Markaziy osiyo xalqlarining erk va ozodlik uchun ahamoniylari va makedoniyalik iskandarga qarshi kurashlari


Download 93 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi93 Kb.
#1080145
Bog'liq
AHAMONIYLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYO


AHAMONIYLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYO


Reja:


1.Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahamoniy podsholarining Vatanimizga bostirib kirishi Frada qo`zg`oloni.
2.Miloddan avvalgi 328 yili Makedoniyalik Iskandar boshchiligida Yunon-Makedon qo`shinlarining Markaziy Osiyoga hujumi, unga qarshi kurashning uch bosqichi.
3.Makedoniyalik Iskandar davlatining tanazzulga yuz tutishi va uning sabablari.
KIRISH

Bu davr tarixini o`rganishning manbashunosligi va tarixshunosligi. Tosh sopolga o`yib yozilgan Qadimgi Eron manbalari.


Bunday yozuvlar Ahamoniylarning qadimgi poytaxti Persopol, shuningdek Suza va Ekbatana shaharlari va ularning atrofida topilgan katibalar birga misol bo`laoladi. Masalan, Doro I (miloddan avvalgi 522-486 yy) hukmronligini dastlabki yillarida Suzada bunyod etilgan saroyning qurilishi tafsiloti, aniqrog`i uning uchun qurilish materiallari qaysi shaharlardan kelganligi pishiq sopol taxtachaga uyib yozilgan ashyoviy dalil asosida.
2.Persopoldagi Apadana zinapoyalari ustiga solingan tasviriy suratlar asosida.
3.Xusaynnux qoyalarida Ahamoniylardan Doro 1, Kesrks 1 (Miloddan avvalgi v. 485-465 yy), Artanser 1 (Miloddan avvalgi v. 465-424 yy) hamda DoroII (Miloddan avvalgi 423-404 yy)larning maqbaralari hamda ularda kiraverishda o`yib yozilgan katibalar asosida.
4.Yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri mashhur Behustun yozuvlaridir.
5.Yozuvlar (uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m) Zagros nomli tik qoyaga Doro I amri bilan yozilgan g`alaba yodgorligi asosida.
6.”Avesto” asari orqali. Natijada bu manbalar asoisda, jumladan zardushtiylik haqida ilmiy tadqiqot vujudga keldi. Xorijiy olimlardan amrikalik R.Fray (Naslediye Irandj), farang sharqshunosi E.Benvenist, belgiyalik J.Dyushen, shved Eronshunoslari X.Yu. Nyuberg va G.Videngron, daniyalik K.Barr, I.A.Aliyev, V.I.Aboyeva, M.A.Dandamal, I.M.Dbenonov, V.A.Livshin, B.A.G`ofurov va boshqalar asarlari orqali.
7.Iskandarning O`rta Osiyoga yurishi davrida tarixnavislik qilgan makedoniyalik lashkarboshilardan Aristobul, Ptolomey Lag va dengizchi Nearxlar tomonidan yozib qoldirilgan estaliklar asosida.
8.Iskandarning Sharqqa harbiy yurishlari vaqtida qanday voqealar yuz berganligini undan 300-400 yil keyin yashagan.
9.Tarixchi asarlarida tasvirlangan jumladan, Yunon tarixchisi Arian (Miloddan avvalgi v. 2 asr) va Rim tarixchisi Kvit Kurtsiy Ruf (Milodning 1 asri) asarlarida saqlanib qolgan.
Geradot “Tarix” Diodor “Tarixiy kutubxona” Pompey Trog “Filip tarixi”, Aleksandrning yurishlari, Kvit Kurtsiy Ruf “Buyuk Aleksandr tarixi”, Poliy ”Umumiy tarixi”, Strabon “Geografiya” kabi asarlari orqali o`rganamiz.
Geradotning yozishicha, «Kir Bobilni, baqtriyaliklarni, saklarni yerlarini va Misrni bosib olishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Bu yurishni sarkadalariga topshirdi.
Qadimgi dunyo mualliflari Geradot, Ksenofont ma`lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Miloddan avvalgi 545-539 yillarda KirII Sharqiy Eron viloyatlari va Markaziy Osiyodagi Xorazm, So`g`diyonada, Marg`iyona viloyatlari va sak qabilalarini o`ziga bo`yso`ndiradi. Ammo shuni ta`kidlash lozimki, Kir II Markaziy Osiyoni qay tarzda bosib olganligi haqida aniq ma`lumotlar saqlanmagan.
Miloddan oddan avvalgi 539 yilda Kir II Misrni butunlay o`ziga bo`ysundiradi va Misrga yurishga tayyorgarlik ko`ra boshlaydi.
KirII ning Markaziy Osiyoga ikkinchi yurishi haqida qadimgi davr mualliflari Geradot, Yustin, Strabonlar ma`lumot berib ular bu voqealarni turlicha tasvirlaydilar. Bu muammolarning ma`lumotlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Kir II qo`shinlari Markaziy Osiyoga qilgan ikkinchi yurishlarida mahalliy aholining qattiq qarshiliklariga uchragan va ko`chmanchi massagetlar tomonidan tor-mor etilgan.
Doro I ga qarshi ko`tarilgan Marg`iyonadagi qo`zg`olon Markaziy Osiyo viloyatlarida yagona qo`zg`olon emasdi. Bunday qo`zg`olon Parfiyada ham ko`tarilgan. Bu qo`zg`olon Miloddan avvalgi 521 yilning yozigacha davom etgan edi. Doro I davrida ahamoniylarga qarshi erk va ozodlik uchun saklar ham bosh ko`targanlar. Bu biz Behustun yozuvlarida ochiq ko`ramiz. DoroI saklarni quvib Orol sohillarigacha borgan. U saklar hukmdorini asir olganligi, boshqa bir Skunxa ismli lashkarboshini saklarning o`zlari Doro I ga topshirganliklari qayd etiladi. Bu voqealar Miloddan avvalgi 520-518 yillarda yuz bergan. Ahamoniylar hukmronligiga qarshi ozodlik va erk deb bosh ko`targan xalq qahramonlari timsoliga Shiroq harakati ham yorkin misol bo`la oladi.
Jangnoma tilidagi mashhur afsona hisoblangan “Shiroq” tarixiy voqealar asosida vujudga kelgan va barchaning e`tiborini o`ziga tortgan. Bu qadimgi afsonani birinchi marta Yunon tarixchisi Polien o`zining “Xarbiy xiylalar” degan asarida keltirgan. Asarda Shiroq Siyrak deb nomlangan. Afsonada sak qabilasidan chiqqan otboqar Shiroqning buyuk jasorati, tadbirkorligi, vatanparvarligi va erkparvarlik fazilatlari hikoya qilinadi.
Shiroq o`z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqadi va harbiy hiyla bilan uning qo`shinlarini chalg`itib, suvsiz, Qizilqumning dasht sahrosiga boshlab boradi. Suvsizlik va ochlikdan, darmonsiz qolgan lashkar xalokatga uchraydi. El-yurt vayronagarchilikdan saqlab qolinadi.
Asarning eng e`tiborli ta`sirchan joyi shundaki, shiroqning o`zi ham dushman qo`lida xalok bo`ladi, lekin Shiroq uchun bu o`lim mag`lublik emas edi, uning orqasida ona Vatan himoyasi, katta bir xalqning katta bir ofatdan saqlab qoladi. Ona Vatanning taqdiri, Vatan mudofaasi asarning bosh mavzui bo`lib, ajnabiy bosqinchilarga qaqshatqich zarba berish va ularni o`z yurtida surib chiqarish, mardlik va jasorat ko`rsatish esa uning g`oyaviy mazmunini tashkil etadi.
“Shiroq” asarida bosqinchilikning barcha kirdikorlari qoralanadi va unga minglab la`natlar o`qiladi.
IV asrda Peloponnes urushi 27 yil davom etdi. (431-404 yy) Bu narsa o`z navbatida grek shaharlarida va davlatida chuqur inqiroz bo`lishini taqazo qildi.
Ammo Osiyo hududida harbiy xarakatlar boshlanmasdan, aftidan yunonliklarning qo`llab quvvatlanishi tufayli Fillip o`ldirilishi (336y) xokimiyat uning o`g`li Aleksandrga qoldi (356) bu Filippning 2-xotini Olimpiada-podsho qizlaridan Filipp Aleksandrga yaxshi tarbiya berdi, uning bir vaqtning o`zida qo`mondon va aqlli bilimdon davlat rahbari bo`lishi uchun 345-343 yillarda Aleksandrni Aristotel tarbiyaladi. Unga grek falsafasini, madaniyati va fanini o`rgatdi, hatto u podshohlarda ham falsafani olib yurar edi.
16 yoshida Aleksanr otasining hamma yurishlarida ishtirok etdi, 18 yoshida makedon armiyasining eng ishonchli qanotini boshqarar edi. 334 yilda 22 yoshida xonga qarshi yurish qildi. 30 ming piyoda, 5 ming otliq, 150-160 kema, armiyasi oz bo`lishiga qaramasdan Granika yonida kuzda ikkinchi yurishida Isse yonidagi jangda forslar armiyasi yana yengildi, aytish mumkinki, armiyasi qolmadi.
332 yilda Yechiptni va birinchi bo`lib Nil daryosi bo`yida Aleksandariya shahrini barpo etdi.
Fors armiyasini Doro I ning o`z boshqarar edi, o`ng qanotini Mozey, chap qanotini Bess, o`rtasiga Doroning o`zi rahbarlik qilar edi. 1 oktyabr 331 yilda fors armiyasi butunlay tor mor qilindi, Doro o`zining kichik bir armiyasi Midiyaga qochib ketdi keyin O`rta Osiyoga Aleksandr butun Eronni bosib oldi.
329 yil Iskandar Hidikush tizma tog`laridan o`tib O`rta Osiyo to`rt otryadi paydo bo`ldi. Baqtriyaning bosib oldi, (Afg`oniston, Sharqiy Eron, janubiy sharqiy Turkiston, janubiy O`zbekiston Tojikistonning ko`p qismi).
Iskandar Leninobod bilan Bekobod oralig`ida o`n yetti kun ichida shahar quradi. Bu shahar “Aleksandariya Esxata” ya`ni “eng chetdagi” yoki “eng uzoqdagi” Iskandariya deb atalgan edi.
Arrianning aytishicha Iskandar Yana So`g`d tomon yo`l oldi. 329 yilda aholining yoppasiga qirishiga qaramasdan, qo`zg`olonni bostiraolmagan edi.
Spitamen yana kuch to`plab. Arrianning aytishicha “Spitamen uch mingga yaqin skif otliqlarini o`zi bilan birga So`g`diyonaga xujum qilishga osonlik bilan ko`ndiradi. Buni Arrian quyidagicha tushuntiradi:
“Bu skiflar juda qashshoq yashaganlar. Ularning arziguday na shaharlari na turar joylari bo`lgan”.
Shuning uchun ham ularni biron yurishga ko`ndirish oson bo`lgan. Tez orada Spitamenni poylab turgan makedoniyaliklar bilan jang bo`ladi. 800 otliq askaridan ajraldi. So`g`dlik va Baqtriyalik askarlar Spitamenni tashlab dushmanga taslim bo`ldi.
Massagetlar o`zlarining ittifoqchilariga qarashli karvonlarni talab Spitamen bilan cho`lga qochdi. Bu gal Spitamen massagetlarga yo`lboshchi bo`limi yoki asir olib ketganmi bu bizga aniq emas, ammo massagetlar Iskandarning o`zi cho`lga bostirib kirar etish degan xabarni eshitgach, “uni bu ahdidan qaytarish uchun Spitamen boshini kesib, Iskandarga yuborgani aytilgan boshqacha rivoyat ham bor, uningcha, Spitamenni suyukli xotini o`ldirgan va o`z qo`li bilan Iskandarga boshini kestirib bergan” So`g`dning o`z mustaqilligi uchun olib borgan kurashining II bosqichi Spitamenni o`limi bilan tugadi.
Bu bosqich 329 yildagi voqealarga nisbatan tamoman boshqacha xarakterga ega, mahalliy xalq holdan toyib, xonavayron bo`lgan bo`lishiga qaramay, Iskandar tomonidan tayinlangan satraplarga bo`ysunishdan bosh tortdi, ammo xalq Spitamenning faol xarakatlariga faol ishtirok etmadi. Iskandarning jazo otryadi yana bir So`g`dni boshdan oyoq kezib chiqdilar.
III davrda 15 ming kishiga yetadigan qo`shin bilan tog`larda o`rnashib olgan mulkdorlarga qarshi qaratilgan edi.
Bu davrni diodor “So`g`dlarning uchinchi qo`zg`oloni va tog`dagi qal`alarga qochganlarning asir olinishi” deb ta`riflaydi.
328-327 yillar qishni Iskandar Navtakada o`tkazadi. Bahorda esa, So`g`d qoyalariga yaqinlashadi. Yozma manbalarda /Arrian, Kurtsiy, Strabon/ bunday qoyalarni to`rttasini eslatib o`tadi. So`g`d qoyasi, sizimitra, Arimaza, xoriyena qoyalari ammo manbalar analiz qilinganda ikkita qoya borligi aniqlandi.
Birinchisi-Navona yaqinidagi Xisor tizma tog`larida joylashgan «So`g`d qoyasini” Iskandar qisqa muddatda qo`lga kiritadi.
A.300 kishini ya`ni o`z yurtida qoya tog`larda yurgach askarlar yuboradi. Mixlarga . qorga tiqib, kanop orqali.
B.Qal`ada Oksiartning xotini, bolalari, qizi Roksana-Iskandarning askarlari Roksanini Doroning xotinidan keyin “Osiyoda eng go`zal ayol” ekanini aytganlar va Roksanini sevib qoladi. Arrian maqtaydi, Kurtsiy qoralaydi. Eng kuchli dushman Oksiart edi.
Ikkinchisi -“Xoriyen qoyasi” Bu yerda anchagina xonimlar bor edi, Xoriyen ham bor edi. Xoriyen taslim bo`ldi.
Iskandar Oropiy degan bir kishini so`g`dning shoxi qilib tayinlaydi. Shuning bilan birga O`rta Osiyoni zabt qilishni oxiriga yetkazadi. 327 yil yozidayoq Amudaryodan kechib o`tadi va Hindistonga mashhur yurishini boshlaydi. Chunki bu xarakatlarning barchasi tarqoq va mahalliy xarakterga ega edi.
Äaholining dexqonchilik bilan shug`ullanuvchi qismi ko`chmanchilar to`dasi burgut uyalari kabi qal`alarda xokimlar sharoitga qarab ish qilgan edilar.
-aholiga nisbatan shafqatsiz qo`llanilgan jazo.
-serxosil vohalarni vayron qilinishi.
-Mahalliy zadagonlarni o`z tomoniga og`dirib olish uchun talaygina yon berish.
-Muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi.
“Iskandar deb yozadi Kvint Ruf, varvarlarning bo`yso`nganlariga bo`yso`nmayotgan o`jarlarning shahar va yer-mulklarini olib berishni buyuradi”.
Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan Movaraunnahrda islomgacha bo`lgan davrda ham turli dinlarning rivojlanishi va ularning jamiyat ma`naviy hayotida muhim ijobiy o`rin tutgan.
Qadimgi Turon zamin miloddan avvalgi 2000 yillardayoq diniy e`tiqodlari mustahkamligi o`zining davlatchiligiga ega bo`lganligi sababli yuksak ijtimoiy – ma`naviy taraqqiyotga erishgan. O`z urf-odatlarini, e`tiqodini saqab qolish va rivojlantirishga alohida e`tibor berganlar.
Markaziy Osiyo ko`pdan ko`p e`tiqodlar, diniy falsafiy ta`limotlar vatanidir. Qadimgi tarixdan ma`lumki, Movaraunnahrda turli diniy e`tiqodlar bo`lishiga qaramasdan, diniy bag`rikenglikka rioya qilib yashaganlar. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy Osiyo nafaqat Sharqning, balki butun dunyo xalqlarining ham madaniy va diniy e`tiqod markazlaridan biri hisoblanadi. Tarixchi olim N.N.Kondratning «Markaziy Osiyo dunyo madaniyatining o`choqlaridan biri bo`lgan» degan fikrlarida jon bor. Darhaqiqat, insoniyat tarixi, madaniyati, falsafasi va ma`naviy hayoti taraqqiyotida Markaziy Osiyo madaniyati, diniy e`tiqodlari ta`siri beqiyosdir.
Haqiqatdan ham xalqimiz o`zining tarixda tutgan o`rnini aniqlash uchun qadimiy madaniyati, ma`naviy merosi, diniy e`tiqodi kabi tarixiy qadriyatlarini o`rganish lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviy takomillashuviga chuqur ta`sir etgan dinlardan zardo`shtiylik, moniylik, mazdakiylik, buddaviylik kabi dinlarni ko`rsatish mumkin. Markaziy Osiyoda hamisha diniy bag`rikenglik an`analariga asoslanib faoliyat olib borilgan.
Zardo`shtiylik dinini muqaddas kitobi «Avesto» haqida Prezident I.Karimov to`g`ri ta`kidlaganidek, «Bu nodir kitob bundan 30 asr avval ikki daryo (Amu va Sir) oralig`ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir... «Avesto» ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi». Bundan tashqari I.Karimov 2001 yil 3 noyabrda «Avesto» ning 2700 yillik yubileyiga bag`ishlangan tantanali yig`ilishida qilgan ma`ro`zasida ham uni «Hayot yo`riqnomasi» deb atagan edi.
Keyingi ko`pgina ilmiy izlanishlarda jumladan, olima Fozila Sulaymonovaning «Sharq va G`arb», «Nur Sharqdan taraladi» kabi asarlarida Markaziy Osiyo xalqlarini islomgacha bo`lgan dinlaridan zardo`shtiylik Ovrupani ko`hna yunon madaniyatiga ham sezilarli ta`sir ko`rsatganligi qayd etiladi.
«Avesto» da eng avvalo ma`naviy komil, adolatparvar, ezgulikni barqaror qiladigan insonni shakllantirish g`oyasi mavjud. Shu asosda insonni bunyodkorlik, yaratuvchilik mehnati ulug`langan tozalik, poklikka alohida e`tibor qaratilgan va inson naslining sog`lomligi, oila muqaddasligi madh etilgan.
Umumlashtirib aytganda zardo`shtiylik dini ajdodlarimizning bir necha ming yillik ma`naviy merosi bo`lishi bilan birga, umuminsoniy ma`naviyat taraqqiyotining ham tamal toshlaridan birini tashkil qiladi.
Markaziy Osiyoda, xususan, Movaraunnahr xalqlarining islomgacha bo`lgan diniy, ahloqiy, ma`naviy qadriyatlaridan «moniylik» diniy ta`limoti ham mavjud bo`lgan. Bu diniy ta`limotning mohiyatiga ko`ra dunyo ziyo (yorug`lik) va zulmat (qorong`ulik) ning abadiy kurash maydonidan iborat. Mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo`q qilish uchun yaxshilikning o`zi ezgulikka ko`maklashishdan iborat degan ma`naviy ta`limot ilgari suriladi. Moniylik diniy ta`limotiga ko`ra, inson sof musaffolikka yoki gunohdan holis bo`lishlikka faqat tarkidunyo qilish, nafsini tiyib hayot kechirish orqali erishishi mumkin deb hisoblaganlar.
Eramizning VI asr boshlarida Eronda vujudga kelgan «mazdakizm» deb atalgan diniy ta`limot ham Markaziy Osiyoda keng tarqaladi. Bu dinda moniylik ta`limotini yanada to`ldirib, uning noumidlik, tarkidunyo qilish g`oyalarini inkor qilib, dunyoga yaratuvchilik va orzu-umid bilan qarash lozim degan g`oyani olga suradi. Unda yaxshilik va yomonlik yoki ziyo va zulmat kurashida ziyo albatta g`alaba qiladi deb ta`kidlanadi. Shunday qilib, moniylik va mazdakizm diniy ta`limotlari ham Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, Movaraunnahrda jamiyat ma`naviyati, madaniyati va ma`rifatining shakllanishi hamda rivojlanishida muhim hissa qo`shgan ta`limotlardan biri «Buddaviylik» dinidir. Hindistonda paydo bo`lgan ushbu din milodiy birinchi asrdan boshlab Movaraunnahr hududlariga kirib kelib, keng tarqalgan. Hatto Kushon va Eftalitlar imperiyasi davrida buddaviylik dini davlat himoyasiga olingan bo`lib, o`sha vaqtda zabt etilgan tangalarda buddaning turli ko`rinishdagi tasvirlari mavjudligi fanda isbotlangan.
Ayrim arxeologik manbalarga qaraganda Toshkent, Farg`ona, Samarqand, Termiz va Qarshida budda ibodatxonalari bo`lganligi aniqlangan. Ular nihoyatda nozik, go`zal, sermazmun devoriy tasvirlar bilan bezatilganligi qayd etilgan. Bu fikrlarni Surxondaryo viloyatidagi (Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepalardan Qoravul-tepadan topilgan buddaviylik ibodatxonalari qoldiqlari, haykalchalar, tanga pullar, devoriy suratlar, muqaddas daraxt tagida o`tirgan budda va undan pastroqda tik turgan o`quvchilari tasviri, shuningdek, Qarshi shahrining qadimiy markazlaridan biri bo`lgan Yerqo`rg`on yodgorliklaridan topilgan idish qopqog`ida tushirilgan bola ko`targan ayol tasvirlari kabi buddaviylikka xos ashyolarning mavjudligi eramizning I-IV asrlarida buddaviylikni san`at, madaniyatning yuksalishiga, Movaraunnahr xalqlari ma`naviy taraqqyotiga katta hissa qo`shganligini jonli dalilidir.
Yaponiyalik taniqli olim «Halqaro ipak yo`li» akademiyasining direktori Kato Kyuzo bu borada hayrat bilan qayd etadi: «Qoratepada topilgan buddaviy inshootlari Markaziy Osiyoda topilgan ana shu yodgorliklarning eng yirigidir. Barcha mas`uliyatni zimmamga olib aytamanki, bu obida jaxon arxeologiyasida noyob va nodir sahifadir».
Yuqorida keltirilgan faktlar zardo`shtiylik dinidan so`ng yuzaga kelgan buddaviylik dini ham Movaraunnahrda madaniyat, ma`naviyat, ma`rifat rivojiga o`lkan hissa qo`shgan dinlardan biri ekanligini isbotlab turibdi. Arablar Movaraunnahrga bostirib kirgach, buddaviylik davrida yaratilgan san`at asarlari yo`q qilindi.
Tarixchi Muhammad an-Narshaxiy o`zining «Buxoro tarixi» asarida buddaviylik bayramlarini Buxoroda nishonlanishi haqida ma`lumot beradi va buxoroliklarni islom diniga kiritishda juda qiyinchiliklarga uchraganligini qo`yidagicha qayd etadi: «Buxoro aholisini har safar islom lashkarlari kelganida musulmonlikni qabul qiladi, arablar qaytib ketganida esa ular yana islom dinidan qaytar edilar. Qutayba ibn Muslim to`rtinchi marta kelganida jang qilib Buxoro shahrini oldi va ko`p qiyinchiliklardan keyin bu yerda islom dinini yuzaga chiqardi va turli yo`llar bilan ularga qiyinchiliklar yaratib, dillariga musulmonchilikni o`rnashtirdi. Ular esa islom dinini yuzaki qabul qilib, haqiqatda budparastlik qilar edilar». Shu asarda yana davom etib, Qutayba Baykantdagi bir butxonadan og`irligi to`rt yuz dirham keladigan bitta kumush but topgan. U yana bir qancha kumush jomlar hamda kabutar tuxumidek keladigan ikkita marvarid ham topib olganligini ta`kidlaydi.
Tarixchi V.Litvinskiyning ta`kidlashicha ham Markaziy Osiyoda budda dini hukmron bo`lgan. Bundan tashqari, 10 dan ortiq dinlar mavjud bo`lgan. Shu keltirilgan misollardan xulosa chiqarib, aytish mumkinki, ota-bobolarimiz e`tiqod qilgan buddaviylik davrida ham Movaraunnaxr madaniy, ma`naviy va ma`rifiy jihatdan o`z davriga mos rivojlanishga ega bo`lganligini ko`rish mumkin.
Shunday qilib, islom dini kirib kelguncha ham Markaziy Osiyoda, jumladan, Movaraunnaxrda turli diniy e`tiqodlar ta`sirida shakllangan ma`naviyat va ma`rifat ko`p qirrali, bir necha xil diniy falsafiy qarashlar, rang-barang g`oyalardan iborat bo`lgan. Ular diniy bag`rikenglik tamoyili asosida munosabat olib borib, turli dinga e`tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab, jamiyatning ma`naviy hayoti rivojiga ijobiy hissa qo`shganligini ko`rish mumkin.
2.2. Islom dini Movaraunnaxrga VII asrning ikkinchi yarmida, aniqroq qilib aytganda, arab istilochilarining birinchi yurishi 651 yilda Ubaydulloh Ibn Ziyod boshchiligida amalga oshiriladi. 676 yilda esa Said Ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Sug`diyona, Kesh, Nasaf shaharlariga hujum qilinadi. Ikkinchi yurish 705 yilda Qutayba Ibn Muslim tomonidan boshlandi va arablar istilolari natijasida kirib keladi. Islom lashkarlariga asosan sahobalar va tobe`inlar sarkardalik qilar edilar. Ular qaysi shaharni zabt etsalar, o`sha joyda darhol masjidlar qurar, aholisiga diniy ta`lim berish uchun sahobalardan maxsus vakillar qoldirib ketardilar. Shu tariqa Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz kabi ko`plab shaharlarda Qur`oni Karim va Payg`ambar Hadisi Shariflari o`qitilib, targ`ib qilinadi. Markaziy Osiyo aholisini islomga kiritish 715 yillargacha davom etadi. Islomlashtirish jarayoni juda qiyin va murakkab davr hisoblanadi. Bu jarayonda turli usullar qo`llaniladi. Islomni qabul qilganlarni rag`batlantirib pul-mablag` bilan ta`minlaganlar. Islom diniga kirmaganlarga esa turli choralar ko`rilib, jarimalar solganlar. Natijada, Qur`oni Karim va Hadislar xalq ommasi orasida keng tarqalib, ta`lim-tarbiya sohasida va ijtimoiy hayotda mustahkam o`rin egallab, islom diniy g`oyalari hukmron mafkuraga aylanadi va ijtimoiy hayotning barcha sohasini o`z nazoratiga oladi. Ana shu davrdan boshlab, hozirgi O`zbekiston hududida islom ma`naviyati va ma`rifati o`ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshidan kechirdi. Markaziy Osiyoda ilk islomlashtirish davridayoq mahalliy aholiga islom aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyati berilardi.
Islom falsafasida ma`naviy omil jamiyat rivojida yetakchi o`ringa qo`yiladi. Shu tariqa mintaqamizda yashaydigan turli xalqlarning dunyoqarashida, e`tiqodi va ma`naviy hayotida, ijtimoiy hamda insoniy munosabatlarida ijobiy inqilob yasadi va yangi sivilizatsiyani boshlab berdi. Ma`naviy, ahloqiy barkamollik hukmron bo`lgan jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlash g`oyasi Qur`oni Karim va Hadisi Sharif mazmunida o`z yechimini topadi. Bu muqaddas kitoblar va shariat ko`rsatmalari inson ma`naviy – ma`rifiy kamolotining asosi bo`lgan ahloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o`z ichiga oladi.
Qiska qilib aytganda, Qur`oni Karim va Hadislar ma`naviy-ahloqiy tarbiyaga, shuningdek ma`rifiy ilmlarga oid bo`lgan fikrlarning mukammal to`plamidir. Prezident I.Karimov islom dinini xalq ma`naviyati va ma`rifatining yuksalishiga katta hissa qo`shib kelgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar sifatida ta`riflab: «Islom dini ota-bobolarimiz dini, biz uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma`rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig`indisi emas. Ana shu ma`rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o`gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo`lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar», - deb yozadi. Yurtboshimiz qayd qilganidek, hozirgi O`zbekiston hududida ilm-ma`rifat, madaniyat va ma`naviyat rivojlanishida islom ijobiy rol o`ynagan. Islom, ayrimlar tushunganidek, faqat aqida emas, avvalo ma`rifat ilmidir. Payg`ambarimiz Hadislari kishilarni donolik va ma`rifatga chaqirish, fahm-farosatga, o`tkir zehnlilikka o`rgatish, diniy ahloqiy dastur, shuningdek, huquqiy – diniy yo`l-yo`riqlar, asrlar davomida vujudga kelgan fan, adabiyot, madaniyat bo`sag`asidagi diniy va dunyoviy ilmlar majmuasidir. Hadislarda ilmsiz e`tiqod bo`lishi mumkin emasligini ko`zda tutib, ma`naviy barkamol inson, ilm sirlarini boshqalarga o`rgatib, jamiyat farovonligi uchun sarf qilsa, kelajak avlodga meros sifatida qoldirsa, bunday insonning borligi pokiza bo`ladi deb hisoblanadi. Islomda ilm-fanni egallab ma`rifatli bo`lish savobli ish deb qaraladi. Shu bois ham Hadisda «Beshikdan qabrgacha ilm izla» deb alohida ta`kidlanadi. Aks holda bilgan narsani hech kimga o`rgatmaslik ma`naviy qashshoqlashishga sabab bo`ladi. Bunday hasislik Hadisda qoralanadi. Umuman islom dinining tom ma`nodagi mohiyati, islomiy ta`lim-tarbiya, diniy va dunyoviy bilimlarni barobar o`rganish komil inson bo`lib yetishishga imkon beradi, deb hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom ilmlari, madaniyati va ma`naviyatiga bo`lgan munosabatlari va ularning rivojidagi o`rniga e`tibor berilsa, ular dunyoviylik bilan ilohiylikni uyg`unlashtirganliklarini ko`rish mumkin. Masalan, Abu Nasr Farobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida», «Ilmlar va san`atlar fazilati» kabi asarlarida insonning ma`naviy rivojlanishi ilm-ma`rifatga bog`liq deb ta`kidlaydi. Al-Xorazmiy esa, insonning hulq-atvori, hatti-harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina maqsadga muvofiq rivojlanadi deb hisoblaydi.
Sa`diy SHeroziy ilmga amal qilmaganlarni nodondur, ilmsiz odam boylikka, mansabga, har xil tubanlikka mansubdir desa, Yusuf Xos Xojib ezgulikka ilm orqali erishiladi, deb fikr yuritadi.
A.Navoiy fikricha, odamgarchilikning eng yuksak belgisi islomdagi sahiylik va himmat hisoblanadi, «Sahiylik inson bog`ining hosildor daraxtidir, balki daraxtning mevasi shirin bo`lgan asl gavharidir. Sahovatsiz kishi bilan gavharsiz sadafni birday hisoblasa bo`ladi. Sahovatlilik va himmatlilik pokiza kishilarga xosdir» deb ta`kidlaydi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom ilmlari va madaniyati rivojidagi qo`shgan hissalari to`g`risida fikr yuritsak, xijriy III asrlarda Movaraunnaxr va Xuroson zaminidan yetishib chiqqan At-Termiziy, An-Nisoriy, Imom al-Buxoriy kabi buyuk zotlar jahonga mashhur oltita xadislar to`plamini yaratib, islom ilmi va madaniyatiga buyuk hissa qo`shganlar.
Imom Al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan hajga borib, Haj amallarini bajargandan keyin ularni kaytarib yuboradi. O`zi qolib, Arab mamlakatlarining ko`plab shaharlarida hadis ilmini uzoq vaqt o`rganadi. Natijada 600000 dan ortiq hadis to`plab, shundan 7250 tasini «ishonarli» hadis deb topadi. Al-Buxoriy ijodi-faoliyati davomida 20 dan ortiq hadis to`plamlarini yaratgan. Shulardan «Al-Jome` as-sahih» (ishonchli hadislar) asarini yaratib, bashariyat tarixidagi buyuk siymo sifatida tanildi. Bunday ulug` zotning O`zbekistonning tabarruk zaminidan yetishib chiqqanligi tasodifiy hol emas edi. Bu ko`hna diyorimizda ilm-fan va madaniyatning ildizi chuqurligidan, o`lkamizda azal-azaldan an`anaviy madaniy-ma`naviy va diniy muhit mavjud bo`lganligidan, eng muhimi bu yurtda yashovchilarning jamiyat va insoniyat yo`lida har qanday ilmni tez va teran anglab, yuksak pog`onalarga ko`tarish layoqatiga qodir ekanligidan dalolat beradi.
Islom ilmlari va madaniyatini rivojlanishida buyuk hissa qo`shgan vatandoshimiz at-Termiziy o`zining «Al Jome` as-sahih», «Shamoili Nabaviya» (Payg`ambarning shakl va sifatlari), «Kitob o`z-zuxd» (zohidlik kitobi) kabi bir qator asarlari bilan islom dunyosiga ma`lum va mashhurdir. Bulardan tashqari ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri A. Navoiy o`z ijodi faoliyatida islom ma`naviyatini rivojlantirishda islom ta`lim-tarbiyasiga oid, «Arbain hadis» (qirq xadis) nomli asarida Muhammad alayhissalomning ko`rsatma va o`gitlari, fe`l-atvorlari, musulmonchilik ta`lim-tarbiya qoidalari to`g`risidagi qirq hadisni sharhlab targ`ib qiladi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo, hozirgi O`zbekiston hududida yetishib chiqqan mutafakkirlar islom ma`naviyati, ma`rifati va madaniyatiga umuminsoniy qadriyat sifatida qarab, uning rivojiga munosib hissa qo`shganlar.
2.3. Jahon dinlari tarixiy taraqqiyoti tajribasidan ma`lumki, ular rivojining muayyan bir bosqichida turli yo`nalish va oqimlarga bo`lingan. Shuningdek, Islom dinida ham VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval xorijiylar yo`nalishi shakllangan (hozir ular mavjud emas). Keyinchalik ikkita yo`nalish: sunniylik (ahli sunna val-jamoa-sunnat va jamoat ahli) va shialikka ajralib chiqqan. Bu yo`nalishlarning har birida turli masalalar bo`yicha, turli qarashlarga ega bo`lgan mazhablar kelib chiqqan. Mazhab so`zi arabcha «oqim, yo`l, ta`limot, yo`nalish» yoki biror diniy masala bo`yicha ma`lum bir olim-ulamolar yo`nalishidan borish mazmunini anglatadi. Ilk islomda mazhab tushunchasi asosan fikxiy (huquqiy) maktablarga nisbatan qo`llanilgan va hozir ham shunday tushunmoq lozim.
Islomning sunniylik yo`nalishi «Ahli sunna val-jamoa» deb atalib, undan 4 ta fiqxiy, ya`ni islom qonunchiligini o`zida aks ettirgan mazhablar mavjuddir. Ular xanafiylik, molikiylik, shofiylik va xanbaliylik mazhablaridir. Sunniylikda fikxiy maktablardan tashqari aqidaviy masalalarda bir-biridan farq qiladigan ikkita mazhab bor. Ular ash`ariy va motrudiy mazhablari nomi bilan yuritiladi. Aqidaviy mazhablar qo`yidagi masalalarda bir-biridan farq qiladi, ya`ni, ular birinchi-Oliy hokimiyat (imomat, xalifalik) masalasi, ikkinchisi - Imon masalasida, uchinchisi – Qazo va qadar masalasida, to`rtinchisi – Ollohning zoti va sifatlari masalasida beshinchisi-fikxiy (huquqiy) masalalardir.
Bugungi kunda dunyoda 1,3 milliard musulmon aholisining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo`yicha tahlil qilinganda: xanafiylar 47 %, shofiylar – 27 %, molikiylar – 17 %, xanbaliylar – 1,5 % dan iboratdir.
Islomning shialik yo`nalishida ham ayrim masalalarda bir-biridan farq qiladigan ismoiliy, ibodiy, ja`fariy, zaydiy kabi mazhablar mavjud bo`lib, u jahondagi musulmonlarning 7,5 % ini tashkil qiladi.
Fikxiy mazhab tushunchasi Olloh Taolo o`z Payg`ambari Muhammad s.a.v. orqali nozil qilgan shariat huquqshunosligida Qur`oni Karim va Payg`abarimizning sunnati bo`lgan Hadislarga tayanib hukm chiqarishni ko`zda tutadi. Fikxiy mazhab imomlari Qur`oni Karim va Sunnatni mazmunini kishilarga osonlik bilan tushuntirgan va ularga amal qilish yo`llarini musulmonlarga o`ziga xos oddiy usul bilan bayon qilib bergan buyuk olimlardir.
Sunniylikning molikiylik mazhabi asoschisi Molik ibn Anas al-Asbaxiy (713-795) bulib, uning «al-Muvatta» (Barchaga tushunarli) asarida bu mashabning qarashlarini asoslab beradi. Ular Afrika va Arab mamlakatlarida yashaydi.

XULOSA
Xanbaliylik mazxabining asoschisi Ahmad ibn Xanbal bo`lib, u «al-Musnad» nomli asarida huquqiy masalalarni yoritadi. Bu mazhabdagilar Saudiya Arabistonida, Qatarda, Suriya, Falastin va Iroq kabi mamlakatlarda undan amaldagi qonun sifatida foydalanadi.


Sunniylikning Xanafiylik mazhabi islomga e`tiqod qiluvchi mamlakatlarda, islom qonunchiligi sifatida juda keng tarqalgan. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari, O`zbekiston musulmonlari ham shu mazhab asosida shariat qonunlariga suyanadi. Xanafiylik mazhabini asoschisi Imom A`zam Abu Xanifa (699-767) dir. Sunniylik huquqshunosligida Imom A`zam maktabi hadislarga tayanganligi uchun «Ahl al-Xadis» nomini oladi. Umumiy tarzda Abu Xanifaning huquqiy nazariyasi «Ra`y» tushunchasi orqali shaxs erkinligini hurmatlagan, shariat masalalarida mustaqil fikr yuritishga ruxsat beradi va shu xususiyati bilan boshqa islom huquqshunoslaridan farq qiladi. Shu mazhab, birinchi bo`lib, savdo va iqtisodiy sohalardagi bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Shaxsiy huquq doirasida balog`at yoshiga yetgan inson mustaqil bo`lib, o`z mulki bilan o`zi hohlagan narsani qilishi mumkin.
Imom A`zam Abu Xanifaning shogirdlari bu mazhabni jamiyatning turli sohalariga tadbiq qilganlar. Masalan, Abu Yusuf Muhammad Ibn Xasan ash-Shayboniyning qator asarlarida soliqlar to`lash, merosxo`rlik, nomoz, tahorat, janoza, zakot, ro`za, haj, savdo, meros, nikoh, huquqbuzarlik kabi ko`plab hayotiy masalalarda fuqaro kodeksining asosini tashkil etib, huquqiy islohotlarning o`zviy qismini tashkil etgan.
ADABIYOTLAR:

1.I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. 1998.


2.I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 1996. t-3.asar
3.Mirkarim Osim. Jayxun ustida bulutlar. T. 1975.
4.Maqsud Qoriyev. Spitamen tarixiy roman. T., 1996.
5.Boynazarov F. Antik Dunyo. T., 1992.
6.Sulaymonova F. «Sharq va G`arb” T., 1999.
7.A.Asqarov. O`zbekiston tarixi. T. 1994.
8.O`zbekiston tarixi. Universitet nashriyoti. 1997.
Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling