Kо‘rsatma berish usuli – tarbiyachi tomonidan kо‘rsatilgan harakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil bajarishlarida zarur bо‘ladigan kо‘rsatmalar.
Suhbat usuli – yangi jismoniy mashqlar va harakatli о‘yinlarni joriy qilish va harakatlarni о‘rgatishda ularni tushuntirish, harakatli о‘yin syujetini aniqlashtirish talab etilganda oldindan о‘tkaziladigan suhbatlar.
Savol berish usuli – tarbiyachi jismoniy mashqlarning bajarilishidan oldin harakatlarni bajarish izchilligini anglash darajasini aniqlash yoki mazmunli harakatli о‘yinlar haqidagi tasavvurning bor yо‘qligini tekshirish, qoidalarni, о‘yin harakatlarini aniqlashtirish maqsadida bolalarga savollar beradi.
Farmoyish va singallar berish usuli. Masalan, «Tо‘xtang! Bir, ikki, uch yuguringlar», «Sakrab oyoqlarni yelka kengligida ochib turing!» Bu buyruqlar bolalarning javob harakat reaksiyasini tezligi va aniqligini vujudga keltiradigan turli intonatsiya va dinamikani talab qiladi. Bular qatoriga baland ovozda dona-dona qilib sanash va о‘yin boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham kiritish mumkin.
Ifodali mazmunli hikoya usuli. U harakatlardagi ifodalilikni rivojlantirish va о‘yin obraziga yaxshiroq kirish maqsadida qо‘llaniladi. Mazmunli hikoya ertakni qisqa hikoya qilishga о‘xshaydi (1,5-2 daqiqa) vaqt davom etadi. Bunda tarbiyachi о‘yin mazmuni va qoidalarini qisqa obrazli hikoyada ochib beradi. Masalan,“Bor ekanda yо‘q ekan, chiroyli qayrilma shoxli va beozor kulrang oq ona echki bor ekan. Uning bolachalari bor ekan…”
Bolalarni о‘rgatishda kо‘rgazmali va og‘zaki usullarning maqsadga muvofiq qо‘shib olib borilishi, ularning о‘zaro bog‘liqligi, harakatlarni idrok etish va qayta bajarishning aniqligiga va obrazliligini va bolalar bajaradigan harakatli topshiriqlar, ular mazmuni va har bir harakat faoliyatining barcha elementlari izchilligini ongli tushunilishini ta’minlaydi.
Amaliy metodga oid usullar. Bolalarni harakatga о‘rgatishda tarbiyachi kо‘rgazmali va og‘zaki usullar bilan о‘zaro bog‘liq turli amaliy usullar majmuasidan foydalanadi. U mashqlarni, harakatli о‘yinlardagi ayrim rollarni, boshqaruvchi rolini bajarib kо‘rsatadi, bolalarni topshiriqlarga jalb qilib va namuna kо‘rsatib ularni musobaqalarda qatnashishga rag‘batlantiradi. Masalan, kim harakatli topshiriqni tezroq, yaxshiroq, tо‘g‘riroq bajaradi, u bolalarga о‘zini qanday tutish va qanday xatti-harakat qilishni kо‘rsatadi.
Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etayotib butun ta’lim jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuniga muvofiq rejalab oladi.
Bolalarga jismoniy harakatlarni о‘rgatishda hamma metod va usullardan о‘zaro mujassam holda foydalanish lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalar harakat malakasi va kо‘nikmasini egallab boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |