O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti 405-guruh talabasi Ataboyeva Salomatning deviantologiya Fanidan Suitsidal xulq motivlari mavzusida


Download 20.36 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi20.36 Kb.
#1713169
Bog'liq
Ataboyeva Salomat



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT

PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Pedagogika va psixologiya fakulteti
405-guruh talabasi
Ataboyeva Salomatning

deviantologiya Fanidan


Suitsidal xulq motivlari mavzusida
KEYS-STADI

KEYS-STADI
Suitsidal axloqni tushuntiruvchi asosiy kontseptsiyalarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: sotsiologik, psi-xopatologik va ijtimoiy-psixologik. Sotsiologik yondoshuv doirasida suitsidal axloq va ijtimoiy sharoitlar o’rtasidagi aloqa deklaratsiyalanadi. Bunga o’xshash qarashlar asosida E.Dyurkgeymning "anomiya" -jamiyatning qadriyatli-me’yoriy tazimidagi buzilish haqidaga ta’lim yotadi. Dyurkgeym ta’kidlaydiki, jamiyatda o’z joniga qasd qilshp miqdori dunyo (qadriyatlar, axloqiy me’yorlar) ni individual ko’rishni belgilovchi ijtimoiy hayotning alohida faktlari kabi "jamoaviy tasavvurlar" aniqlaydi. Masalan, jamoaviy aloqa, jamshtning jipslashganligi bu ma’noda o’z joniga qasd qilishni to’xtatadi. Qachonki jamiyatning jipsligi zaiflashsa, shaxs ijtimoiy hayotdan chekinadi va umumiy farovonlikka o’zining shaxsiy maqsadlarini qo’yishga intiladi, bu esa hayotdan ketish qaroriga sabab bo’lishi mumkin.
Oilaviy ta’sir muhim bo’lib qoladi. Oila tarixida o’z joniga qasd qilishning mavjudligi szchyadid yuzaga kelishining xavfini oshiradi. Bundan tashqari, ota-onalarning shaxsiy xususiyatlari, masalan, ruhiy azoblanganlik suitsidal dinamika omili bo’lib chiqishi mumkin.
Boshqa, psixopatologik yondoshuv suitsidni o’tkir yoki surunkali psixik buzilish sifatida ko’rib chiqadi. O’z joniga hasd qiljpni alohida nozolog’ik birlik — suitsidomag’g’^ga ajratashga urinish bo’ldi, biroq muvaffaqiyatli chiqmadi. Suitsidal axloqqa birmuncha o’xshash nuqtai nazarni chegaradagi holat kabi qarash ifodalaydi. A.E.Lichko yozadi: "O’smirlarda suitsidal axloq - bu asosan cheklangan chegara yonidagi psixiatriya muammosi, ya’ni xarakter aktsentuatsiyasi fonida reaktiv psixopatik va nopsixotik holatlarni o’rganish sohasidir". Muallifning kuzatishi bo’yicha faqat 5 foizgina suitsid va urinish psixozga tushadi, ayni vaqtda psixopatayaga 20-30 foizi kiradi, qoltanlari esa o’smir krizisidir.
Umuman olganda, statistik jihatdan suitsidal axloq va aniq psixik buzilish o’rtasidagi etarlicha aloqa aniqlanmagan. SHu bilan birga, ba’zi bir patologik holat va buzilishlar, masalan, o’tkir psixotsh holatlar va ruhiy azoblanish holati uchun suitsidal xarf yuqori. Ruhiy azoblanish holati suitsid bilan aloqada birmuncha tez yodga olinadi, bu esa uni izchil ko’rib chiqish zaruriyatini belgilaydi.
Tashhisiy ma’noda "ruqiy azoblanish holati" atamasi turlicha etiologiya va klinik ko’rinishlar bilan nozologik birlikning keng spektrida ishtirok etuvchi affektiv buzilishni biddiradi. Ruhiy azoblanish holati sub’ektiv jihatdan tushkun kayfiyat, ruhiy ezilgan, umidsizlik, zaiflik, aybdorlik sifatida boshdan kechiriladi.
Somatikka qo’shimcha ravishda quyvdagi psshologik belgilar aytiladi: o’z-o’zini past baholash; o’z-o’zini sababsiz muhokama kilshp tuyg’usi; aybdorlikning haddan tashkari va noteng tuyg’usi; o’lim haqida takrorlanuvchi xayollar, suitsidal axloq; qatiyatsizlik. Odamga jiddiy xavotir keltiradigan boshqa tez-tez uchraydigan simptom ba’zida shunchalik aniq ko’rinib, hatto organik dementsiya kabi qabul qilish mumkin bo’lgan yaqqollikning yoki tafakkur samaradorligining buzilishi hisoblaiadi. Ruhiy azoblanish holati, shunday qilib, sub’ektiv yomon kayfiyatdan tashqari, aniq ko’rinib turgan somatik ko’rinish, o’z-o’zini past baholash, tafakkurning buzilishiga ega.
Suitsidal axloqning psixik buzilish (ayniqsa, affektiv buzilishlar) bilan aloqasiga birday bo’lmasa-da, o’rin bo’lishiga qaramay, hozirgi vaqtda ko’pchilik mualliflar suitsidal harakatni psixik kasalligi bo’lgan odamlar bilan bir tsatorda soglom shaxslar ham sodir etshilari mumkin. Birinchi holatda gap ko’pincha tibbiy aralashuvchi talab qiluvchi patologiyaning ko’rinishlari haqida borishi lozim. Ikkinchi holatda esa butunlay sog’lom odamning psixik jarohat etkazuvchi vaziyatga javoban tezda ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatishni taqozo qiluvchi og’ishgan axloqi haqida so’zlash mumkin.Ijtimoiy-psixologik kontseptsiyalar suitsidal axloqni ijtimoiy-psixologik yoki individual omillar bilan tushuntiradi. Dastavval, o’z joniga qasd qilish hayot mazmunining yo’tsolishi bilan bog’lanadi. V.Franklning ko’rsatishicha, bu bilan bog’liq ekzistentsial xavotir umidsizlik, bo’shliq va ma’nosizlik tuyg’usi, aybdorlik va muhokamalardan qo’rqish oldidan dahshat kabi boshdan kechiriladi .
A.G.Ambr}'mova va boshqa qator tadqiqotchilar suitsidal axloqni shaxsning mikroijtimoiy nizolar sharoitida ijtgshoiy-psixologik moslatmaganligi oktsbati sifatida baholaydilar . Ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik organizm va muhitning nomuvofiqligi kabi turli daraja va turli shaklda namoyon bo’lishi mumkin. Muallif limitatsshtangan (nopatologik) va transformatsiyalangan (patologik) moslashmaganlpkni farqlaydi. Bu shakllarning har biri partsial (qisman) va total (butunumum) bo’lishi mumkin. Ekstremal vaziyat sharoitlarida shaxs o’zining moslashuvchan taktikasini birday qaytadaya tuzadi. Individlardan birmuncha mahkamlari plastiklik va zahira hisobiga moslashuvning avvalga umumiy darajasini saqlab qoladi. Odamlarning boshqa guruxi darajaning vaqtinchalik pasayishi bilan xarakterlanadi, biroq bunda moslashuvning asosiy yo’nalishi sinmaydi. Bu holatda moslashmaganlik miqdoriy xarakterni oladi, u limitatsiyalangan va moslashuv jarayonining sifatli muqarrarlik chegarasidan chiqmaydi, yani moslashmaganlik kasallikka olib kelmaydi, moslashuvning patologik shaklini tug’dirmaydi. Qachonki ekstremal yuklama individual muammolar (masalan, nevroz) bilan uyg’unlashgan hollardagina buzilish ehtimoli ahamiyatli tarzda o’sadi. Bunday holatda ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik o’z ortidan moslashuvchi jarayonning sifatli transformatsiyasi, moslashuvning patologik shakli namoyon bo’lishini ergashtirib keladi. Bu variant A.G.Ambrumovaning fikricha, moslashish jarayonining jadalligi va plastikligini umumiy pasayishida qadriyatli-orientatsion va kommunikativ faoliyatni birmuncha ko’tarilishga mubtalo qilgan chegarali buzilishlar uchun xarakterlidir. Psixotik buzilish o’zida patologik reaktsiya qilshshshng yangi sifat darajasiga o’tish bilan global moslashmaganlikni aks ettiradi.
Suitsid – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘z joniga qasd qilish, ongli ravishda o‘zini hayotdan mahrum qilish ma’nosini bildiradi. Suitsidal xulq-atvor - suitsiddan kengroq tushuncha bo‘lib, o‘zida suitsidal xatti-xarakat, o‘z joniga qasd qilish xodisalarini qamrab oladi. Adabiyotlarda ko‘pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, “autatravmatizm” (o‘ziga jarohat yetkazish), “autoagressiv xatti-harakat” terminlari uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o‘z joniga qasd qilish bo‘lsa, uni suitsidal xatti – xarakatlarga bog‘lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda “autodestruktiv” (o‘ziga zarar yetkazish bilan bog‘liq xulq-atvor) “o‘zini- o‘zi yo‘q qilish” xulq-atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik – ruhiy – og‘riq, og‘ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko‘ngil og‘rig‘iga chiday olmaslik, uni har qanday yo‘l bilan to‘xtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsid o‘z muammolardan qutilish va hal etish usulidek ko‘rinadi.
G‘arb psixologiyasida sitsidal xulq-atvor muammolarini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shu o‘rinda E.Dyurkgeym, Z.Freyd, A.Adler, K.Menninger, G.K.Yung, G.K.Yung, G.S. Salliven, K.Rodjers, E.Shneydman, N.Farberou va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari samarali natijalarni bergan. Biz quyida ular tomonidan amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
E.Dyurkgeym suitsid holatlarini o‘rganib, uni keltirib chiqaruvchi omillarni ko‘rsatib berishga harakat qilgan. E.Dyurkgeymning o‘z joniga qasd qilishning ijtimoiy nazariyasiga muvofiq, suitsidal fikrlar avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarining uzilishi, o‘zi taalluqli bo‘lgan ijtimoiy guruxdan begonalashuvi oqibatida paydo bo‘ladi.
Uning qarashlariga muvofiq, suitsidning uchta asosiy ko‘rinishlari mavjud. Birinchi turi, ko‘pgina o‘z joniga suiqasd harakatlari egoizmni bildiradi va ko‘pgina holatlarda o‘zini – o‘zi yo‘q qilish individning o‘zini jamiyatdan, oilasi va do‘stlaridan begonalashgan va yakkalangan deb his qilishi bilan shartlangandir. Ikkinchi turi, anomik o‘z joniga suiqasd qilish bo‘lib, u shaxsning ijtimoiy gurux bilan o‘zaro aloqasini buzilishiga olib keladigan jamiyatdagi o‘zgarishlarga moslashishdagi muvaffaqiyatsizliklarni oqibatida yuz beradi. Ular ijtimoiy – iqtisodiy inqirozlar vaqtida ko‘payadi, biroq ijtimoiy yuksalishda ham saqlanib qoladi, chunki farovonlikning tezlik bilan o‘sishi oldingi hayotiy sharoitlardan farq qiluvchi yangilariga moslashishni keltirib chiqaradi. Muallif o‘z hayotiga suiqasdning oxirgi, uchinchi ko‘rinishini altruistik suitsid deb nomlagan. Suitsidning ushbu turida odamning jamiyatning yoki guruxning obro‘li shaxsi (avtoriteti) tomonidan uning egoidentligini bostirishi oqibatida u jamiyat foydasi, qandaydir ijtimoiy, diniy yoki falsafiy g‘oya uchun o‘zini qurbon qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Atoqli psixiatr Z.Freydning suitsid borasidagi tasavvurlari esa odamdagi mavjud ikkita asosiy mayl konsepsiyasiga asoslanadi: Eros – hayot instinkti va tanatos – o‘lim instinkti. Olimning fikricha, inson hayoti ular o‘rtasidagi jang maydoni hisoblanadi. Inson nafaqat yashashni, suyukli bo‘lishni va o‘zini davomini farzandlarida ko‘rishni istaydi – shunday davrlar yoki ruxiy holatlar bo‘ladiki, bunda o‘lim istalgan bo‘ladi. Yosh o‘tishi bilan Eros o‘lib boradi, Tanatos kuchli, qat’iyatli bo‘lib boradi va odamni o‘limga olib borib, o‘zini to‘liq ro‘yobga chiqaradi. Freydga muvofiq suitsid va o‘ldirish tanatosning buzg‘unchi ta’sirining namoyon bo‘lishidir, ya’ni agressiyaning.
A.Adler suitsid muammosini o‘rganib, odam bo‘lish, avvalo, o‘zining nomukammalligini his etishdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, hayot anglanmasligi mumkin bo‘lgan maqsadga intilishdan iborat, biroq u individning barcha harakatlarini yo‘naltiradi va yashash uslubini shakllantiradi. Nomukammallik hissi ilk bolalik davrida paydo bo‘ladi va turli yetishmovchiliklar bilan og‘irlashadigan jismoniy va psixologik zaiflikka asoslanadi. Inson uchun boshqa odamlar bilan umumiylikni his etish ekzistensial (hayotiy) muhimdir. Ekzistensiya – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “existre” – ajratib turish, paydo bo‘lish, mavjud bo‘lmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun inson butun hayoti davomida nomukammallikni yengish yoki o‘rnini to‘ldirish harakatida bo‘ladi. Ushbu harakat, qidirish odam xulq – atvorining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadigan va hayotni mazmunli qiladigan o‘zini-o‘zi namoyon qilish, hokimiyatga intilishda amalga oshadi.
Suitsidentlar xulq-atvori pedagogik, ijtimoiy-psixologik belgi va tuzilmasini aniqlash asosida shaxsning suitsidal xulq-atvori pedagogik-psixologik korreksiyasining qo‘llanilishi tanlangan maqsad, belgilangan vazifalarning amalga oshirilganligi izlanish farazini tasdiqladi. Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda quyidagi ilmiy xulosalar chiqarildi.
1. Suitsid muammosining uzoq yillar davomida yopiqligi ta’lim- tarbiya jarayoni shaxsga suitsidal faollik bilan bog‘liq inqirozli vaziyatlarda zarur pedagogik-psixologik yordamni ko‘rsata olmasliklariga sabab bo‘ldi.
2. Suitsidal urinishlar sodir etgan kishilarda shaxslilik va emotsional jabha buzilishlari kuzatiladi. Suitsident shaxsining motivatsion-ehtiyoj sohasini tahlil etish, sodir bo‘layotgan suitsid hodisalarini tushunishda zarur va muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
3. Suitsidal urinishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, oiladagi va shaxslararo munosabatlardagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy qadriyatlarni yetarlicha his qila olmaslik, o‘zini o‘zi nazorat qilish hamda baholashdagi noadekvatlik hisoblanib, ulardagi dolzarb ehtiyojlarning qondirilishiga to‘sqinlikning asosiy omillaridan biri hisoblanib, korreksion tadbirlarni amalga oshirishda kompleks yondashuvni talab etadi.
4. Kishilar suitsidal xulq-atvori psixokorreksiyasi, suitsidallik darajasi uning ruhiy holati bo‘yicha aniq, chuqur hamda tezkor diagnostikani amalga oshirishda, psixologik-pedagogik ta’sir doirasi, usul va vositalarini aniq tanlash yotadi. Ichki ishlar xodimlarda o‘z-o‘zini namoyon eta olish imkoniyatlarini topishga yordam berish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda ijtimoiy foydali faoliyatga yo‘naltirish, istiqbolli maqsadlarga intilish motivatsiyasini shakllantirish, korreksion tadbirlarni rejalashtirishning maqsad va vazifalarini belgilaydi.
Download 20.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling