О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Usul – metodning bir qismi, uni tо‘ldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismi. Kо‘rgazmali metodga oid usullar


Download 0.82 Mb.
bet20/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Usul – metodning bir qismi, uni tо‘ldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismi.
Kо‘rgazmali metodga oid usullar. Bolalarni harakatlarga о‘rgatishda kо‘rgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi. Yaqqol kо‘rish usullari harakat yoki ayrim harakat elementlarining tarbiyachi tomonidan tо‘g‘ri va aniq namoyish etilishidan; tevarak-atrofdagi hayot kо‘rinishlariga taqlid qilishdan; masofani tо‘g‘ri bosib о‘tishda mо‘ljal olishdan foydalanish; kо‘rgazmali qо‘llanmalar, teleyeshittirishlar, fotografiyalar, suratlar va h.k. foydalanishdan iboratdir.
Taktil – mushak kо‘rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya yordamchi vositalarini kiritish bilan ta’minlanadi. Masalan, tizzani baland kо‘tarib yugurish kо‘nikmasini hosil qilish maqsadida ketma-ket qо‘yilgan yoy shaklidagi darvozachalar qо‘llaniladi.
Yugurish paytida oyoqni bu tо‘siqlar osha kо‘tarib о‘tish, bolaning tizzani baland kо‘tarish kо‘nikmasini egallashiga yordam beradi.
Yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng yaxshieshitish kо‘rgazmasihisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsional kо‘tarinkilik ruhini uyg‘otadi, harakat harakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Shuningdek, tarbiyachilar harakat sur’ati va ritmini bashqarishda childirma (buben)dan foydalanadilar.
Kо‘rgazmalilik usullari bolaning harakatlarni tо‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongining kengayishiga harakatlarni bajarishda о‘z-о‘zini nazorat qilishning vujudga kelish sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Og‘zaki metodga oid usullari
Harakatlarga о‘rgatishdagi og‘zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi:
Bayon etish va tushuntirish – bunda bolalarga ulardagi mavjud hayotiy tajriba tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda tushuntiriladi.
Sharhlash usuli – harakatlarni aniq kо‘rsatish yoki uning ayrim elementlarini aniqlash asosidagi sharhlash.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling