О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet10/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Matematik metodlar
Matematik metodlar – eksperiment natijasida olingan ma’lumotlar matematik jihatdan qayta ishlanadi. Matematik qayta ishlash ma’lumotlari jadvallar, diagrammalar va grafik holida keltirilishi mumkin.

Nazorat uchun savollar?
1.Jismoniy tarbiya metodikasida tadqiqot metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2.Jismoniy tarbiya nazariyasida qanday turdagi tadqiqot metodlaridan foydalaniladi?
3.Nazariy tahlil va umumlashtirish metodlarini yoritib bering?
4.Pedagogik tadqiqot metodlariga ianday usullar kiradi?
5.Eksperimental (tajriba – sinov) metodlari tuzilishi qanday?
6.Tabiiy eksperimentni tashkil etish jarayoni nimalardan iborat bо‘ladi?
7. laboratoriya eksperimentini tashkil etish jarayoni nimalardan iborat bо‘ladi?
8.Matematik metodlar qachon qо‘llaniladi?

3 mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimi
Mavzu rejasi:
1.Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari.
2.Xorijiy davlatlarda bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi.
3.О‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi
Tayanch iboralar: Markaziy Osiyo va Sharq mamlakatlarida jismoniy tarbiyaning paydo bо‘lishi. Abu Nasr Farobiy Muso al-Xorazmiy, Imom Muhammad al-Buxoriy, Axmad al-Farg‘oniy, Imom Iso at-termiziy, Abu Rayxon al-Beruniy, Maxmud az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Axmad Yassaviy, Abu Ali ibn Sino


3.1 Sharq mamlakatlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari
Jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat va sport tarixining eng muhim muammolaridan biridir. Uning ibtidoiy jamoa davrida mavjudligi tan olingan bо‘lsada, biroq Markaziy Osiyo va Sharq mamlakatlarida jismoniy tarbiyaning paydo bо‘lishi va uning taraqqiyoti masalalari xanuzgacha tadqiq qilinmagan. Jismoniy tarbiyaning paydo bо‘lishini aniqlashni Markaziy Osiyo xalqlariga oid mehnat va ov qurollari, qadimiy inshootlari, qabrlar, tog‘dagi g‘orlar, qoyalarga ishlangan sur’atlar asosiy manba xisoblanadi.
О‘sha davrda fan va madaniyat shu darajada rivojlandiki, bizning diyorimiz bu borada misli qurilmagan yutuqlarni qо‘lga kiritdi. Abu Nasr Farobiy Muso al-Xorazmiy, Imom Muhammad al-Buxoriy, Axmad al-Farg‘oniy, Imom Iso at-termiziy, Abu Rayxon al-Beruniy, Maxmud az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Axmad Yassaviy, Abu Ali ibn Sino singari allomalar mamlakat madaniy-ma’rifiy sohasini yuksak chо‘qqilarga olib chiqdilar. Chunonchi, о‘zbekiston jismoniy madaniyati va sporti asoslari о‘sha fan va madaniyat arboblarining nomi bilan bevosita bog‘liqdir.
Sharq allomalarning yirik namoyondalaridan biri bо‘lgan. Abu Nasr ibn Uzlug ibn Tarxon al-Forobiy Aris daryosining Sirdaryoga qо‘yilgan joyida. Shosh-Xzirgi Toshkent shaxridan 200-260 km shimoliy-g‘arbda joylashgan Forob (Utror) shaxrida tavallud topgan. U deyarli barcha fan sohalarini egallab 160 dan ortiq asarlar ijod qilgan, u ayniqsa riyoziyot, falaqiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid buyuk asarlar, risolalar yozib jahonga mashhur bо‘lgan.Forobiy insonni tarbiyalashda ma’lum darajada tarbiyaning boshqa turlarini ham о‘z ichiga oluvchi (mehnat, estetik, jismoniy, gumanistik) axloqiy tarbiya bilan о‘zaro birligini xisobga olib, faqat shu asosda oliy baxtga erishish mumkinligini qayd etdi.
Forobiy ta’limotiga kо‘ra, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi jismonan baquvvat bо‘lishi lozim, ya’ni jismoniy tarbiya shaxsning garmonik rivojida eng muhim omillaridan biridir. «Inson tanasining kamolati-bu sog‘likdir. Sog‘likni saqlamoq,u bо‘lmagan taqdirda jismoniy tarbiya yordamida tiklamoq lozim».Olimning yuqoridagi pedagogik mulohazalari sog‘lom turmush tarzini shaqllantirish metodikasini tushunishda о‘ta muhim rol tutadi.
Forobiy ta’limoti Sharq pedagogik tafakkurining shaqllanish va rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatadi.
Sharq dunyosining buyuk daxo olimi Abu Ali al-Xusayn ibn-Abdullox ibn al-Xasan ibn Ali ibn Sino Buxoro yag‘inidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Sharqda «Shayx-ur Rais», g‘arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur bо‘lgan.
Jahon ma’naviyat beshigini tebratgan Ibn Sino mashhur shifokor, faylasuf, shoirgina bо‘lib qolmasdan, balki jismoniy tarbiyaga doir g‘oyat nodir meros qoldirga. Insonning ma’naviy yetuk bо‘lib, jismonan barkamol bо‘lishi uchun kurashgan va bu yо‘lga butun umrini tikkan olim о‘z asarlarida jismoniy tarbiyaning kishi uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini «Badantarbiya-kishi sog‘ligini saqlashda ulug‘vor usuldir», deya bashorat qildi, uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab berdi.
Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiyaga inson organizmini sog‘lomlashtirish va kasallikni davolash nuqtai nazaridan qarab, uni beshta asosiy qismga ajratdi, jumladan: 1. Tez harakatlar. 2.Nozik va yengil harakatlar. 3. Kuchliroq harakatlar. 4. О‘ta kuchli harakatlar. 5. Gavda uchun maxsus harakatlar.
U jismoniy tarbiyaning tez harakatlar turiga quyidagilarni kiritdi:
«О‘zaro tortinish, musht bilan turtinish, yoydan о‘q otish, tez yurish, nayza otish, yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik. Nayzabozlik, otda yurish, ikki qо‘lni silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchlarida turib. qо‘llarini oldga va orqaga chо‘zib tez, harakat qiladi». Olim о‘yin turlari va unsurlarini shunchaki sanab о‘tmasdan, balki xalq donishmandlari asosida hamda о‘zining kuchli bilimi bilan ularni boyitadi, inson kamoloti uchun qaysi tarzda foydali ekanligini tushuntiradi.
Ulug‘ xakim kasalliklarga chalingan bemorlarni jismoniy tarbiya vositalari bilan davolashga alohida e’tibor bergan. U isitmadan xolsizlangan, kо‘krak va qorin tо‘sig‘i kasalligidan zaiflashgan kishilarga aslo tizimning charchaganidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaxa bug‘ilishi kabi kasalliklardan qiynalayotganga jismoniy mashqlarning kuyidagi nozik va yengil turlarini tavsiya qiladi: arg‘imchoq: belanchaqlarda tik holda, о‘tirib yoki yotib uchish: qayiq yoki kemalarda sayir qilish:
Kuchliroq mashqlarga esa - ot va tuyaga minish: kajava va aravalarga tushish.
Jismoniy tarbiyaning о‘ta kuchli turiga maydonda qilinadigan quyidagi harakatlarni kiritadi:
-kishi maydonning u chetidan bu chetiga tez harakat bilan borib orqasi bilan qaytadi va har safar yurish masofasini maydonning о‘rtasidan turib qolganiga qadar kamaytira boradi: kishining о‘z soyasi bilan olishishi: chapak chalish:
-sakrash: nayza uchi bilan sanchish: katta va kichik kurralar bilan chavgon о‘yini: koptoklar bilan о‘ynash: kurash: tosh kо‘tarish, quvlashish:
-chopayotgan otni jilovidan tortib tо‘xtatish tortib tо‘xtatishning beshinchi turi «Gavda uchun maxsus harakatlar xisoblanib, ularning har birida ma’lum darajada о‘yin elementlari mavjud ya’ni: 1. qо‘l va oyoq harakatlari. 2.Kо‘krak va nafas a’zolarining harakatlari. 3 Butun tanaga oid harakatlar.
Ibn Sino xalqimizning milliy sport turi bо‘lgan milliy kurashimiz (buxorocha va farg‘onacha) haqida ajoyib ma’lumot qoldirgan. «Kurashning turlari ham bir nechadir, deydi u. Ulardan biri ikki kurashuvchining har biri о‘z raqibining belbog‘idan ushlab о‘ziga tortadi, shu bilan birga kurashuvchi о‘z raqibidan qutulushning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni kо‘yib yubormaslikka harakat qiladi.Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qо‘li bilan ikkinchisini maxkam quchoqlab о‘ziga tortadi va yonga agdaradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining о‘ng qо‘li ostidan о‘tkazishi kerak, kurashuvchilar gox kadrlarini tiklab, gox egiladilar.
Kurash turlariga yana kо‘krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bor kishining bо‘ynidan ushlab pastga egish, bir-birining oyoqlarini о‘z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling