О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet11/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Amir Temur 1336 yil 9 aprelda (xijriy 736 yil) da Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xо‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Temur yoshligidan yaxshi ta’lim va tarbiya oladi, о‘ о‘smirlik yoshidayoq Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtixon qilishib, Quvvai xotirasiga tasannolar aytishgan. О‘n ikki yoshga tо‘lganida u: «Bolalarcha о‘yinlardan orlanadigan bо‘ldim va vaqtimni о‘zimga tengqur о‘spirinlar bilan о‘tkazishga harakat qildim» 1
Temur tug‘ilishi bilan, ya’ni chaqaloq tug‘ilgan zaxoti namakobga chо‘miltirib, ketidan badaniga mol yoki yog‘ini surtganlar. qirq kungacha chaqaloqni kanda qilmay shо‘r suvga chо‘miltirishda, bosh-oyog‘ini yog‘lab, tezdan paxlavon bо‘lib ulgaysin, degan niyatda qо‘l-oyoqlarini tortib-tortib kuyishar edi.
Jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyotini о‘rganishda jahonga mashhur sarkarda va davlat arbobi bо‘lib tanilgan Amir Temur yaratgan saltanat hamda uning hayot faoliyati о‘ziga xos ibrat maktabi xisoblanadi.
Amir Temur о‘zining umri davomida turli mamlakatlarga о‘ttiz marotabadan ortiq qо‘shin tortib borgan va janglar qilgan. U bu janglar natijasida Kora, Egey va О‘rta Yer dengizidan to Hindistonning sharqi, Mug‘uliston va Xitoygacha, Hind okeanidan to Urol tog‘lari, Moskva ostonalari va Dnepr bо‘ylarigacha bо‘lgan
Hududlarni zabt etdi va buyuk bir saltanat barpo qildi. Yuqorida qayd qilingan jangu jadallar, harbiy yurishlar insondan afsonaviy jismoniy salohiyatni, qudrat, bahodirlik, aqli zukkolikni talab etardi, Amir Temur ana shunday siymolardan biri edi.
Temurning bunchalik shon shuxrati va zafar qozonishining siri mohir sarkardaligi, odillik va zukkolik bilan ish yuritishligi donishmandligi bilan bir qatorda yoshlikdan kurash, chavandozlik, nayzabozlik, qalqonbozlik, tiyranbozlik, qilichbozlik hamda ov qilish ilmini mukammal egallaganligidir.
Jamiyat taraqqiyoti tufayli harbiy-amaliy jismoniy mashqlardan sof sport turlari ajralib chiqqan, binobarin tirandozlik, chavandozlik yoki ot sporti, qilichbozlik va boshqalar. qilichbozlik sport turida ham Amir Temur kuragoniy о‘z davrining eng mohir ustalaridan sanalgan. U xech tab tortmay, xatto о‘n-о‘n besh nafar dushmanga qarshi qilich solgan. «Temurnoma» dagi kuyidagi satrlar bunga yorqin misol bо‘la oladi:
Nayzabozlik ham harbiy amaliy sport turlariga kirgan. Abu Ali ibn Sino «nayzabozlikni, tez harakatlar nayza uchi bilan sanchishni ravon va yengil mashqlar jumlasiga kiritgan. Nayzabozlik ot ustida bajariladigan mashq turlaridan biri. Amir Temur shiddatkor nayzaboz bо‘lgan «Filxol, qilich Arslon asloxa-yarog‘larini tokinub, nayzasini qо‘liga olib Amir ham musallix bulub, otlariga minub ikki tarafdin shovqin solib, birdan nayzabozlik qilib, Amirga nayza soldi. Amir chap berib, nayza solib erdi, orqasidin yana soldi. Hozir bо‘l, deb, Amir otin yoliga yopushti, nayza borib toshga tegib, ikki korish botti, yana tartib olib nayza soldi. Amir nayzani о‘tkazib, qilich qoldi, yosiga tegib bogidin uzildi..»
Har bir elat, urug, millat о‘zining milliy, ma’naviy va madaniy merosini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda, xuddi shu asosda xalqimizning kadimiy va navkiron milliy kurashi bunga misol bо‘la oladi.Kurash-bu paxlavon yigitlarning kuch sinashini. Yelkama-yelka turib ushlashib, bо‘yin va belni qaytarib har xil usullarni ishlatib raqibining yelkasini yerga tekizishdir. Milliy kurashimiz yoshlarni hayotga sog‘lom, baquvvat, jasur, epchil, kuchli, chidamli qilib tayyorlash va tarbiyalashda asosiy vosita bо‘lib xizmat qilgan.
Amir Temur bahodir, jasur, kо‘rkmas, sheryurak paxlavon bо‘lgan. Jismoniy kamchiligi-oyog‘ining oqsoqligi va ikki barmog‘ining yо‘qligiga qaramay raqiblari bilan yelkama-yelka olishuvlaga chiqaravergan
Amir Temur ulug‘ davlat arbobi va salohiyatli sarkarda bо‘lishi bilan bir qatorda bizga ibrat bо‘ladigan darajada turli sohalarga qiziqqan, kо‘p sohalarda muvaffaqiyatga erishgan edi. Xususan, shohmot sohasida о‘z davrida kamdan-kam unga tenglasha olgan 2.Shohmot yoki Shatranj Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimiy о‘yinlaridan xisoblanadi. Shuning uchun ham Turoni zaminimizda, shohmot о‘yini haqida kо‘plab tarixiy manbalar uchraydi. Turon mamlakati mashhur va mohir shohmotchilarga boy bо‘lgan. Amir Temur davrida shatranjchilardan Muhammad ibn Akiyl al-Xaymiy, Zeyn al-Yazdiy va boshqalar bо‘lib, ularning allomasi fikxchi, xadischi olim Allouddin at-Tabriziy edi. U Zeyin al-Yazdiyga ortiqcha bir piyola kuyar va undan g‘olib chiqar edi. Ibn Akiylga esa bitta ot quyib, uning ustiga minib olardi, ya’ni yengardi. Temur sharqu g‘arb iqlimlarigacha borib yetdi. Uning jangu jadalida har bir sulton yutkazib, har bir shoh jangda ham, shohmot о‘yinida ham undan yengilib mot bо‘ldi.
Amir Temur buyuk jahongirligi bilan bir qatorda, jismoniy salohiyatda benazir shaxs edi. U ta’qidlaganidek, «О‘z qudratimni saqlash uchun men bir kulimga adolat shamini va ikkinchi qо‘limga begarazlik shamini olib, bu ikki sham bilan butun umr buyi о‘z yо‘limni yoritib yurdim». U tiyrandozlik, chavandozlik, nayzabozlik, qilichbozlik, merganlik, kо‘l jangi va kо‘pgina milliy sport turlarini mukammal egallagan. Harbiy yurishdan oldin jangchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor berib dushman qо‘l, oyoqlarini qayirib sindirish, oyoq bilan tepish, mushtlashish, oyoq-qо‘lni bir vaqtda ishlatish usullarini kо‘rsatib, sipoxlariga namuna bо‘lgan. Shuningdek, maxsus tayoqlar, zanjirlar, gurziyu chukmorlar yordamida zarba berish, pichoq, bolg‘a sanchish maxoratini ularga jangoxlarda juda qо‘l kelgan. Sohibqiron navkarlarining qanchalik jismoniy tayyorgarlikka ega ekanligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. Sipoxlarning yaroq-jabduklari va anjom-jixozlari haqida, u: «Shunday buyruq berdikim, yurish vaqtida oddiy askardan har о‘n sakkiz kishi о‘zi bilan birga bir chodir olsin, har bir askar ikki ot, bir kamon bir sadoq о‘qdon, bir qilich, arra, digiz, bir kop, juvoldiz, bolta о‘nta igna va orqaga osiladigan charm halta olinsin. Bahodirlar har biri bitta oddiy temir sovut, dubulga, bir qilich olsin»,- deydi3.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling