O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti milliy g‘oya va huquq ta’limi kafedrasi «MA’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi»


-mavzu:Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari


Download 1.86 Mb.
bet17/40
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678871
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

12-mavzu:Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari


Reja:
1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlaming ilmiy-nazariy asoslari
2. Birinchi Prezident Islom Karimov asarlarida ushbu masalaning yoritilishi
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” asarida “bu dunyoda har bir odam to'q va badavlat hayot kechirish, el-yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli-joyli qilish, ularning baxtu-kamolini ko'rish orzusi bilan yashaydi” deydilar. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar xalq manfaatiga xizmat qiladi.


Istiqlol tufayli vatan va xalq hayoti hayratli o'zgarishlarni boshdan kechirayotgani, zalvorli qadamlariyu bag'ri butun g'oyalari bilan o'zligimizni anglash, tafak-kurimizni yangilash, shuurimizda g'urur, vujudimizda komillik g'unchalari ulg'ayib borayotganligi sir emas. O'zini tanigan millat lafzida yangicha talqinlar, munosabatlarning zabtkor sur'ati, jamiyat hayotidagi yangilanishlar buyuk kelajak yaratish yo'lidagi bunyodkor turmush tarzimiz bilan bog'liq. Zotan ma'naviy – ma'rifiy islohotlar o'zlikni anglashning mehvari –tarix, milliy ma'naviyat va milliy ma'rifat, milliy ruhiyat va an'analarni, ulug'vor siymolarning betakror merosini tiklamoqda. Inson imkoniyatlarning cheksizligi, yaratuvchan kuchi dorilomon kunlarga ulug'vor mazmun bag'ishlamoqda. Har birimiz islohotlar bag'rida, bozor munosabatlari sharoitida, turfa mulkiy shakllar ro'baro'sida milliy g'oya va mafkuradan ruhlanib yangilanayapmiz. Boqimandalik, loqaydlik, ruhiy turg'unlikni rad etib, tadbirkorlik, ishbilarmonlikning siru asror-laridan saboq ola boshladik. Endilikda erk va e'tiqod, Vatan va istiqlol tuyg'ulari ongimiz ham vujudimizda milliy uyg'onish kurtaklarini parvarishlayapti.
Inson va jamiyat, Inson va Vatan, Inson va millat tushunchalari, munosabatlari mazmunan boyib borayapti, odamlarda o'zining shaxsiy ijtimoiy omillarini samarali ishga solish, yangi jamiyatning ongli, ahloqan pok a'zosi bo'lish, buyuklikka yuz burgan Vatanga muhabbat tuyg'usi, millat qadri, milliy g'urur tobora ulg'aymoqda. Shu asno shaxsning ijtimoiy maqsadi, ijtimoiy faoliyat tarzi yangilanayati. Muhimi, shaxsni ma'naviy – ma'rifiy kamol toptirish uchun tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar , demokratik tamoyillar hamda zamonaviy samarali imkoniyatlar yaxlitligiga tayangan ijtimoiy – pedagogik vaziyat yuzaga keldi.
Binobarin, mamlakat hayoti, bunyodkorlik ruhi bilan yo'g'rilgan turmush tarzi, iqtisodiy – ijtimoiy, ma'naviy – ma'rifiy, huquqiy – siyosiy rivojlanishning xususiyati dasturiy rejalarning mahrajiga fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat yaratish g'oyasini qo'ydi. Bu g'oya o'z navbatida Inson manfaatlariga tamomila muvofiqligi bilan ajralib turadi.Inson manfaati hech vaqt moddiy maqsaddangina iborat emas. Balki haqiqiy ma'nodagi insonparvarlik muhitini qaror toptirish orqali yosh avlodni davrning ehtiyojiga muvofiq tarbiyalashning yangi shaklu shamoyillari, yangicha ma'naviy – ma'rifiy usul – yo'llarining ilmiy – nazariy asosini yaratish va hayotga tadbiq etish ham Inson manfaati uchun kurashdir. Bu esa amaldagi ta'lim – tarbiya tizimi, ichki tuzilishi, uslubiy yo'riqlarini oqilona isloh qilishni ko'zlaydi. Сhunki ta'limni butunlay isloh qilishning zaruriy shart – sharoitlari vujudga keldi. Mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslari shakllandi. Natijada fuqarolik jamiyatini barpo qilish omillari yaratildi. Ayni paytda taraqqiyotning hozirgi tezkor sur'ati inson shaxsi, ongi, dunyoqarashi, qobiliyati va mayllarini tezda kamol toptirishni taqozo etayotganligi o'z – o'zidan aniq. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy– ijtimoiy rivojlanish talabiga mos malakali , yetuk ma'naviyatli, fidoyi va vatanparvar mutaxassis kadrlar tayyorlash dolzarb vazifaga aylandi. Bu vazifaning muvafaqqiyatini ta'minlash uchun maxsus Milliy dastur yaratish kun tartibiga qo'yildi. Milliy dastur asosida butun ta'lim – tarbiya jarayoniga istiqlol ruhi, Vatan tuyg'usi, millat kelajagi, jamiyat ravnaqi, komil insonni voyaga yetkazish g'oyalari singdirilib, aqliy-ma'naviy, axloqiy-ruhiy, jismoniy- ijtimoiy barkamol avlodning o'sib ulg'ayishini ta'minlashga qaratilgan ilmiy-nazariy, ma'rifiy-moddiy shart-sharoitlar ro'yobga chiqarilmoqda.
“Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu-saodati ularning yorug' kelajagi uchun amalga oshirilmoqda... Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” deb yozadi Islom Karimov.
Shu jaryonda har bir shaxsda milliy ma'naviyatni, milliy ong, milliy shuur, milliy tuyg'uni barkamollikka ko'tarish omillari faollik jarayoniga ko'chadi. Bu ulug'vor maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyatimiz o'zining real imkoniyatlariga ega. Avvalo, ozod va mustaqil Vatanda xalqni farovonlikka yetaklovchi va ma'lum ma'noda munosib turmushni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali kuchlar ulg'aydi. Ular siymosi, faoliyatida milliy ma'naviyatning barqaror mag'zi, yaratuvchan kuchi mavjud. Milliy ma'naviyati barqaror shakllangan bunday kishilar o'z xalqi, millati, vatani manfaatini har qanday sharoitda himoya qiladi, o'z faoliyatida xalqimizning milliy ma'naviyatini namoshish eta oladigan, millatning salohiyatini, Vatan qadri, sha'ni, shuhratini ellararo, davlatlararo ko'rsata biladigan insonlardir
Ta'bir joiz bo'lsa, bunday kishilarda millat tafakkurining qaymog'i jamlangan va faoliyatida rivoj topgan bo'ladi. Shuning uchun ham aqliy, shuuriy zakovati yetuk, milliy ma'naviyati kamol topgan, Vatan va millat tuyg'usi qalbida jo'sh urgan bunday shaxslar boshqa madaniyatlarga ro'baro' kelganda o'zligini yo'qotmaydi, o'zga madaniyatlar yaxshi tarbiya ko'rgan barkamol shaxs o'z ma'naviyati, milliy madaniyatining yuksakligini ko'rsata bilish uddasidan chiqa oladi. Agar tomirida shu nomdor xalkning qoni jo'sh urib turgan, ko'zlarga to'tiyo Vatan mehridan bahramand bo'lsa, bilingki bu vujudda elu yurtga oshuftalik, sog'inch muhabbati, iftihori bo'ladi.
O'zligini bilgan inson o'zini xalqidan ayri ko'ra bilmaganidek, yurt ishqiga ham begona emas. Qadr ham, mehr-muhabbat ham, toliqmas fidoyilik ham yolg'izdan qochadi. Yolg'izlikkina tiriklikning, sevish-sevilishning, izzat- e'tibor,g'urur va iftixorning ulug'vor kuchini his etish zokovatidan benasib. U o'zini ham, o'zgalarni ham qadrlay olmaydi. “Dunyoni suv bossa, to'pig'iga chiqmaydi”, degan gap yolg'izlik kasriga kirgan siyratlarga atalgan bo'lsa ne ajab. “Yolg'iz” inson shaxsi, taqdiri, yurish-turishida qandaydir kemtiklikni fahmlaymiz. Bordiyu, jamiyatda ko'ngli tor, imoni darz ketgan, turfa riyokorliklar zanjiriga bog'langan, fikri qashshoq, shaytoniy ruhiyatda tebrangan va hullas, ma'naviy xastallikka mubtalo bo'lgan shaxslar mavjud ekan, sog'lom ma'naviyat, sog'lom tafakkur, sog'lom jamiyat uchun kurash hayotiy zaruriyatga aylanishi ham tabiiydir. Jamiyat avomlik balosidan forig' bo'lganda, qudratli va istiqboli yorqin bo'ladi. Bu yurtning sog'lomligiga ko'p jihatdan bog'liq. Shu bois “Sog'lom avlod uchun” kurash g'oyasini mohiyatan mamlakatning, jamiyatning sog'lomligi uchun zaruriy shart sifatida anglaymiz va bunga burchlimiz. Busiz amaliy ishlarga, zamona ehtiyojiga muvofiqlashish mushkul ekanligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi.
Agar biz har bir insonda o'zi mansub xalqning jajji qiyofasi mavjudligini fahmlay bilsak, xalqimiz o'tmishda qalbiyu tafakkuri toza, imoniyu diyonati butun, bag'ri mehr-oqibatga to'liq, juvonmardlikda dovrug' taratgan xalq bo'lganligini, ming yillar osha o'z tartib qoidalari, ezgulik va ulug'vorlik salohiyati bilan Mag'ribu Mashriqning etiborini qozonganligini unutishga haqqimiz yo'q. Uzoq o'tmishdayoq xalqimiz hayratli ezgu fazilatlari bilan boshqa xalqlarninghavasini keltirgan, ibrat olishga arzigulik sifatlari ko'p bo'lgan. Shu bois arab sayyohi ibn Batuta (13-asr) “Safarnoma” kitobida: “Men dunyoni kezib, bunday odamlardan ko'ra ezgu niyatli va ezgu xulqli kishilarni ko'rmadim. Ularga tobe joylarda adolat rasmi shunday rivojlanganki, ularning lashkargohlari, xonalarida oltin va kumush tangalar yerda sochilib yotadi va egasi topilmaguncha hech kim bu pullarga tegmaydi”, deb xotira bitdi. Qaranki, bu gaplarga ham 7 asr bo'libdi.
XI asrda yashab o'tgan zahmatkash olim Mahmud Qoshg'ariy “Tangri ularga o'zi ot qo'ygan, ism bergan, ularni eng baland yerlarga, xushhavo joylarga o'rnatgan va o'zining botirlaridan sanagan. Turklarda ko'rkamlik kabi maqtashga sazovor xulqlar soni sanoqsizdir”, ta'riflagan edi. Bunday ulug'vor fazi-latlar o'sha uzoq moziydayoq Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf xos Hojib, Rabg'uziy, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, A.Navoiy singari daho salohiyatli farzandlarda komillikka ko'tarilgan. Bu nasli toza xalq alla aytgan beshikdan har bir davrda ne bir salohiyatli juvonmardlar, allomayu ulamolar, ijodkoru san'atkorlar yetishib chiqmadi, deysiz.
Xalqimiz ma'naviyat daraxtining o'zi ham, ildizi ham benihoya ulkanligi rost. Uning baquvvat ildizlaridan oziq olgan noyob fazilatlarning ta'rif-tavsifi o'nlab kitoblarda ham mukammalligicha o'z aksini topa olmaganligini tushunamiz. Istiqlol ana shu ta'rif-tavsifi olamjahon ma'naviyat daraxtini parvarish qilishga, xalqimizning qadr-qimmati, izzat-nufuzi, ezgulik va insoniyligining bo'ydor bo'lishiga eng qulay muhit yaratdi.
Ma'naviyatni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, islom odobi, necha ming yilliklarda to'plangan tajribalar hamda istiqlol mohiyati, maqsadlariga tayanib, millat va davlatning qaddini tiklash yo'lidagi dasturiy rejalarga to'laligicha monand yuksaltirishning hayotiy ehtiyojga aylanishi buyuk bir baxtdir. Mustaqillikni qo'lga kiritgan har bir davlat ma'naviyma'rifiy sohada ham o'z yo'lini belgilab olishi aniq. Ammo ma'naviy ma'rifiy jarayon o'z mazmuni, harakat yo'nalishi, ommaviylik xarakteri bilan O'zbekistonda tamomila yangicha ruh, yangicha siyrat kasb etdi. Sababki, I.Karimov istiqlolning dastlabki yillaridayoq “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” dasturiy kitobida ma'naviyatning shaxs va jamiyat taqdiridagi o'lkan yaratuvchan rolini lo'ndagina qilib ko'rsatib berdi: “Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuchqudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxtsaodat bo'lmaydi” (I.A.Karimov. O'zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: “O'zbekiston”, 1993, 79bet).
Darhaqiqat ma'naviyat, bu butun bir xalqning, jamiyatning buguni ham kelajagiga tamomila daxldor soha. U insonni aqliy, ruhiy, axloqiy, jismoniy komillikka, o'zligini, o'zgalarni jamiyat va vatanni anglashga, anglab qadrlashga yo'llaydi. Ma'naviyatning betimsol imkoniyatlari tufayli inson aqlzakovati, vujudi, ruhi, salohiyati, oljanob fazilatlarda barqarorlashadi. Inson tabiatida ezgulik, ruhiyatida ulug'vorlik, munosib olamida nazokat va samimiylikka e'tiqod, yomonlikdan forig'likni ravnaq toptiradi. Garchi ezguligu yovuzlikning, yaxshiligu yomonlikning, go'zalligu xunuklikning millati bo'lmasada har bir xalq, millatning milliy ma'naviyati bo'ladi. Buning tagzamini har kimning qalbi, ruhi, tuyg'usini o'z xalqining, o'z vatanining ma'lum sifatlari mavjud bo'lganligidadir. O'zbekona fazilat, o'zbekona juvonmardlik, o'zbekona mehmonnavozlik, o'zbekona bag'ri kenglik singari tushunchalar bejiz aytilmagan. Ana shunday o'nlab fazilatlar har bir shaxsda millatga, xalqqa tegishli butunlikning zarrasi, belgisi mavjud bo'ladi. O'z xalqi, o'z Vatani qadrini anglagan, unga mansubligini tan olgan insonda milliy shuur, milliy tuyg'u, milliy odob va milliy qiyofa bo'lishini fahmlaymiz. Ayni paytda vujudida xalqi, millati va vatan qadrini yetarli anglab olmagan kimsalar mavjudligini ham inkor etish qiyin. O'z xalqi, millati, yurtini qadrlay bilmagan, undan yuz o'girganlar o'z vijdoniyu iymonidan ham yuz o'giradilar. Bundaylarni aslo oqlab bo'lmaydi.
Davlatki, fozillik salohiyati timsoli bilan jahon hamjamiyatida o'zining ibratli nufuziga ega bo'lar ekan, buning zaminida ma'naviyma'rifiy komillik, unga qat'iyatli va oqilona munosabat yotgan bo'ladi. Mamlakatimizda ma'naviyma'rifiy islohotlarning ustuvor yo'nalishiga qo'yilishida ham ana shu tamoyilning o'rni borligini har tomonlama chuqur anglash zaruriyati bor. Endilikda foyda, foydali mehnat faqatgina moddiy ne'matlarning miqdoriy va sifat o'zgarishlarigagina qarab emas, balki aqliy shuuriy, bilim va tadbirkorlik singari sohalarning uyg'unligini taqozo etayapti. Сhunki oqilona tafakkur, kasbiy salohiyat mahsulot sifatini oshirishga yo'naltirilishi bilan birga sarfxarajat me'yorini ham kamaytiradi.
Umuman, ma'naviyat bozor munosabatlari sharoitida fidoyilik bilan manfaatdorlikni, jamiyat manfaati va shaxs manfaatini uyg'unlashtirishda, inson shaxsini yuksaltirishda ulkan ta'sir kuchiga ega.
Qadimqadimdan hayotda ulug'larga hurmat e'tibor, ular hukmiga rizolik, bo'ysunish, ajdodlar ruhiga sadoqat hissi elu yurt shuurini anglash tuyg'usining ilk kurtaklari bo'lgan bo'lsa ajabmas. Shundandir balkim, ajdodlar yodi, xotira tarix bilan umriguzaronlik pallasidagi mohiyatan o'xshash “qaytariq” lar o'sha o'tmish odamlar lafzida afsona, ertak hikoya va hatto dostonday ijod mevalarining yaratilishiga zamin bo'lganligini fahmlash mumkin. Bu jarayon aslida odamzod tafakkuri, tuyg'usini shakllantirishda ancha zalvori omil rolini o'ynagan deyilar, ehtimol. Garchi o'sha davrda odamlar to'pori jamoa tarzida hayot kechirsalarda, baribir, ajdodlar e'zozi, o'z qavmi, sha'ni xislatlari bilan insoniy va xalqona tuyg'ularning qad rostlashida o'z imkoni darajasidagi tarixiy vazifani o'tadi. Demoqchimizki, Vatan tuyg'usi, ajdodlar hurmati o'sha uzoq moziydayoq chingbarg chiqara boshlagan edi. Aks holda oddiygina yilqiboqar Shiroq o'z qavmlari erki va sha'ni uchun o'limga tik bormagan, malika To'maris qilich yalang'ochlab jangga otlanmagan bo'larmidi. Zotan erk va Vatan tuyg'usi botiniy tuyg'ularning o'q tomiriga aylangan edi. Ajdodlar ketidan avlodlar asrlar osha ayni shu zamonaga yetib kelibdiki, erk va Vatan sevgisi, xalq va millat qadri, g'urur va iymon tobora ulg'ayib kelmoqda. Uning jon tomiri necha ming yillarki, asrlar osha qanchadan qancha to'fonu dovullarga duch keldi. Baribir xalqning vujudida o'zligidan darak beruvchi fazilat va tuyg'ular tarixning ko'pdanko'p sinovlaridan esonomon o'tdi.
Tarix hech qachon o'zi mansub xalqdan ayricha yashay olmaydi va uzoqlashmaydi ham. Uning birdanbir maqsadi, harakat yo'li o'zi mansub elu yurtning taqdiri inshosini qadambaqadam bag'riga jamlamoqdir. Tarix shu asno asrlar, davrlar osha kelajak ajdodga kechinmalarni loaqal axborot yo'sinida bo'lsada o'tkazmoq umidi bilan yashaydi. Ammo tarixda shunday g'addor davrlar bo'ladiki, uning zo'ravon tizimyo'riqlari zarbidanmi oddiy xalq ichdan qiynala qiynala o'z ona tarixidan uzoqlashib qoladi. O'z tarixidan uzoqlashish, undan benasiblik xalqning o'zligini nimjon, g'ururini mo'rt qilib qo'yadi, fikr tuyg'usini qovjiratib yuboradi. Buning qanchalik og'ir xastalik ekanligi har bir istibdod davrida boshdan kechirilgan.
Biz bugun ona tariximiz bilan ro'baro' turibmiz. Ha, uzoq vaqtlar bo'ldi, ona tarix qaddi istiqlol kunlaridagidek bo'y rostlamagan edi. U elu yurtning o'tmish-kechmishlarini hech birminnat qilmay, balki bir ezgu mas'ullik bilan qay bir qo'lyozmalar bag'rida avaylab asrab keldi deyishga tamoman xaqlimiz. Tarix o'zi mansub xalqning, millatning ma'naviy saviyasiga, e'tiqod tuyg'usini qarab shaklu shamoyil topadi.
Tarix bu xalqning, yurtning, ajdodlarning xotira kitobi Xotirasini yo'qotgan shaxs ma'naviy ruhiy xasta shaxs bo'lgani kabi, xotirasi yo'q xalqning kelajagi bo'lmaydi. Shu sabab biz yosh avlodda uzoq tariximizga bo'lgan muhabbat va sadoqatni kamol toptirishimiz kerak. Tarix odamlarga o'z ajdodlarini, ularning taqdir yo'llarini tanishtirish bilangina cheklanmaydi, balki ajdodlar ruhiga sadoqat, g'urur va iftixor tuyg'ularini o'stiradi. Tarix bizga bugungina uchun emas, balki buyuk kelajagimiz uchun ham kerak. Binobarin, maktablar va o'quv yurtlarida Vatan tarixini o'rganishni tabdan yaxshilash, ilg'or tajribalarni ommalashtirish, o'quvchi yoshlarni tarixiy manbalar, buyuk ajdodlar qoldirgan muhtasham me'moriy koshonalar, muzeylar bilan yaqindan tanishtirish lozim.
Umr atalmish orzuli, kurashli, bardoshli ham dolg'ali yo'lda necha bir davrlar dovonidan oshib, ajdodlarni biz bilan bog'lagan qanchadanqancha rasmu taomillar, qadriyatlarimiz bor. Ular har birimizning qalb va shuurimizga bamisli hayotiy zaruriyat bo'lib singari, tuyg'ularimizni o'ziga e'tiqod hissini muhrlaydi. Bularsiz yaxshi kunlarimiz ham, qayg'uli onlarimiz ham o'z tartib qoidasini topmaganday. Ularda milliy ruhiyatimiz, milliy turmush tarzimizning mehri bor. Bu urfodatlar, qadriyatlar aslida xalqimiz qadrini, o'ziga xosligini mustahkamlaydi. Ularda mehroqibat, samimiylik, ko'ngilchanlik, nazokat, odamiylik, saxiylik, hamdardlik, mehmonnavozlik kabi o'nlab azaliy fazilatlarimizning buy ko'rsatib ko'rganligini his etamiz. Bu ajoyib fazilatlar farzand o'zini taniy boshlagandan uning qalbi, shuuri singib, insonning ichki va tashqi qiyofasini mukammallikka ko'tarishga yo'naltirilgan va samarasi beqiyos omillardir. Garchi ularning barchasini bir xil tenglikka qo'yib bo'lmasada, lekin har birining o'z o'rni, o'z mazmuni bor.
Xalqimizning tarixiy taqdirida milliy marosim va urfodatlar ham to'lishib, sayqallashib axloqiy qiyofamizning eng javohir unsurlari hisoblanib kelgan. Istiqlol esa milliy marosim va urfodatlarning qaddini rostladi, odamiylik, ezgulik, vatanparvarlik, g'urur, qadrqimmat, iymon va e'tiqod singari tuyg'ularni kamol optirish bugun va kelajak uchun hayotiy zaruriyat ekanligini ruyobga chiqardi. “Bizlar to'yda ham, azada ham yonmayon turib, oddiy kunlarda ham birbirining holidan xabar olib, kattaning hurmatini, kichikning izzatini joyjoyiga qo'yib, beva bechoralarning, yetimesirlarning boshini silab, xullas, odamgarchilikni barcha narsadan ustun qo'yib yashagan insonlarning farzandlari bo'lamiz”. (I.A.Karimov. “Istiqlol va ma'naviyat, T.: “O'zbekiston”, 1994, 13bet.)
Darvoqe, xalqimiz hayotida ulg'ayayotgan ko'ngil pokli, vijdon hokimligi, iymon salomatligi, fikr kengligi aslida ma'naviy hurlikning mevalaridir. Ma'naviy xurlikning eng yuksak maqomi esa vujudda ruhning ustunligi.
Har birimiz doimo turfa mushkulotlar, ziddiyatlar, aloqalar, muammolarda umr o'tkazamiz. Hayot shunday. U turli xil mushkulotlarni tug'diradi, ularni hal etishga undaydi. Hayotdagi qaramaqarshiliklarga ro'baro' kelish bizni yana harakatga yetaklaydi, muammolar har hil yechimlarga olib keladi. Ma'naviy ruhiy barkamol inson va ana shu mushkulotu muammolar ta'siriga tushib qolmaydi, balki uni yengib o'tishning oqilona yo'llarini hozirlaydi.
Ma'naviyat insonni insoniylik bilan ko'maklashtiruvchi buyuk bir kuch va imkoniyat. Uning ta'rifi ham o'zi kabi keng qamrovli. Ulardan ayrimlarini qayd etish maqsadga muvofiqdir:
Ma'naviyat – shaxsning ruhiyat tarzi, turmush yo'nalishi, dunyoni anglash, uning qonuniyatlarini tan olish va ularga rioya etish malakasidir; Shaxsning ruhiyat tarzi, turmush yo'nalishi, dunyoni anglash, uning qonuniyatlarini tan olish va ularga rioya etish malakasidir; Harakatning ong, dunyoqarash, iroda, urf odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi; Shaxsning barkamol ruhiyaxloqiy va jismoniy tarzi, mavjud dunyoni tarixi va o'z zamonasi bilan uyg'un anglay blish hayotiy qonuniyatlarni tan olish va unga amal qilish; Insonning buyuk bir haqiqat mavjudligi-ni his etib, uning qoidalari asosida yashash tarzi;
O'zini tanish, o'zini o'zgalar nazari bilan, o'zgalarni esa o'z nazari bilan taftish qila bilish; Insonning insoniyligi; Inson ahloqi va umr mazmuni, iymon ehtiqodning ajralmas o'zagi; Har bir kishining umuminsoniy darajasi fazilatlar ko'zgusi; Ishtiyoq hosilasi, ma'no maqsad sari talpinib yashash tarzi; Shaxsning o'ziga, qalbiga, shuuriga, hattiharakati, ahloqodobiga yo'naltirilgan ezgulik, insoniylik nuri.
Ma'naviyat haqida fikr yuritilganda, ayrim omillar uning mohiyatini “Insonning ongli, ijodiy faoliyati tashkil qiladi”, degan fikr bilan cheklashni lozim topmoqda. Ushbu fikr garchi ma'naviyatning mohiyatiga nisbatan mantiqan to'g'ri bo'lsada, uning inson shaxsi, turmush tarzida namoyon bo'lishiga ham e'tibor qaratilishi zarurga o'xshaydi. Inson ongli, ijodiy faoliyat ko'rsatadi deyish bir muncha chegaralanib qolayotganday chamasi. Basharti inson shaxsi, tabiati, ruhiyatida milliy qadriyatlar, an'analardan bahramandlik mavjud bo'lsa, u o'z kundalik turmush tarzi, kasbiy faoliyatida ularga tayansa hamma vaqt xattiharakatiga nisbatan “ijodiy” sifatlashini qo'llash shartmikan. Ikkinchi tomondan, insonning yashash tarzi mavjud qonunlar, qoidalar, odatlarga tayangan, ularga amal qilgan holda kechadi, deylik. Ana shunday darajaga erishgan kishilarda ma'naviyat mohiyatan kamol topgan bo'ladiki, ularning yurishturishlari, munosabatlari va mehnat me'yori shunga muvofiqlashgan bo'ladi. Demoqchimizki, ma'naviyatning mohiyatini “ongli, ijodiy faoliyat tashkil qiladi” deb hisoblash, shaxsning kasbiy faoliyat tarzi, milliy an'analar, urfodatlarga e'tiqod ko'lami, iroda va aqliy zakovat singari jihatlarga nisbatan bir yo'sin “ijodiy faoliyat” mezoni bilan yondashuv qandaydir chegaralanganlik, alohidalikka undash haqidagi mulohazaga yetaklaydi. Umuman jamiyatning, millatning ma'naviyatini alohida shaxsning ma'naviyati bilan bir me'yoriy tavsiflash to'g'ri bo'larmikan. Va yana ma'naviyat, jamiyat ma'naviyati, shaxs ma'naviyati, milliy ma'naviyat kabi tushunchalar o'zaro umumiylikdan tashqari o'zaro farqliliklarga ega bo'lishini hisobga olish to'g'ri keladi.
Mamlakatning rivojlanishi sur'ati, istiqbol yo'li yangicha mustaqil fikrlaydigan, fidoyi, ijtimoiy faol, ma'naviy ahloqiy yetuk, jismoniy salohiyati ko'lamdor milliy mutaxassisga bo'lgan talabni alohida bosqichga olib chiqdi. Mulk shaklining xilmaxilligini, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ehtiyoj, bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning kuchayishi, ishlab chiqarishga yangiyangi texnologiyaning kirib kelishi jarayoni mutaxassis malakasini taqozo etayapti. Malaka ayni paytda aqliy, ruhiy va jismoniy salohiyatlarni uyg'unligida samara berishi ham aniq. Mustaqil davlatning munosib mutaxassisini shakllantirish uning shaxsiyatida nainki alohida qobiliyat va maylning barqarorligini, balki ijtimoiy daxldorligini ham nazarda tutadi. To'g'ri, inson jamiyatdagi o'z o'rni, taqdiri haqida uylaydi, o'z Vatanini sevishi, millatga mansubligini his etishi mumkin. Biroq bular faoliyatga ko'chgandagina ijtimoiy mazmun kasb etadi. Jamiyatdagi o'z o'rni haqida uylasayu, jamiyat oldidagi burchini anglamasa, burchga sodiqlikni faoliyatida namoyon etmasa yoki Vatanni sevish bilan cheklanib, uning ravnaqi uchun kurashmasa, millatga mansubligini his etsayu, milliy g'urur va iftixor tuyg'ulari uning amaliyotida gavdalanmasa, bundan na jamiyatga, na Vatanga, na millatga manfaat bor. Uning shaxsiyatida ijtimoiy mohiyat, ijtimoiy burch, vatanparvarlik, milliy g'urur va iftixor tuyg'ulari zaif va faoliyatsiz qoladi. Aslida bu holat insonning passiv turmush tarzini bir qolipga soladi. Bunday shaxslardan mustaqillikning ehtiyojlariga xozirjavoblikni kutib bo'lmaydi. Ma'naviy axloqiy, ruhiy jismoniy yetuk va faol shaxsgina jamiyatning taraqqiyot mazmunini, davlatning istiqbol yo'lini, shaxs, jamiyat davlat manfaatlarini bir butunligini, o'zaro ichki bog'liqligini tushunadi.
Albatta, ma'naviy axloqiy, ruhiy jismoniy sog'lom va yetuk kishilarni voyaga yetkazish oson gap emas. Buning uchun hatto bir necha o'n yilliklar ketishi mumkin. Bunda, avvalo, odamlar tafakkurini yangilash, tabiatida milliy axloq tamoyillarining barqarorligiga erishish, istiqlol dunyoqarashini shakllantirish zarur. Binobarin, davr taqozo etayotgan keng qamrovli bilimga ega bo'lish, milliy va islomiy ahloq madaniyatini qaror toptirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan, muazzam tarix va zamonaviy ulug'vor bunyodkorliklardan baxramandlik, ularga sadoqat va iftixor tuyg'ularini o'stirish lozimligi ravshan. Bu esa o'z navbatida ma'naviy ma'rifiy islohotlarning tezkor amalga oshirilishini talab etishi shubhasiz.
Bu sohada ma'rifatga alohida ahamiyat beriladi. Сhunki ma'rifatsiz yuksak ma'naviyatga erishishi mushkul.
Jamiyat ma'rifatga, ma'naviyatga yuz burdimi, demak, u insoniylikka, ezgulikka, go'zallik va adolatga, qalb munavvarligiga , ko'rkam hayotga yo'l oldi, deyavering. Darvoqe ma'rifatli jamiyat yaratishga bel bog'lagan xalqning iqboli baland bo'ladi. Insonda insoniylikni kamol toptirish ma'rifatning mashaqqatli va sharafli yo'llari orqali ro'yobga chiqadi. Ma'rifat, bir jihatdan, ma'naviyatning inson aqlidroki, qalbi, harakteri, tuyg'ular olamiga kirib borishdagi amaliyoti deyish mumkin. U qalb va vujudda go'zalliklar, yaxshiliklarni o'stiradi. Ma'rifat irodaning jon tomiri, mijozning hayotiy chashmasi, ko'ngil munavvarligi. Shu bois muhtaram yurtboshimiz “Taraqqiyot taqdirini ma'rifatli odamlar hal qiladi”, deganlarida ma'rifatning ulkan yaratuvchanlik xususiyatlarini nazarda tutadi. Dunyoni tanish, o'zlikni anglash, imkoniyatlarni ishga solish ham, ma'rifat orqali amalga oshadi.
Ma'rifat mohiyatdan aql idrok, tafakkurning mayog'i, mijozning murabbiysi, ko'ngilda munavvarlikni qaror toptiruvchi vosita, iymon e'tiqod, lafzning me'mori, vujudning jon tomiridir.
Ma'rifat bilish, tanish, bilim va madaniyatning mazmuni. U bilim va madaniyatdan oziqlanish, yuksaltirishning yo'lyo'riqlari, usul va vositalaridir.
Ma'rifat, avvalo inson shaxsini ezgulik fazilatlari bilan parvarishlaydi. Aqli, shuuri, tafakkuri, mijozi, irodasini kamol toptiradi. Ma'rifat, bilim va tarbiyani amalga oshirish jarayoniga ma'rifiy nur bag'ishlaydi. U irodaning jon tomiri, aqlning murabbiysi mijozning bebaho chashmasi, qalbining bog'boni. Ma'rifat shaxsga dunyoni tanish, o'zlikni anglash imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jismu jahonida ibratli sifatlarni o'stirishning eng qulay usullarini joriy qiladi. U insonni hayotiy yuksakliklarga yetaklaydi. Shu bois muhtaram yurtboshimiz “Taraqqiyot taqdirini ma'rifatli odam xal qiladi”, deganlarida tamomila xaqdir. Сhunki ma'rifatli inson o'zining xalq, jamiyat va vatan oldidagi burchini chuqur anglaydi. Uning ma'naviyati sog'lom bo'ladi. Mafkuraviy immuniteti kuchayadi, turli tahdidlardan o'zini himoya qiladi.
Mafkurasiz jamiyat bo'lmaganidek, mafkurasiz tuzum ham bo'lmaydi. Mafkura o'z mohiyati, maqsadi, harakat yo'nalishlari bilan jamiyatning bosh g'oyasiga xizmat qiladi. U ma'naviyatning tarkibiy qismi, ma'naviyat bag'rida shakllanadi, madaniy meros, qadriyatlar zaminida faoliyat ko'rsatadi. Ma'naviyatning barkamolligi, hayotbaxsh qudrati mafkuraning samaradorligiga ta'sir etadi. Bejiz emaski, Mustaqillik Vatan tarixida yangi davrni boshlab berdi. Yangi davr o'z mafkurasini yaratishni kun tartibiga qo'ydi. “Oldimizda turgan eng muhim masala, degan edi I.A.Karimov, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir”.
Milliy mafkura xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehroqibat, insof, sabrtoqat, adolat, ma'rifat tuyg'ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga, bu “Mafkura xalqimizda o'zining qudrati va himoyasiga suyangan holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli o'laroq munosib o'rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog'i kerak” (I.A.Karimov, Istiqlol va ma'naviyat. T.: “O'zbekiston, 1994 y., 82-bet”). Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy g'oya va mafkuraning uzoq masalalari, dasturiy vazifasi o'z ifodasini topdi.
Mafkura dunyoqarashning asosini tashkil etadi, jamiyat va xalqning taraqqiyot yo'lini belgilab beradi, jamiyat va millat rivojlanishidagi yetakchi g'oyalarni ilgari suradi. Shu g'oyalar asosida insonlar faoliyati, orzuintilishlari, istiqbol yo'liga ma'lum yo'nalish bag'ishlaydi. Mafkura davlat, siyosat yoki ijtimoiy guruhlar manfaatlariga xizmat qiluvchi qarashlar, g'oyalar tizimi sifatida namoyon bo'ladi. U davlat, jamiyat yoki partiyalarning ijtimoiy barqarorligini, yashovchanligini g'oyaviy jihatdan ta'minlashga ham xizmat qiladi. Shu o'rinda mafkura o'zi mansub jamiyat, millat, yoki ijtimoiy guruhni saqlash, uning xarakat dasturiga g'oyaviy yo'nalish berishga qaratilgan targ'ibotlar majmuiga o'xshab ketadi. Binobarin, jamiyat, millat yoki bironbir guruhga tegishli, asosiy ijtimoiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar ham mafkura orqali hosil qilinishi mumkin.
Mafkura har bir davrning yetakchi g'oyalarini o'z maqsad yo'nalishi bilgani va shunga intilgani uchun ham u haqda fikr bildirish, uni ma'naviyatning ishonch tuguni tarzida tushunish bor gap. Shunga ko'ra mafkura ham ma'naviyat kabi turli talqinlarga ega. Ularning ayrimlarini quyidagicha sanash mumkin:
Mafkura - dunyoqarashning asosi, jamiyat va xalqning tutajak yo'lini uzviy tarzda belgilab beruvchi g'oyalar tizimi; Muayyan ijtimoiy qatlam manfaatlariga qa-ratilgan falsafiy, huquqiy, siyosiy, axloqiy, diniy, estetik qarashlar tizimi; Tasavvurlar, tushunchalar, g'oyalar majmuasi bilan uyg'un birlikdagi tartibotga xos bo'lgan ma'lum bir maslak, ta'limot, dunyoqarashdir; Dunyo va hayot falsafasiga da'vogarlik qi-luvchi g'oyalar tizimi; Tizim holiga keltirilgan g'oyalar; Doktrinani tashkil qiluvchi g'oyalar va fikrlar majmuasi; Butun xalqni yagona maqsad sari birlashtiruvchi g'oyalar tizimi.
Bu kabi tasdiqlar mantiqan mafkura haqidagi umumiy tushunchalarni boyitishini nazarda tutishimiz o'zo'zidan ravshan. Ayni paytda mafkura har bir davrning dasturiy xarakterdagi g'oyalarini amaliyotga aylantirish, ijtimoiy hayotning bosh yo'nalishini oydinlashtirish, nazarda tutilgan maqsadlarni amalga oshirilishini tezlashtirish, ma'naviy mafkuraviy muhitning barqarorligini ta'minlashda muhim ijtimoiy omildir.
Milliy mafkura esa o'z mohiyatiga ko'ra xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga monand kelganligi, unda xalqning o'z orzuumidlari, armonlari, baxtusaodati hamda kelajagini maqsad qilib olganligi uchun ham ongimizga keng singishi tabiiy. Jamiyatimizdagi barcha kuchlar iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma'naviy jihatdan buyuk davlat qurishga safarbar etilgan. Bu o'z navbatida, ijtimoiy hayotimizning bosh g'oyasi sifatida mafkuraning o'zagini tashkil etadi. Shu maqsadda milliy istiqlol mafkurasini yaratishning dastlabki vazifasi xalqimiz va jamiyatimizni eski dunyoqarashlardan halos qilish, poklanish, tafakkurni yangilash bo'ldi. Bu o'rinda biz istibdod va eski mafkura tufayli vujudimizga singib ketgan mutelik, loqaydlik, boqimandalik, sustkashlik, mas'uliyatdan qochish kabi qarashlar asoratidan qutulishimiz darkor. Bu asoratlar osonlikcha bartaraf etilmaydi. Avvalo, jamiyatning iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy huquqiy hayotida yuz berayotgan ijobiy o'zgarishlar ijtimoiy hayotni harakatlantiruvchi, uni taraqqiy ettiruvchi asosiy omil inson tafakkuri, ruhiyati, his tuyg'ulariga samarali ta'sir etadi. Shu bilan bog'liq ravishda Vatan va xalq tarixi, ma'naviy madaniy merosi, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy qadriyatlar, urfodatlarni yangi davrning mohiyat mazmunidan kelib chiqib tiklash, boyitish inson ongi, shuuri, e'tiqodi va milliy g'urur iftixorining yuksalishida juda ulkan rol o'ynaydi. Sababki, milliy mafkuraning moddiylashuv kuchi uning hallollik, adolat, insof, diyonat, axloqiy fazilatlar va qadriyatlarga nechog'lik tayanishiga bog'liq. Xalqimizning tarixiy ma'naviy merosida vatandoshlarimizning qadim qadimdan vatanparvarlik, insoniylik, mehnatsevarlik, jumardlik, nazokat, adolat, poklik, rostgo'ylik, ahloq odob haqidagi ta'limotlarini yanada chuqur o'rganish mafkuramizning ahloqiy mezonlarini belgilash va amaliyotga yo'naltirishda muhim tayanch manbaidir. Agar biz ana shu manbadan omilkorlik bilan foydalansak, yangi mafkuramiz har bir mo'min musulmon qalbidan chuqur joy olib, o'z taqdirlarini Vatan taqdiri bilan uyg'unlashtirish imkoniyatlari kuchayadi.
Milliy mafkuraning asosiy maqsadlari, avvalo kelajagi buyuk davlatni barpo etish hamda yangi jamiyat haqida tasavvur hosil qilish, odamlarda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichmabosqich o'tishning zarurati, yangi ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarni inson manfaatlariga tamomila muvofiqligi, zaruriyligi, milliy uyg'onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr ehtiyoji ekanligi kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to'g'risidagi g'oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirishdir.
Mafkura Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning besh tamoyili, iqtisodiy mustaqillik erishish, siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mulkchilik va mulk egasining qaror topishi, Vatan va mustaqillik, jamiyat va millat munosabatlarining yaxlitligi, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarning o'sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjixatlikka xizmat qiluvchi g'oyalarga tayanadi.
Mafkuramizning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg'ulari, orzu intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. Shuningdek barpo etilajak yangi jamiyat va unga borishning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma'naviy ma'rifiy yo'lyuriqlari xalqimiz ijtimoiy ongida dunyoqarash tarzida aks etishi bilan mafkura o'zining olijanob safarbarlik funktsiyasini samarali bajarish imkoniga ega bo'ladi.
Albatta, yangicha mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol yo'lidan qadimiy milliy qadriyatlar, madaniy merosdan ayricha bo'lmaydi. Bu hol mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, insonparvar huquqiy demokratik davlat yaratish yo'lidagi yangiliklar, zamonaviy o'lkan qurilishlar, yurtimiz xalqaro nufuz va aloqalarining o'sib borishi, ma'naviy ma'rifiy sohada yuz berayotgan yangilanishlar, umuman, davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma'naviy hayotidagi ijobiy o'zgarishlar to'g'risida xalqimizda tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko'rsatadi.
Odamlarda mafkuraviy dunyoqarashni o'stirishda “Milliy g'oya va mafkura” targ'ibot markazi, uning hududiy bo'limlari, ijodiy ilmiy tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, siyosiy partiya va harakatlar, jamg'armalarning roli katta. Bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalari tashabbuskorlik ko'rsatmoqda. Mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirishda uning xalqimiz hoxish irodasi, milliy manfaatlariga muvofiqligi, har bir kishida Vatan va millat tuyg'usini o'stirishda yo'naltirilganligi, har bir fuqaroning amaliy faoliyati, turmush tarzi, tabiatidan kelib chiqishi, faoliyatning samarali bo'lishida muhim rol o'ynaydi. Mafkuraning mazmun maqsadi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhiga tamomila muvofiqligi uning faoliyat ko'lamida katta ta'sirchan ahamiyatga ega bo'ladi.
Milliy mafkuraning birinchi navbatdagi vazifasi odamlar ruhiyatida, tafakkurida, poklanish, yangilanish uchun ta'sir omillari va shartsharoitlar yaratish bilan birga O'zbekiston Konstitutsiyada mujassam topgan maqsad va g'oyalarni amalga oshirish yo'lida xizmat qilishdir.
Birinchidan, o'zining kelajagini ko'rmoqchi va qurmoqchi bo'lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o'z milliy g'oyasiga suyanishi va tayanishi zarurligi bilan bog'liq;
Ikkinchidan, milliy g'oya O'zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi sifatida shuning uchun ham zarurki, odamlar ongini, tafakkurini o'zgartirmasdan turib, ko'zlangan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni, erkin va farovon hayotni barpo etib bo'lmaydi. Buning uchun esa, odamlar muayyan g'oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon o'zo'zidan harakatga kelmaydi, albatta. Negaki, keng xalq ommasini biron bir g'oyaning ilg'or va insonparvar ekaniga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g'oyaning to'g'ri, hayotiy va ilg'or ekanligiga ishontirish zarur. Ishontirmoq uchun uning ilmiy va hayotiyligiga alohida e'tibor qaritish bilan birga milliy g'oyaning o'zi mamlakatimiz xalqining asosiy maqsad va muddaolari hamda manfaatlarini ifodalashi kerak.
Uchinchidan, milliy g'oyaning zarurligi millatning o'zligini to'la anglash jarayoni bilan bog'liq. Negaki, millat o'zligini to'la anglamas ekan, biron-bir buyuk o'zgarishlar qilib bo'lmaydi. Milliy o'z-o'zini anglash u yoki bu millatni o'zga millatlardan ajralib ketishiga emas, balki o'zligini anglagan millatlarning ma'rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. Ana shunday o'ta murakkab vaziyatda milliy o'zlikni anglashda milliy g'oyaga asosiy tayanch kuch, ilmiy-nazariy va amaliy dastur sifatida har bir insonning ruhi, kayfiyati, xissiy kechinmalariga kirib borish orqali uning qalbi hamda ongiga ta'sir ko'rsatadi. Bu milliy g'oyaning xalq hayotiga yaqin, unga bevosita daxldor ekanligini ta'kidlash lozimdir.
Demak, O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g'oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning stragetik maqsadlari bilan dialektik bog'lanishi uning yashash shartidir.
To'rtinchidan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda milliy g'oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan ya'ni bugun bizining tarixiy o'zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o'tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. Bu davrning o'ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan I.A.Karimov shunday xulosaga keladi: “Tabiiyki milliy g'oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlariki, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o'z ichiga oladi”.
Beshinchidan, g'oyalar jamiyatdagi turli insonlar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, xalqlar, millatlar maqsadi, orzu intilishlari, hayotni idrok etish ko'nikma va malakalari, xulq-atvor ko'rinishlari, qadriyatlari manfaati bilan uzviy bog'liq bo'ladi. U yoki bu g'oya qaysi manfaatni qanday tamoyillarga asoslangan holda ifoda etishiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shunga qarab uning maqsadiga va qanday g'oya ekanligiga baho beriladi;
Oltinchidan, g'oyalar o'z oldiga qo'ygan maqsadining ko'lami bilan ham bir-biridan farqlanadi. U mutlaqolikka, yagona to'g'ri ekanligiga da'vo qilishi mumkin. Shunday ijtimoiy g'oyalar borki, u o'z maqsadlarini butun insoniyatga, bashariyatga daxldorlikni uning ongiga, ishonch va e'tiqodiga aylantirishni da'vo qiladi. O'ziga mos jamiyat rivojlanish modelini qurishni, dunyo xalqlarini “yagona andoza” shakliga olib kirishni maqsad qilib qo'yadi. O'z maqsadlarini boshqa xalqlarning milliy xususiyatlarini hisobga olmasdan, qanday yo'l bilan bo'lmasin unga “sindirishga” urunadi. Demak, undan ogoh bo'lish uchun ham, o'z xalqi, mamlakatining tarixini, milliy-madaniy meroslarini, qadriyatlarini toptatmaslik, o'ziga xoslikni yo'qotmaslik uchun ham milliy g'oyani o'rganish, bilish kerak bo'ladi;
Milliy g'oya va mafkura yangicha dunyoqarashni shakllantirishda tadbirkorlik va shaxsiy tashabbuskorligi o'sib borishi natijasida shakllanayotgan yangi ijtimoiy kuchning jamiyatimiz taraqqiyotida alohida yetakchilik, uyushtiruvchanlik rolini anglagan holda ularning faoliyati, maqsad va intilishlariga yo'nalish berishi lozim bo'ladi. Shu kabi mafkura jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari, bu manfaatlarning mushtarakligi va ma'naviy ma'rifiy, ijtimoiy huquqiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Milliy g'oya va mafkura mazmun e'tibori, maqsad va harakat yo'llariga ko'ra dunyoviy me'yorlar darajasiga ko'tarilishi, o'zida dunyoviylik mohiyatini ko'proq namoyon eta bilishi muhim ahamiyatga ega. Shundagina u millatimizning mentalitetini ko'rsata biladi.
Milliy g'oya va mafkura shaxsning erkinligi, siyosiy va huquqiy imtiyozlarini qo'llab quvvatlashi, shaxsning faol nuqtai nazarini shakllantirishi, rivojlantirishi, qadriyatlar va me'yorlarning boyitilishi, yangilanishi kishilarda yangicha munosabatlarning qaror topishi uchun kurash olib boradi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad milliy istiqlol ruhida fikrlovchi faoliyatida shunga amal qiluvchi kishilarni voyaga yetkazishdir.
Ma'naviyatning eng oliy nuqtasi, milliy g'oya va mafkuraning bosh vazifasi yagona ona Vatanga, mehr muhabbat, unga farzandlik sadoqati, jon qadar payvandlik tuyg'usidir.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki ma'naviyat, ma'rifat, mafkura va milliy g'oya yurt ravnaqi uchun xizmat qiluvchi o'zaro bog'liq tushunchalardir.
Ularni o'zaro bog'liqlikda o'rganish, bir birini to'ldiradi.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirishda ularni sifatli tashkil etishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Tayanch so'z va iboralar


Inson manfaati, milliy o'zlik, ruhiy va axloqiy poklik, erkva e'tiqod, turmush tarzi, inson shaxsi, shaytoniy ruhiyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, fozillik salohiyati, Vatan tuyg'usi, to'pori jamoa, milliy marosim, ma'rifat, mafkura.

Mavzuni mustahkamlashga doir savollar


1. Ma'naviyat va inson manfaati nima?
2. Milliy merosdan to'g'ri foydalanish yo'llari.
3. Yoshlar bilan ishlashning ahvoli.
4. “Ta'lim to'g'risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi va unda ma'naviy tarbiya masalasi.
5. Huquqiy tarbiyaning mazmuni.
6. Ilmiy qarashlar va fan.
7. Ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning asosiy yo'nalishlari.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling