Rivojlanishning har bir bosqichida asosiy uch guruh ko‘rsatkichlarining
ulushi, foiz hisobida
3
Subindekslar
Resurslarga
yo‘naltirilgan
bosqich
Samaradorlikka
yo‘naltirilgan
bosqich
Innovatsiyaga
yo‘naltirilgan
bosqich
Bazaviy talablar
60
40
20
Samaradorlik
ko‘rsatkichlari
35
50
50
Innovatsion salohiyat va
rivojlanish omillari
5
10
30
Bunda har bir subindeksning aniq mamlakat uchun hisoblangan natijaviy
Global barqarorlik indeksiga qo‘shgan hissasidan kelib chiqib, ushbu
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash
mumkin bo‘ladi. Ushbu yondashuv iqtisodiy rivojlanish jihatdan turli darajadagi
mamlakatlarning barqarorligini taqqoslash imkonini beradi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’siri
mamlakatlarning barqarorlik ko‘rsatkichlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Jumladan, global raqoatbardoshlik indeksida birinchi o‘nlikka kiruvchi
mamlakatlardan AQSH, Daniya, Kanada va Niderlandiya kabilar 2008–2009
yildagi ro‘yhatdan pastga tushishgan (2-jadval).
Jahon bozorlaridagi beqarorlik sharoitida mamlakatni barqaror rivojlantirish
vazifasini hal etishda iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash masalasi ustuvor
ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki iqtisodiyotning barqarorligi turli shakllarda va darajalarda
namoyon bo‘ladi.
3
Манба: The Global Competitiveness Report 2009-2010World Economic Forum. Geneva, Switzerland 2009. P. 8.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |