O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti milliy g‘oya va huquq ta’limi kafedrasi «MA’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi»


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Q a r o r i


Download 1.86 Mb.
bet7/40
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Q a r o r i
Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatсhilik markazi huzuridagi “oltin meros” xalqaro xayriya jamg'armasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risidagi Farmoniga binoan xalqimiz merosining noyob namunalarini to'plash, avaylab asrash, targ'ib etish, xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizda mustaqillik, vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, milliy an'analarimiz va urf-odatlarimiz davomiyligini, ravnaqini, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashib borishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg'armasi tuzilgani, uning Ustavi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgani e'tiborga olinsin.
2. “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg'armasi tugatilgan Madaniyat jamg'armasi, “Iste'dod” jamg'armasi, “Ijodkorlar” jamg'armasi, Milliy va ijtimoiy barqarorlik jamg'armasi hamda “Yodgorlik” jamiyatining barcha mol-mulki va mablag'larining huquqiy vorisi bo'lishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Jamg'armaning asosiy maqsadi va vazifalari:
buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma'rifiy merosini ko'z qorachig'iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo'shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ'ib etib, kishilarimiz, ayniqsa yoshlarimiz ongiga milliy g'urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g'oyalariga sadoqat tuyg'ularini singdirish;
o'tmish madaniyatimizga oid qadimiy qo'lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi, amaliy san'ati namunalari va tarixiy-madaniy qimmatga molik boshqa yodgorliklarni mamlakatimizda, xorijda izlab topish va o'rganish, ulardan ulkan merosimizning uzviy qismi sifatida foydalanish;
respublikamizdagi va chet ellardagi madaniy-ma'rifiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida turli tanlov, auktsion, festivallar uyushtirish, ijodiy-ilmiy delegatsiyalar almashish;
iste'dodli yoshlarni tanlab, ularning ijodiy kamolotiga moddiy va ma'naviy homiylik qilish;
o'z va davlat dasturini bajarish uchun mablag'larning muayyan qismini mamlakatimizdagi va xorijdagi faoliyat hisobidan, shu jumladan, qo'shma korxonalar ochish yo'li bilan jamg'arishdan va Ustavda belgilangan boshqa xayrli ishlardan iborat ekanligi inobatga olinsin.
4. Jamg'arma ta'sischilari va homiylarining (ro'yxat ilova qilinadi) hamda madaniy-ilmiy jamoatchilikning mazkur jamg'armani moddiy-ma'naviy jihatlardan keng qo'llab-quvvatlash haqidagi takliflari ma'qullansin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg'armasi bo'limlarini tashkil etish, ularni bino va moddiy-texnika ashyolari bilan ta'minlash masalalarini bir oy muddat ichida hal qilsinlar.
6. Toshkent shahar hokimligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash qo'mitasi Toshkent shahar Shodlik ko'chasidagi 6-uyni hovlisi va hovlidagi barcha qurilishlari bilan birga belgilangan tartibda “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg'armasiga haq olmasdan mulk qilib bersinlar.
Jamg'arma joylashgan binoni milliy uslubda ta'mirlash va zamonaviy jihozlash ishlarini 3 oy muddat ichida tugallash O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat banki (R.S.Azimov)ga yuklansin.
7. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.Hamidov) Jamg'armaga Vazirlar Mahkamasining zaxirasidan 10 mln. so'm miqdorida mablag' ajratsin.
Jamg'arma dasturiga binoan chet ellardan milliy boyliklarimizni sotib olish uchun, xorijiy mamlakatlarga ekspeditsiyalar uyushtirish hamda o'zining asosiy faoliyati doirasidagi buyurtmalari bo'yicha norezidentlar bilan hisob-kitob qilish uchun mo'ljallangan milliy so'mni erkin muomaladagi viloyatlarga ayirboshlash hal etilsin.
8. Belgilab qo'yilsinki, Jamg'arma, uning bo'limlari va unga qarashli korxonalar Ustavida ko'rsatilgan maqsadlar va vazifalarga qat'iy mos keladigan faoliyat yo'nalishlari bo'yicha:
ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy faoliyat va tijorat bilan shug'ullanishga haqlidirlar;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Farmoniga binoan barcha turdagi soliqlardan besh yil muddatga ozod qilingan.
9. Jamg'arma raisi moddiy-maishiy, transport va tibbiy ta'minot sharoitlariga ko'ra tegishli ravishda Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik rahbarining birinchi o'rinbosariga tenglashtirilsin.
10. Ommaviy axborot vositalariga “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg'armasi faoliyatini keng yoritish, doimiy maxsus ruknlar ochish tavsiya etilsin.
11. O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1965 yil 1 apreldagi 188-son, 1987 yil 11 dekabrdagi 501-son, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi 12-son va 1993 yil 19 maydagi 238-son qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o'rinbosari S.Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
Toshkent sh., 1996 yil 27 sentyabr' № 388



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling