O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti milliy g‘oya va huquq ta’limi kafedrasi «MA’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi»


Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti


Download 1.86 Mb.
bet36/40
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678871
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutilgan:
- zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi;

  • amaliy mashg‘ulotlarda aqliy xujum, guruhli fikrlash, “ish o‘yini” va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi;

  • amaliy mashg‘ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.

  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.

  • Ushbu talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i hamda shu buyruqqa asosan ishlab chiqilgan, Namangan davlat universitetining 2018 yil 10-oktyabrdagi 3-sonli Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha YO‘RIQNOMA asosida ishlab chiqildi.

  • Fan o‘qituvchisi tomonidan birinchi mashg‘ulotda Yo‘riqnoma talablari hamda nazorat turlari, soni, shakli va talabalar bilimini baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.

  • Nazorat turlari:

  • Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

  • Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida hamda mashg‘ulotlardan keyin o‘tkaziladi.

  • Talabalar mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ishchi fan dasturida belgilangan mavzularning kamida 50 foizini o’zlashtirishlari va baholanishlari shart. Talabalarning mashg‘ulotlarda olgan baholari barchasi qo‘shiladi va olinishi shart bo‘lgan baholar soniga bo‘lgan holda o‘rtacha baho keltirib chiqariladi.

  • Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar mustaqil ta’limiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda talaba belgilangan TBBM asosida baholab boriladi.


  • Download 1.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling