О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Grek-Baqriya davlatida jismoniy tarbiY
Download 0.82 Mb.
|
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org
Grek-Baqriya davlatida jismoniy tarbiY.
Markaziy Osiyoning eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o‘rtalaridan boshlab dastlab ahamoniy imperiyasiga kirishi, keyin Iskandar Zulkarnaynga bo‘ysundirilishi maxalliy elatlarni uzok o‘lkalar bilan alokalarni kuchaytirishga olib keldi. Tarixiy ma’lumotlarga karaganda Markaziy Osiyoliklarning vaqillari Eron podsholari Doro va Kserksning Yunonistonga qarshi yurishlarida ishtirok etganlar. Saklarning ancha qismi eronliklarning harbiy kemalarda xizmatda bo‘lganlar. Markaziy Osiyodan chiqqan kishilar, chunonchi, xorazmliklarni xatto janubiy Misrda ham uchratish mumkin edi. Markaziy Osiyoning boy madaniy merosi zaminida o‘ziga xos etnik jarayonini yuzaga keltirgan Kushon va xorazm davlatlari ancha gullab yashnagan. Bu davlatlardan juda ko‘p va xilma-xil obidalar paydo bo‘lgan. Ko‘p elatli Xorazm Iskandar Zulkarnay istilyosidan keyin ham, ahomoniylar imperiyasi davridagidek, o‘z mustaqilligini saklab kolgan. Ko‘qcha dengiz madaniyatiga oid Chirikrabot ko‘rg‘onlarining biridan topilgan skif (apasiyak) jangchisining temirdan yasalgan sovuti Iskandar yurishlari davriga oid eng qadimgi shu xildagi qurol-aslaxalardan hisoblanadi. Markaziy Osiyo hududining ahomoniylar asoratidan batamom ozod bo‘lishi bu o‘lkaning makedoniyaliklar Iskandar Zulkarnayn (Ikki shoxli) tomonidan egallanishidan boglikdir. Yunoniston shoxi Filip II va Elippi shoxining qizi Olimpiadadan to‘g‘ilgan Iskandar otasi o‘ldirilgan vaqtda 19 yoshda edi. Otasi uning tarbiyasiga katta e’tibor berdi, uni 13 yoshda buyuk olim Aristotel tarbiyasiga berdilar. Olim Iskandarga falsafa, etika, yunon adabiyoti, san’ati, tibbiyot fanlari, geografiya va boshqa fanlardan sabok berdi. Arrian (miloddan 90-95 –175 yillar) «Iskandar onabasisi» degan asarning muallifidir. Anabasis-bu «davlat ichkarisiga dengizdan uzoqlashgan harbiy yurish» yoki «Iskandar yurishlari» deb tarjima qilinadi. Arrian, III kitob, IV, 15.4. «Shu paytda Iskandarning oldiga bir yarim ming chavandozlarga yoo‘lboshchi bo‘lib Xorazmliklarning podshosi farasman yetib keldi. U kolxlar va amazonka qabilalariga ko‘shni bo‘lib yashaganligi haqida xikoya qilib, Iskandarning amazonkalar, konxlar va Eviksin dengizidagi qabilalarini istilyo qilish istagi bo‘lsa, yoo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga va qo‘shinlarni yurishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berishga xayrixox ekanligini bildirdi. Iskandar Doroning 100 minglab muntazam ko‘shinlarga qarshi kurashdan ko‘ra Spitamen boshchiligida bosh ko‘targa xalq qasoskorlariga qarshi kurashish kiyin ekanligini tushunib yetdi. Chunki, ko‘lga tushmas Spitamen dushman kutmagandan xali u yerda, xali bu yerda paydo bo‘lar va makedoniyaliklarga ofat talofat keltiradi. Jumladan Kursiy Ruf Spitamen faoliyati bilan bog‘liq quyidagi misolni keltiradi: «Jangchilarning chaqqonligi otlarning tezligiga mos edi». Uning asarida Spitamen jismonan baquvvat, jasur, mard va tadbirkor bir qimsa suratida tasvirlangan. Dastlabki paytda «Iskandar Spitamenga katta-katta va’dalar beradi. Xatto Sug‘diyona xokimligini in’om etmokchi bo‘ladi. Spitamen esa vatanfurushlik qilgandan ko‘ra, o‘limni avzal biladi». Kursiy Ruf «Iskandar Zulkarnayn tarixi» asarida skiflarning jasurligini va mardligini ta’riflaydi. Uning yozishicha Iskandar skiflarning katta bir guruhining asir oldi. «Jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan skiflardan 30 kishini o‘limga mahkum etganda, ular o‘limdan ham qo‘rqmasdan, xalq qo‘shiqlarini baralla aytib, xursand bo‘lib borardi», deydi u. Skiflarning mardligiga qoyil qolgan Iskandar asirlarni o‘limdan saklab qolib, xibsdan ozod qiladi. Miloddan avvalgi IV asrning oxiridan III asrning o‘rtasigacha Baqriya Salavkiylar davlat tarkibida bo‘ldi. Miloddan av. 3 asrning 50 yillarida Slavkiylar davlatidan Yunon-baqriya davlati ajralib chiqdi, uning hududini Bakriya o‘lkasi, ya’ni Surxondaryo, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afgoniston tashqil etgan. Ayrim manbalarda ta’kidlanishicha, dax qabilasidan boshqa manbalarga ko‘ra shak, uchinchisi bo‘yicha baqriyalik umuman, Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlaridan birining vakili bo‘lgan Arshak ismli kishi parfiyaliklar qo‘zg‘oloniga boshchilik qildi. Natijada Parfiya va Slavkiylar davlatidan ajralib chiqdi. Sinfiy tabakalanish jarayoni haqida qo‘shin tartibiga qarab ham xukm chiqarish mumkin. Otliqlar oqsuyaklar vakillaridan, piyodalarni tashkil etuvchi kamonchilar oddiy xalqdan iborat bo‘lgan. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling