О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet13/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Xitoyda jismoniy madaniyat xitoy inqilobining g‘alabasidan sо‘ng va xalq respublikasi tashkil qilinganligidan keyin tez sur’atlar bilan taraqqiy eta boshladi. 1949 yil oktabrida madaniyatning bu sohasida ahvol tubdan о‘zgardi. XXR da jismoniy madaniyat va sport sohasida ommaviy ishlarni о‘ulga kо‘yishda shu yili tuzilgan Umumxitoy jismoniy madaniyati va sport jamiyati muhim rol о‘ynadi. Korxona, muassasa о‘quv yurtlari va maktablarda tuzilgan jismoniy madaniyat jamoalari jamiyatning boshlang‘ich tashkiloti xisoblanadi.1953 yil XXR Markaziy xalq respublikasining qaroriga binoan Umumxitoy jismoniy madaniyat va sport davlat qо‘mita tuzildi. Bu qо‘mita sport inshootlari kо‘rish, sport anjomlari ishlab chiqarish va jismoniy madaniyat hamda sport kadrlari tayyorlash ishlarini jadallashtirib yubordi. 1954 yilda mart oyidan boshlab Xitoy davlat tashkilotlarida ish paytida majburiy suratda bajariladigan badantarbiya pauzalari joriy etildi.
1955 yil oktabrida Pekinda Xitoy tarixida birinchi marta Umumxitoy spartakiadasi bо‘lib о‘tdi. Kо‘pgina qishloqlarning yoshlarning yoshlari «zaryadka» bilan, sport о‘yinlari va boshqa jismoniy mashqlar bilan faol suratda shuqо‘llana boshladilar. Ishlab chiqarish kooperativlarida jismoniy madaniyat jamoalari tuzila boshlandi. qishloq yoshlari jismoniy madaniyat majmua meyorlarini topshirishga kirishdi, maktablarda о‘kuvchilar majburiy mashqо‘lotlardan boshqa о‘qishdan tashqi paytda sport ishlarida faol ishtiroq etdilar. Xitoy xalq respublikasida talabalarning jismoniy tarbiyasiga alohida ahamiyat berilmoqda.1953 yildan boshlab oliy о‘quv yurtlarining birinchi va ikkinchi bosqichlarida jismoniy tarbiya majburiy suratlar amalga oshirilmoqda. Yuqori bosqichlarda esa tanlab olgan sport turi bо‘yicha sport maxoratini oshirish joriy etilgan.
XXR da basketbol, voleybol, suv sporti,yelkanli sport, suzish gimnastika.stol tennisi va yengil atletik juda keng tarqalgan. Undan tashqari, shaybali xokkey, changi va konkida yurish sportining taraqqiy etishi yanglik xisoblanadi. 1953 yildan boshlab sportning bu turlari hamda uning boshqa kо‘pgina turlaridan mamlakat birinchiligi о‘tkazilmoqda.
Sportning hozirgi zamon turlarining taraqqiy etishi bilan bir qatorda uning milliy turlari: chavandozlik, yoy otish, mо‘ljalga irgitish yoki uloqtirish, xitoy boksi. «Ushu» qilichbozligi va boshqalarning takomillashuviga alohida ahamiyat berilmoqda.
Osiyo va Afrikaning kо‘pgina xalqlariga jismoniy mashqlar va о‘yinlar qadim zamonlardan ma’lum. Ammo mustamlaka asorati sharoiti bu xalqlar jismoniy madaniyatining taraqqiy etishiga tо‘sqinlik qildi. Ozodlikka erishgan mamlakatlarda sport tashkilotlarining faoliyati demokratik tus ola boshladi. Davlat tomonidan sport klublariga beriladigan moddiy yordam kuchaytirildi. Jismoniy tarbiya va sport milliy madaniyatning ajralmas qismiga aylandi.
Hindiston, Indoneziya va Birmada jismoniy tarbiya hamda sport ancha taraqqiy etdi, bu mamlakatlarda sportga raxbarlik qiluvchi yangi sport tashkilotlari tuzildi. Hindistonda 1946 yili 1 Umumhindiston jismoniy tarbiya konferensiyasida milliy jismoniy tarbiya va dam olish assotsiatsiyasi. 1949 yilda Umumhindiston sport tashkilotlariga raxbarlik qiluvchi organ tariqasida Hindiston milliy sport klubi tuzildi. Birmada sport ishlariga jismoniy tarbiya milliy kengashi boshchilik qiladi. Indoneziya, Birma va Hindistonda sportning yuksalishiga katta ta’sir kо‘rsatayotgan milliy olimpiada qо‘mitalari tuzildi. Shaharlarda territorial prinsip asosida sport klublari uyushmalar, soyuzlar tashkil etildi. Chempionatlar, kubok о‘yinlari va sport birinchiliklar, milliy о‘yinlar va sport birinchiliklar, milliy о‘yinlar va sport bayramlari muntazam о‘tkazilmoqda.
Bu mamlakatlarda sportning barcha olimpiada turlari keng yoyilmoqda Maysazorda о‘ynaladigan xokkey, futbol, yengil atletika, ayniqsa, taraqqiy etmoqda. Yoshlar basketbol va voleybol, velosiped sporti, suzish va yoydan otish bilan shug‘ullanayotir. Jismoniy mashqlarining kо‘pgina milliy turlari va о‘yinlar ham shuxrat qozongan. Sport maydonlari, gimnastika zallari va stadionlar kо‘rishga ancha e’tibor berilmoqda. Hindistonda Milliy sport stadioni Yangi Dexlida kо‘rildi. Indoneziyada Suraboy va Medanda stadionlar barpo qilindi. Jakartada juda katta sport majmuasi kurib tugatildi.
Milliy murabbiylar va о‘quvchi kadrlarni tayyorlash yaxshilanmoqda. M; Hindiston kollejlarida bir qancha jismoniy tarbiya Modullari bor.
Bombeyda Umumhindiston jismoniy tarbiya va sport instituti ochildi. Ammo milliy kadrlar masalasi hali yechilmagan, shu sababli Hindiston, Indoneziya va Birmaning sport tashkilotlari murabbiylarni chet ellardan taqlif qiladi.
Afrika qit’asida ham jismoniy madaniyat ancha yuksaldi. Afrikaning yangi davlatlari Gvineya, Gana, Mali va boshqalar sportdan mehnatkashlarning keng ommasini baxramand qilish uchun intilmoqdalar.
Gvineya Respublikasida jismoniy tarbiya barcha maktablar va о‘quv yurtlarida majburiy fanlar qatoriga kiritilgan, Gvineya xukumati sport tashkilotlariga sport inshootlarini qurishda hamda jismoniy tarbiya tarbiyachilari, murabbiylar va yо‘riqchilarni tayyorlashda moddiy yordam kо‘rsatmoqda. Mamlakatda futbol, boks, basketbol, voleybol, velosiped sporti, yengil atletika, dzyu-do va stol tennisi federatsiyalari tuzildi. Sport mashqо‘lotlariga faqat erkaqlargina emas, balki xotin-qizlar ham jalb qilingan.
Mali va Ganada futbol, yengil atletika, boks va velosiped sporti taraqqiy ettirilmoqda.
Afrikaning о‘n yettita davlatida jismoniy tarbiya va sportning yuksalishida muhim rol о‘ynayotgan milliy olimpiada qо‘mitalari tuzildi va ishlab turdi.
Taraqqiy qilgan AQSH, Angliya, Fransiya, Italiya,Yaponiya va boshqa davlatlarda jismoniy madaniyat va sport yuksaqlikka erishgan.
AQSH da mehnatkashlar bolalarining aksariyati jismoniy tarbiya va sportdan baxramand emas. Asosan badavlat kishilarining bolalari ta’lim oladigan о‘rta maktablarning kо‘pchiligiga zal, xavza, sport anjomlari bor. Bu maktablarda jismoniy tarbiyaga xaftasiga 45 daqiqadan 5 ta dars ajratilgan. О‘rta maktablarda yengil atletika, suzish, basketbol, beysbol va futbol bо‘yicha musobaqalar juda kо‘p о‘tkaziladi.
AQShda kollejlar (institutlar) va universitetlar sport ishlarining asosiy markazlari xisoblanadi. Yirik universitetlar (Kaliforniya, Pensilvaniya, Chikago va boshqalar) da gigiyena va jismoniy tarbiya Modullari, sport klublari tuzilgan. Ular jismoniy tarbiyani amalga oshirish, tibbiyot kо‘riklarini о‘tkazish va ichki hamda universitetlararo musobaqalar tashkil qilishdan iboratdir. Amerika kollejlari va universitetlarida basketbol, regbi, beysbol, yengil atletika, boks, suzish, eshkak eshish va tennis sportning eng kо‘p tarqalgan turlari xisoblanadi. AQSH da universitet sporti tomosha tavsifiga ega bо‘lib, о‘quv yurtlariga katta foyda keltiradi. Universitktlarda katta stadionlar, zallar, xavzalar bor va talabalar о‘rtasida juda kо‘p tomoshabinlarni jalb etishi va kо‘proq pul tо‘plashi mumkin bо‘lgan sport turlarining taraqqiy etishi raqbatlantiriladi.
«Yakka, atoqli sportchilar uchun sport» siyosati Amerikaning mustaqil sport klublari uchun ham xosdir. Urushdan keyingi yillarda Amerika sportchilari sportning bir qancha turlari (yengil atletika, basketbol, suzish, og‘ir atletika, boks, eshkak eshish) dan yuksak sport muvaffaqiyatlariga erishdilar. Bu sport harakatining ommaviyligiga emas, balki murabbiylarning о‘rta maktablardagi qobiliyatli yoshlarni tanlab olishi va ularni sport sohasida yanada о‘sishi uchun sharoitlar vujvdga keltirilgan universitetlarga yoki armiyaga joylashtirishning natijasidir.
Boshqa chet mamlakatlarda ham jismoniy madaniyat va sport shu jamiyat a’zolariga xizmat qilmoqda. Angliya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda jismoniy madaniyat ishlariga raxbarlik qilish davlat organlari (maorif va harbiy vazirlik), jamoat sport tashkilotlari (Federatsiyalar va sport turlari bо‘yicha ittifoqlar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu davlatlarda jismoniy tarbiya boshlang‘ich va о‘rta maktablarda majburiy fan xisoblanadi. Jismoniy tarbiya darsiga bir xaftada 2 soatdan 4 soatgacha vaqt ajratiladi. Uning asosiy metodi sport va о‘yinlar metodi xisoblanadi. Faqat Shvetsiya va Norvegiyadagina gimnastika darslariga jismoniy tarbiya barcha darsliklarning taxminan 50 foizi ajratiladi. Ba’zi mamlakatlar (angliya, fransiya) da maktablarning ta’lim rejalari: о‘yinlar, ekskursiya va turistik yurishlari uchun xaftasiga bir kun ajratish kо‘zda tutiladi.
Skandinaviya mamlakatlari maktablarida gimnastika mashg‘ulotlaridan tashqari sportdan ixtisos berish mashg‘ulotlari keng kо‘llanmoqda. Shvetsiyada sport soyuzlar tomonidan qо‘llab-quvvatlanadigan taxminan 5000 mustaqil guruh tuzilgan. Bu guruhlar maktab о‘quvchilari о‘rtasida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar paytida yengil atletika, suzish, futbol, eshkak eshish, changi, konki va sportning boshqa turlarini keng targib qilmoqda. Maktab sporti sport soyuzi «SKONE» barcha Skandinaviya mamlakatlari va Finlyandiyaning sportchi maktab о‘quvchilarini о‘zida birlashtiradi. Bu Soyuz sportchi о‘quvchilarni yoshi, jinsi va musobaqalar uchun belgilangan meyorlariga qarab toifalarga ajratadi. Skandinaviyada sportning ayrim turlari bо‘yicha sport nishonlari juda keng yoyilgan. Bu nishonlarga meyor topshirish sport natijalarining oshishiga yordam beradi. Suzish, yengil atletika, eshkak eshish. Changi va konkida yurish sporti va umumiy maktab sport nishoni meyori topshiruvchi maktab о‘quvchilarining soni yildan-yilga kо‘paymoqda.
Yaponiya о‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya о‘ziga xos xususiyatga egadir. Sportning xalqaro turlari bilan birga jismoniy mashqlarning milliy turlari ham taraqqiy ettirilmoqda. Milliy sport turlarining saqlanishi va ularning butunlay eskicha urf-odatlar bо‘yicha о‘tkazilishidan yoshlarni samurayla ruhida tarbiyalash uchun foydalanmoqda. Sportning bunday turlariga katta qilich bilan (yoki uzun tayoqcha bilan) bajariladigan qilichbozlik, sumo kurashi, dzyu-do, yoydan otish va suzish kiradi. Suzish, qurol bilan tik turgan holatda suzish, og‘ir narsalarni tashib suzish, suvning sayoz joyiga yuqori balandlikdan sakrash, burun, aylanma va tо‘siqlardan о‘ta bilish kabi murakkab malakalarni tarbiyalab yetishtiradi va x.k. Oliy о‘quv yurtlari (institut, universitet) da jismoniy tarbiya kafedralari va sport klublari bor.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling