О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


NAZARIY TAHLIL VA UMUMLASHTIRISH METODLARI


Download 0.82 Mb.
bet49/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

NAZARIY TAHLIL VA UMUMLASHTIRISH METODLARI.
Har kanday tadqiqot adabiy manbalarni o‘rganish, tahlil va umumlashtirishdan boshlanadi. Buning uchun tadqiqotchi biblio-grafiya bilan tanishadi va o‘ziga tahlil qilish uchun zarur adabiy manbalarni tanlab oladi va ularni o‘rganib tahlil qilib chiqadi.
Ma’lumotlarni yig‘ishda anketa va so‘roq varaqalaridan ham foydalanish mumkin.
PEDAGOGIK TADQIQOT METODLARI
Bu guruhdagi metodlar o‘z ichiga pedagogik kuzatishlarni oladi. Pedagogik jarayonni kuzatish maxsus tashkil etiladi, aniq qo‘yilgan vazifaga, kuzatish predmetiga ega bo‘ladi. Bunda tadqiqotchi pedagogik jarayonning borishiga aralashmaydi. U kuzatish rejasini ishlab chiqadi. Bundan tashqari kuzatuv natijasida tasdiqlanadigan yoki inkor etilishi kerak bo‘ladigan ishchi gipotezasi aniqlab olinadi.
Pedagogik kuzatishning afzalligi shundan iboratki, u obektlarni tabiiy sharoitlarda o‘rganish imkonini beradi. Kuzatishlar natijalari jurnal, kundalik, pratokollarga yozib qo‘yiladi.
EKSPERIMENTAL METODLAR
Tipik sharoitlarning o‘zgarish darajasiga ko‘ra tabiiy va laboratoriya eksperimenti farq qilinadi.
Tabiiy eksperimentda – mashg‘ulotlar odatdagi shart-sharoitdan chetga chiqmasdan o‘tkaziladi.
Laboratoriya eksperimentidamaxsus sharoit yaratiladi, tasadifiy hollarga chek qo‘yish maqsadida zarur materiallarni yig‘ishni o‘z ichiga oladi.
Eksperiment o‘tkazishdan oldin vazifalarni aniqlash, tadqiqot rejasini tuzish, eksperiment mashg‘ulotlar metodikasini, faktlarni qayd etish metodikasini ishlab chiqish lozim.
Eksperiment mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan gruhni eksperimental gruh, odatdagi metodika bo‘yicha shug‘ullanadigan kontrol (tekshiruvchi) gruh deb ataladi.
Eksperiment 3 turga bo‘linadi.
  1. Aniqlovchi eksperiment.


  2. Shakllantiruvchi (bilim beruvchi) eksperiment.


  3. Tekshiruvchi – tasdiqlovchi eksperiment.


Eksperiment tugagandan so‘ng bolalar qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kuzatish ma’lumotlari miqdor va sifat jihatdan tahlil qilinadi.


Eksperiment o‘tkazilgandan so‘ng xulosa va tavsiyalarni amalda tekshirish tashkil etiladi. So‘nggi bosqichda olingan natijalar bolalar muassasalari ishiga tadbiq qilinishi lozim.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling