Sport – jismoniy mashqlarning biror turida yuqori natijaga erishishga qaratilganligidir.
Turizm – harakat ko‘nikmalarini mustahkamlashga va tabiiy sharoitlarda jismoniy fazilatlarni rivojlanishiga imkon beradi.
Sur’at – harakat davri yoki harakat miqdorining vaqt birligida takrorlanish sonidir.
Ritm – mushak kuchlanishi va bo‘shashining navbatma-navbat almashinuvidir.
Badantarbiya – kishi organizmiga har tomonlama ta’sir etadigan maxsus tanlangan mashqlar tizimidir.
Ta’lim metodlari – o‘quv predmeti, aniq ta’limiy vazifalar, real vositalar va ta’lim shartlarining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq usullar tizimidan iboratdir.
Usul – metodning bir qismi, uni to‘ldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismdir.
Harakat malakasi – harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi.
Harakat ko‘nikmasi– bu harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o‘zini juda ishonchliligi bilan ajralib turadi
Testlar
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining asosiy tushunchalarini aniqlang:
A. Jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, harakat faoliyati, sport
B. Jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, madaniyat
S. Sport, jismoniy madaniyat, jismoniy harakatlar, estetika
D. Barcha variantlar to‘g‘ri
2. Jismoniy rivojlanish nima?
A. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
B. Kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayoni
S. Harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning meyoriy ko‘rsatkichi
D. Jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon
3. Harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning meyoriy ko‘rsatkichi nima deb yuritiladi?
A. Jismoniy tayyorlik
B. Jismoniy rivojlanish
S. Jismoniy ta’lim.
D. Jismoniy mashqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |