О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet45/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Zardushtiylar.
Miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi yarmida Markaziy Osiyo zardushtiylik dini keng tarkaldi. Bu dinning asoslari ibtidoiy jamoa sharoitida, odamlar tevarak atrofidagi tabiatni iloxiylashtirirgan bir davrda vujudga keldi. Zardushtiylar o‘shanda olov (quyosh) ga, yer,suv, oy, yulduzlarga siging‘anlar va ularni muqaddas deb bilganlar.
Zardushtiylar dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan bo‘lib, u Sharqning birinchi faylasufi, iotigi, shoiri, donishmandi, xalq dohiysi hisoblanadi (eramizdan oldingi 589-512 yillar).
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, uning ilk sahifalari Zardusht tomonidan 548-519 yillar orasida Amudaryo sohillarida yaratilgan. Keyinchalik Eronda otashparastlik dinining o‘lamo—koxinlari tomonidan to‘ldirilib, takomillashtirilgan. Bu kitob 12 ming xo‘qiz terisiga bitilgan.
«Avesto» ning «Vandidod» qismining 5 va 17 boblarida doimiy badantarbiya bilan shug‘ullanish, kunda yuz-ko‘lini bir necha marta yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni tez-tez olib turish tavsiya etiladi. Inson meyori bilan doim tuk yurishi, ko‘proq go‘sht iste’mol qilish lozimligi uqtirilgan.
Tarbiya xayotining eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki. U avvalo yaxshi kishini va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pogonaga ko‘tarilsin.
Har bir inson (zardusht), kuniga besh marta yuvinib, poklanib quyoshni olqishlab siginishi shart.
Markaziy Osiyo xalqlarining dastlabki yozma yodgorliklaridan biri sanalgan «Avesto» da ajdodlarimizning qadimgi axlokiy-didaktik karashlari, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari, ayniqsa salomatlik, baquvvat bo‘lishlik haqida o‘z ifodasini topgan.
«Avesto» dagi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kuch, yaxshilik va yomonlik kuchlari mavjud bo‘lib, ular bir-birlariga adabiy murosasizdirlar. Yaxshilik kuchlarida insonlarni yuksak fazilatlariga asoslanib jismoniy axloqiy, aqliy, tabiatni himoya qilish kabi go‘zallikka doir juda ko‘p muammolar mujassamlashgan. Jumladan, zardusht munojotlarida Yazdondan yerda dexqonchiligu chorvachilikni rivojlantirish uchun kishilarning tetik, sog‘lom, baquvvat bo‘lishini ta’minlashi iltijo qilingan. Yaxshi ish. Yaxshi xulq. Yaxshi odat ularda barkaror bo‘lishi tilangan.
Shuningdek, «Avesto» da oila gigiyenasi, atrof-muhitni, aholi yashaydigan joylarni toza tutish, ko‘cha hovli, suv havzanari, ariq va chashmalarni iflos qilmaslik haqida maxsus boblar mavjud.
Undan tashqari, «Avesto» da bemorlarni davolashning turli usuli ko‘rsatilgan. Ulardan oila, shaxsiy gigiyena hamda qiz va o‘g‘il bolalarni parvarishlar, tarbiyalash qoidalari haqidagi fikr mulohazalar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling