O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-tеxnolgiya instituti qo’lyozma huquqida


I Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sanoat korxonalari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/43
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#194391
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida sanoat korxonalarini barqarorligini tamillash yonalishlari

I Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sanoat korxonalari 

barqarorligini oshirishning nazariy va uslubiy asoslari 

1.1.    Iqtisodiy  barqarorlik  tuShunchasi,  mohiyati  va  iqtisodiyot  

barqarorligini ta’minlash  shartlari 

Dunyo  mamlakatlari  iqtisodiy  rivojlanishning  qaysi  modelini  tanlamasin 

mamlakat  iqtisodiyotining  jahon  xo‘jaligidagi  mavqei  va  o‘rni  uning  barqarorlik 

darajasi  bilan  belgilanadi.  Xalqaro  iqtisodiy  raqobat  texnik  taraqqiyotning  eng 

muhim  omili  hisoblanadi  va  uning  ta’sirida  ishlab  chiqarish,  boshqaruv 

texnologiyalarining  doimiy  yangilanib  borish  jarayoni  davom  etadi,  ishlab 

chiqarilayotgan mahsulot turlari yangilanadi va sifati ortib boradi.  

Barqarorlik  deganda  odatda  tovar  ishlab  chiqaruvchilarning  minimal 

rentabellikni  ta’minlovchi  narxda  tashqi  bozorda  sotish  uchun  ishlab  chiqarishga 

bo‘lgan  qobiliyati  tuShuniladi.  Ta’kidlash  lozimki,  barqarorlik  tovarlar  bozori 

bilan cheklanib qolmay, makroiqtisodiy tavsifga ega hisoblanadi. 

Shveysariyaning  Lozanna  shahrida  joylashgan  Menejmentni  rivojlantirish 

xalqaro  instituti  har  yili  dunyoning  etakchi  47  mamlakatiga  barqarorlik  nuqtai 

nazaridan  baho  beradi.  Tahlillar  287  mezon  bo‘yicha  guruhlangan  8  ta  omil 

bo‘yicha amalga oshiriladi: milliy iqtisodiyot tavsifi – YaIM hajmi, investitsiyalar 

va  jamg‘armalar  hajmi,  pirovard  iste’mol  darajasi,  aholi  turmush  darajasi, 

iqtisodiyotning 

amal 


qilish 

samaradorligi 

darajasi; 

iqtisodiyotning 

baynalmilallashuv  darajasi;  siyosiy  tizimning  barqarorligi;  moliya  tizimi; 

infratuzilma;  boshqaruvning  samaradorligi;  fan  va  texnologiyalarning  rivojlanish 

darajasi; mehnat resurslarining tavsifi. 

Mamlakatlar  barqarorligini  tahlil  etuvchi  xalqaro  tadqiqotlardan  biri  –  bu 

Jahon  iqtisodiy  forumining  metodikasi  hisoblanadi.  Tadqiqot  jarayonida 

mamlakatning  iqtisodiy  o‘sishini  baholashda  o‘rta  va  uzoq  muddatli  rivojlanish 

dinamikasini  tavsiflovchi  muhim  makro  va  mikroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  asosida 

barqarorlikning  agregat  indekslari  hisoblanadi.  Ushbu  metodika  30  yildan  buyon 

qo‘llaniladi  va  uning  natijalari  Jahon  iqtisodiy  forumining  Global  barqarorlik 



 

to‘g‘risidagi ma’ruzasida chop etiladi.   



Mamlakatning  barqarorligini  baholash  ko‘p  sonli  ma’lumotlarni  yig‘ish, 

guruhlash,  umumlashtirish  asosida  barqarorlik  ko‘rsatkichlarini  asosiy  omillar 

bo‘yicha  hisoblashni  ko‘zda  tutadi.  Keyin  barcha  omillarning  barqarorlik 

ko‘rsatkichiga  qo‘shgan  hissasini  aks  ettiruvchi  agregat  indeks  va  subindekslar 

hisoblanadi.   Zamonaviy  milliy  iqtisodiyotni  barqarorligini  aniqlash  metodikasida 

12 ta asosiy omil ajratiladi (1-chizma). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling