О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet7/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Jismoniy ta’lim – jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlarharakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. “Mashq” iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi.
Sport – bu musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyat sanaladi.
Jismoniy madaniyat – umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasi.
Moddiy boyliklarga sport inshootlari: (stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal va boshqalar kiradi, shuningdek, kishilarning jismoniy kamolot darajasi ham kiradi.
Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltaryoshlik, rang-tasvir, grafika, muzika va yuoshqalar) mansub.
Jismoniy harakat – ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini ko‘zda tutadi.
Nazorat uchun savollar?
  1. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti nima?


  2. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining asosiy tushunchalariga nimalar kiradi?


  3. Jismoniy rivojlanish tushunchasini ta’riflab bering?


  4. Jismoniy madaniyat tushunchasini ta’riflab bering?


  5. Bolalar jismoniy tarbiyasi fan qaysi fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanadi?


  6. Jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy-tabiiy asosini qanday fanlar tashkil etadi?





Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling