z va o’zlashgan so’zlar tasnifi.Reja:1. O`zbek tilining boyish manbai .2. O`zbek tilining eskirgan so’zlar o’quv izohli lugʻati.3. O`zbek tilining izohli lugʻati.4. O`zbek tilining ma'nodosh so’zlar o’quv lugati.5. O`zbek tiling orfoepik luğati.6. O`zbek tilining sòzlar darajaga ishi òquv lugʻati.7. O`zbek tilining zid ma’noli so’zlar òquv lugʻati.8. O`zbek tilining soʻz yasalishi òquv lugʻati.9. O`zbek tilining soʻz tarkibi òquv lugʻati.O`ZBEK TILINING BOYISH MANBAIO`zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O`zbek tili lug`at tarkibining birinchi yo`l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo`llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so`zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo`shimcha yordamida yangi so`z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so`zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o`xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O`zbek tili lug`at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo`q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo`lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so`z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o`zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.O`ZBEK TILINING ESKIRGAN SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»«O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati» – o`zbek adabiy tilining me’yoriy lug`atidan biri. Lug`at X.Norxo`jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan.Lug`atda so`zlar quyidagicha tavsiflangan:I. Har bir so`zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.II. Lug`atda so`zlarning, asosan, hozirgi o`zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.«O`ZBEK TILINING IZOHLI LUG`ATI»«O`zbek tilining izohli lug`ati» – o`zbek tilida istemolda bo`lgan o`z va o`zlashma so`zlarning ma’nosini umumiy tarzda izohlaydigan lug`at turi. Hozirga qadar ikki marta o`zbek tilida izohli lug`at yaratilgan: 1. 1981-yil Moskvada nashr qlingan. 2 jildli. Unda 60 ming so`z va birikma izohlangan. 2. 2006-2008 yil nasr etilgan. 5 jildli. 80 mingdan ortiq so`z va so`z birikmasi izohlangan.«O`ZBEK TILINING MA’NODOSH SO`ZLAR O`QUV LUG`ATI»«O`zbek tilining ma’nodosh so`zlar o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so`z hamda o`zlashma so`zlar aniqlangan.Lug`atda bosh so`z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o`rinlaridan joy olgan.«O`ZBEK TILINING ORFOEPIK LUG`ATI»O`zbek tilshunosligida hozirga qadar M.Sodiqova, U.Usmonovalarning «O`zbek tilining orfoepik lug`ati» 1977- yilda va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan «O`zbek adabiy talaffuz lug`ati» 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug`atda o`zbek tilida faol qo`llanadigan 8000 ga yaqin so`z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so`z va so`z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so`z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto`g`ri ko`rinishi inkor qilinib, uning to`g`ri aytilishi ko`rsatilgan.«O`ZBEK TILINING SO`ZLAR DARAJALANISHI O`QUV LUG`ATI»«O`zbek tilining so`zlar darajalanishi o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at Sh.Bobojonov va I.Islomov tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, so`zning darajalanish qatori tuzilib, ma’nolari izohlangan. Misol:Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo`yoqning kamayib, salbiy bo`yoqning ortib borishiga ko`ra).Darcha-eshik-darvoza (atalmish hajmining oshib borishiga ko`ra).«O`ZBEK TILINING ZID MA’NOLI SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»«O`zbek tilining zid ma’noli so`zlar o`quv izohli lug`ati» maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at U.To`rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so`zlarni strukturasiga ko`ra quyidagicha tasniflashgan:har xil o`zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;bir xil o`zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;«O`ZBEK TILINING SO`Z YASALISHI O`QUV LUG`ATI»«O`ZBEK TILINING SO`Z YASALISHI O`QUV LUG`ATI»«O`zbek tilining so`z yasalishi o`quv lug`ati» – maxsus, o`ziga xos lug`at turi hisoblanadi, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va O`.Xoliyorovlar tomonidan yaratilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan. Lug`at yasama so`zning qanday va nima vositasida yuzaga kelganligini bilishga yordam beradi. Mas., amal so`zidan beshta yangi so`z va bu yangi so`zdan yana beshta boshqa yangi so`z hosil bo`lganini ko`rishimiz mumkin:“O`ZBEK TILINING SO`Z TARKIBI O`QUV LUG`ATI”“O`zbek tilining so`z tarkibi o`quv lug`ati” – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at B.Mengliyev va B.Bahriddinovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 5223 so`zning tarkibiy qismlari ajratib tahlil qilingan.Download 14.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling