O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus sirtqi bo‘lim


Download 41.48 Kb.
Sana20.06.2020
Hajmi41.48 Kb.
#120596
Bog'liq
falsafa


O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Maxsus sirtqi bo‘lim

..................yo‘nalishi............gruh

talabasi*****ning

Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi



Toshkent-2020y.


Falsafafanidan sirtqi bo‘lim talabalari uchun

sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami. T., Nizomiy nomidagi TDPU – 2020 yil.

Ushbu sessiya oralig‘i vazifalari universitetning maxsus sirtqi bo‘lim

1-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan.

Tuzuvchilar: F.f.d prof K.J.Tulenova

Falsafa doktori (PhD)

U.Q.Mamayusupov

f.f.n. M.Tillavoldieva

kat.o‘qit. M.Mamadjonova

Taqrizchilar: f.f.n. prof. M.Qaxxorova

f.f.n. dos E.X.Rasulev

Ushbu sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami Universitet Ilmiy Kengashining 2020 yil _______ № ____sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Falsafa” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari

Fan: Falsafa
Mavzular:
1. Falsafaning predmeti. Uning asosiy sohalari haqida umumiy ma`lumot (Ontologiya, antropologiya, metodologiya, aksiologiya).

2. Ong. Ijtimoiy ong. Gnoseologiya.

3. Falsafaning qonun va kategoriyalari.

4. Jamiyat falsafasi.

5 Etikaning predmeti uning asosiy tushunchalari.

6. Estetikaning predmeti uning asosiy tushunchalari.

7. Mantiq fanining predmeti, asosiy mantiqiy shakllar va mantiqiy qonunlar uning asosiy tushunchalari.
Nazorat ishi topshiriqlarining asosiy maqsadi:
Maxsus sirtqi bo‘limlarida a falsafa faniga 24 soat, (ma’ruza-10 soat, seminar-14 soat) ajratilgan. Mazkur fanni hozirgi kun talab darajasida o‘qitish, talabalarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini shakllantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining falsafa fani bo‘yicha bilimlari kunduzgi bo‘lim talabalarining reyting ballariga tenglashtirilgan.

Maxsus sirtqi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar bo‘lajak sessiyaga tayyorgarlik ko‘rar ekan, ular avvalambor adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni yakka tartibda mustaqil o‘qish ya’ni o‘z ustida tinimsiz qat’iyatlilik bilan ishlashi lozim.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari semestr boshida «Falsafa» fani bo‘yicha sessiya oralig‘i mobaynida topshirishlari zarur bo‘lgan 4 ta topshiriq oladilar va tavsiya etilgan adabiyotlar asosida mustaqil ravishda yozma tayyorgarlik ko‘rib boradilar. Variant asosida tuzilgan har bir topshiriqqa to‘g‘ri va to‘liq javob yozilishi, hamda javoblarda mantiqiy yaxlitlikka erishilmog‘i lozim.


Nazariy ma’lumotlar.
Ushbu qo‘llanmada talabalarga beriladigan topshiriqlar bir-birini takrorlamaydigan holatda alohida variantlarda tuzilgan bo‘lib, mustaqil ishlash uchun mavzu, reja va ularni yoritish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, ma’lum mavzu yuzasidan tayanch iboralar, keyslar, sinkveyn, svot tahlil, venn diagramma nilufar guli , FSMU, insert kaba pedlagogik texnologiyalardan foydalangan xolda ma’lum mavzu yuzasidan talabaga mustaqil ravishda topshiriqlar, testlar tuzishga oid savollar berilgan.

“Falsafa” fani bo‘yicha ishlab chiqilgan ushbu sessiya oralig‘i vazifalari sirtdan o‘qiyotgan talabalarning yangicha falsafiy dunyoqarash hamda tafakkur tarzini shakllantirish, ijodiy, mustaqil, erkin fikrlash ko‘nikmalarini hosil etishda uslubiy qo‘llanma vazifasini bajaradi degan umiddamiz.

“Falsafa” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari taqdim etiladi. Talabalarning “Falsafa” fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash va sinash, ularni kelgusi o‘qituvchilik faoliyatida kerak bo‘lgan asosiy rejalashtiruvchi (o‘quv – me’yoriy) hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, ularni ishlab chiqish bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish mazkur tayyorlangan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari to‘plamida o‘z aksini topgan.

Talabalar “Falsafa” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi topshiriqlar bilan, adabiyotlar bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqishadi, ayrimlarini o‘zlari mustaqil bajarishni o‘rganishadi.



4 - VARIANT
1 – topshiriq. Quyidagi mavzu yuzasidan o‘z bilimingizni namoyon eting. Falsafaning predmeti. Uning asosiy sohalari haqida umumiy ma`lumot (Ontologiya, antropologiya, metodologiya, aksiologiya).

Reja:

1. Falsafada inson muammosi, uning mohiyati. Inson, uning mohiyati, hayotdagi o‘rni, qadr-qimmati, iymon-e’tiqodi, odob-ahloqi xaqida sharq mutafakkirlarining qarashlari.

2. Insonda biologik va ijtimoiy jihatlar. Odam va ongning kelib chiqishi va mohiyati xaqida diniy, ilmiy va falsafiy qarashlar.

3. «Odam», «Inson», «Shaxs» tushunchalari.



Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.
Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha "philosophia" soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.
F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.
F. Bekon va R. Dekart F.ni "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant F.ga "dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga "qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni F. deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga "oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash F.ning asosiy vazifasi deb bildi.
F.ning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik F.si, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F.si, naturfalsafa, fan F.si, tarix va madaniyat F.si, siyosat F.si, din F.si, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon F.sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va boshqa anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi F. yoʻnalishlari vujudga kelmokda. F.ning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.
F. tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixidir. F. tarixiga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy F.si, hind F.si, Yevropa F.si ajratib koʻrsatiladi. Yirik diniy taʼlimotlar sifatida hinduiylik F.si, xristianlik F.si, buddaviylik F.si, islom F.sini koʻrsatish mumkin.
Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga "Qoʻshiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.
Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi 6—5-asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik F. davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) F.ni (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr F.si kosmologik (gilozoistik) F. va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; miloddan avvalgi 6—4-asrlar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon F.siga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel F.si yunon F.sining shuhratini oshiradi. Yunon F.sidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.
Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom F.si (6—8-asrlar), sharqiy islom F.si (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom F.si (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).
Ilk islom F.si davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom F.si (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy islom F.si (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. F.ning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf F.si, tabiatshunoslik F.si, mantiq F.si va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, islom F.si oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom F.si rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.
Yevropa F.si esa oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bogʻlagan. Toʻgʻri, Yevropadagi diniysxolastik falsafiy gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va F.si, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa F.si sxolastik davri, Uygʻonish davri, yangi davr va nemis klassik F.si davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi (Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik F.si, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits, X.Volf, J.Berkli, D.Yum, GT.Beyl, Sh.Monteskye, Volter, Russo, D.Didro, D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va boshqa faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik F.si Gerder, Kant, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.
F. tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar.
19—20-asrlardagi falsafiy oqimlar: Shopengauer F.si, O.Kont pozitivizmi, marksizm, empiriokrititsizm, neokantchilik, F. Nitsshening hayot F.si, pragmatizm, neopozitivizm, postpozitivizm, neotomizm, freydizm, ekzistensializm, germenevtika, strukturalizm, relyativizm, konstruktiv empirizm, fenomenalizm va boshqa 21-asrga kelib har bir mintaqa, davlat va millatning tafakkur tarzini oʻzida ifoda etuvchi falsafiy maktab va oqimlarning shakllanishidan tashqari jahondagi ijtimoiy jarayonlarning keskin va jadal oʻzgarib borishi, global miqyosga koʻtarilishi umumjahon miqyosidagi falsafiy muammolarni hal etish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Bunday muammolar sirasiga ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, tinchlik va urush muammosi, ekologik, energetik muammolar, xom ashyo, oziq-ovqat va chuchuk suv muammolari, demografiya, sogʻliqni saqlash, axborotlar muammosi, maʼrifat va maʼnaviyat tanqisligi muammosi va boshqa kiradi. Bu muammolarni yechish yoʻllarini koʻrsatish va tahlil etish 21-asr F.sining dolzarb vazifasidir. Oʻzbekiston F.si Sharq F.sining tarkibiy qismi, oʻzbek xalqining oʻziga xos boʻlgan tafakkur tarzining namoyon boʻlishidir. Uning tarixiy ildizlariga qad. Turon va Turkistondagi xalq ogʻzaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik gʻoyalari, tariximizda oʻtgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom F.si, islomning muqaddas kitoblari, tasavvuf F.si, moturidiylik taʼlimoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik goyalari, maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu F. jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi. Oʻzbekiston F.si oʻzbek xalqining tafakkur tarzi sifatida 20-asrda shakllandi. Unda Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillari ishtirok etishgan. Uning namoyandalari Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Ishoqxon Ibrat, Soʻfizoda va boshqa Sharq F.si anʼanalarini, milliymaʼnaviy, axloqiymaʼrifiy qadriyatlarni shoʻrolar davrida ham saklab qolish va rivojlantirishga intilyshdi, lekin bu intilishlar ularning kommunistik tuzum qurboniga aylanishiga sabab boʻldi. Sovet tuzumini yoklagan ilm sohiblarigina qatagʻonlardan omon qolishdi. S.Ayniy va 3. V. Toʻgʻonlarning F. tarixiga oid bir qancha maqolalari bosilib chiqdi. Sovet davrida F. fani chuqur mafkuraviy inqirozga uchragan, kommunistik tuzumning xizmatkoriga aylantirilgan edi. Yozuvning arabcha grafikadan lotin grafikasiga, undan kirillcha grafikaga oʻtkazilishi milliy fan va F. taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Naim Sayd, K. Yerzin, Hakim Neʼmat, R. Xolmurodov (Mallin) singari olimlar F. sohasida faoliyat koʻrsatdilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston FA tashkil etilishi ijtimoiy fanlar, xususan, F. fani taraqqiyotiga turtki berdi. Bu davrda S. Valiyev, J.M.Boboyev, H.Gʻ.Rasulov, AL.Ayupov, S.Azimov, I.Moʻminov, V. Zohidovlar F. faniga sezilarli hissa qoʻshishdi. Oʻzbekistonda F. tarixi (V.Zohidov, M.M.Xayrullayev, M. Baratov, h.F.Vohidov, A.Sharipov), tabiatshunoslik F.si va bilish nazariyasi (O.Fayzullayev, B.Ismoilov, J.Tulenov, K.Ivanova, M.Abdullayeva), mantiq (M.Xayrullayev, K.Haqberdiyev, M.X.Nurmatov, L.Ye.Garber), madaniyat F.si (K. Sodshov, S.Shermuhamedov, N.Gʻoyibov), din (S.Azimov, A. Ortitov, M.A.Usmonov, J.Bozorboyev), axloq (Y. Jumaboyev, XAliqulov, X.Shayxova), ijtimoiy F. va siyosatshunoslik (E.Yusupov, R.Abdushukurov, K.Valiyev, h.Pulatov, S.Tursunmuhamedov, Q.Xonazarov) yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, F. fani oldida uni kommunistik mafkura asoratlaridan tozalash, jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini falsafiy tahlil etish, milliy istiklol gʻoyasining ilmiynazariy asoslarini ishlab chiqish, respublikada shakllanayotgan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish xususiyatlarini ochib berish kabi vazifalar paydo boʻldi. Oʻzbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1998 yilda "Tafakkur" jur. bosh muharririning savollariga bergan javobda yangi jamiyatni bunyod qilishda milliy mafkura va u tayanadigan milliy F.ning roliga katta baho berar ekan, gʻoyaga qarshi faqat gʻoya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan bahsga kirishish kerakligini taʼkidladi.
Hozirgi davrda respublika faylasuflari oldida ijtimoiy voqelikning qonuniyatlarini tadqiq etish, mamlakatning istiqboli uchun xizmat qiluvchi gʻoyaviy zaminni yaratishdek muhim vazifalar turibdi.
Oʻzbekistonda F. boʻyicha i.t.lar oliy oʻquv yurtlari F. kafedralarida, Falsafa va hukuq institutida olib boriladi. OʻzMUda F. fakulteta mavjud. Respublikada Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyat koʻrsatmokda. F.ga oid i.t.lar "Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar" (Oʻzbekiston FA nashri), "Falsafa va huquq" (Oʻzbekiston FA falsafa va huquq instituti, Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyatining nashri), "Tafakkur" jur.larida chop etiladi.

Adabiyotlar:



1. Sh.M. Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va oli janob xalqi miz bilan birga quramiz. T.:“O‘zbekiston”, 2017 yil

2. Sh.M. Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonlik garovi. T.: “O‘zbekiston” 2017yil

3. Sh.M.Mirziyoev. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O‘zbekiston” 2017yil

4. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent. O‘zbekiston. 1998 yil.

5. Q.Nazarov tahriri ostida. G‘arb falsafasi. O‘quv qo‘llanma. T.: Sharq, 2004

6. Choriyev A. Inson falsafasi. O‘quv qo‘llanma.(lotin). T., 2007 yil.

7. Davronov. Z. Falsafa O‘quv qo‘llanma (lotin). T., “Moliya-iqtisod” 2006.

8. Ye.Yusupov. Falsafa O‘quv qo‘llanma (lotin). T.,2005 yil

9. Shermuxammedova N.A. Falsafa va fan metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma (kirill). T.: Universitet, 2005

10. Axmedova M . Falsafa. Darslik (lotin). T., 2006 yil.

11. Nazarov Q tahriri ostida. Falsafa asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: Sharq, 2005

12. Nazarov. Q. Bilish falsafasi. Bilish falsafasi (Gnoseologiya). O‘quv qo‘llanma (lotin). T.: Sharq, 2005

13. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi – Aksiologiya. O‘quv qo‘llanma. (Kirill). T.: O‘FMJ, 2004.

2 – topshiriq. Quyidagi tayanch iboralardan bir-biriga bog‘lash asosida muayyan mavzu yuzasidan o‘z bilimlaringizni namoyon eting.

Pozitivizm, empiriokrititsizm, neopozitivizm, mantiqiy pozitivizm, semanitik pozitivizm, pragmatizm, ekzistensializm.


1)Pozitivizm (frantsuzcha pozitivisme, lat. Positivus - ijobiy) - bu haqiqiy, haqiqiy bilim, empirik tadqiqotning yagona manbasini aniqlaydigan va falsafiy tadqiqotning kognitiv ahamiyatini inkor etuvchi falsafiy ta'limot va fan metodologiyasidagi yo'nalish.
Pozitivizm asosiy tezisdir: barcha chinakam (ijobiy) bilimlar maxsus fanlarning to'plangan natijasidir.

2)Empirio-tanqid (yunoncha: ἐμπειρία - tajriba va tanqid, "tajriba tanqidi" yoki "tajriba nuqtai nazaridan tanqid"; shuningdek "Ikkinchi pozitivizm" nomi bilan ham tanilgan) falsafiy yo'nalish bo'lib, uning asoschisi Richard Avenarius: Avenariusni bilish nazariyasining boshlang'ich nuqtasi. o'ylash yoki mavzu, muhim narsa yoki ob'ekt emas, balki odamlar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri tan olingan shaklda sof tajriba

3)Neopozitivizm (neo... va pozitivizm) — 20-asr falsafasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri. Pozitivizmning hozirgizamon shakli N.ga Vena toʻgaragi qatnashchilari M. Shlik, R. Karnap, O. Neyrat asos solgan. N.ning Angliyada tarqalishida B. Rassel, L. Vitgenshteyn va boshqa katta oʻrin tutgan. N.ning asosiy gʻoyalari empirizm va fenomenalizmta (J. Berkli, D.Yum) borib taqaladi.
Falsafaning dunyoqarash masalalarini nazariy bilish vositasi sifatidagi imkoniyatlarini rad etib, fanni falsafaga qarshi qoʻyadi. Bilimni (yoki ilmiy, falsafiy, ogʻzaki tilni) mantiqiy yoki lingvistik tahlil qilish uslubini ishlab chiqishni maq-sad qilib olgan. N. gʻoyalari Vena toʻga-ragi faoliyatida oʻz ifodasini topdi, uning asosida mantiqiy pozitivizm vujudga keldi. N.ni fan falsafasi (Ch. Morris, P. Brijmen), Shvepiyadagi Upsala maktabi va boshqa yoʻnalishlarning vakillari qoʻllabquvvatladilar. 1950-yillarda lingvistik falsafa katta nu-fuzga ega buldi. Fanning uslubiy ma-salalarini ishlab chiqishni daʼvo qilib, amalda ularni hal eta olmadi. N. namoyandalari hozirgi formal mantiq, semiotika va fan mantigʻi rivojida muayyan rol oʻynadi.

4) Mantiqiy pozitivizm; mantiqiy empirizm va neopozitivizm - bu eppemologiyadagi matematik va mantiqiy-lingvistik inshootlarga asoslangan ratsionalizmga asoslanib, dunyoni anglash uchun kuzatuv dalillari zarur degan fikrni o'z ichiga olgan empirizmni o'z ichiga olgan falsafa maktabi.

5) 1939 yilda Falsafa va fanning mantig'i bo'yicha Garvard Kongressida ba'zi mantiqiy pozitivistlarning semantika pozitsiyalariga o'tishi rasman e'lon qilindi. Ilmiy "til" dan mantiqiy pozitivizm tamoyillari jonli milliy tillarga o'tkazildi. Buning sababi neozitivistlarning yorqin qarama-qarshilikni engib o'tish istagi edi, unga ko'ra, mantiqiy pozitivizmda falsafiy tahlil predmetiga aylangan til o'zining asosiy funktsiyasi - aloqa funktsiyasidan va shuning uchun ma'noni uzatish funktsiyasidan (aniq mazmun, ma'lumot) ajralib chiqdi. U "mantiqiy sintaksis" ga o'zboshimchalik bilan birlashtirilgan belgilar tizimiga aylandi. Doimiy ravishda neozitivistlarni qidirib topish, aloqa funktsiyasini hisobga olib, tilni tahlil qilish dasturini kengaytirish vazifasini qo'ydi.
Semantik pozitivizm ham heterojen bo'lib, unga akademik semantika ham kiradi

6) Pragmatizm (boshqa yunon tilidan: mπράγa, genital mπράγaτος - "xatti-harakat, harakat") - bu haqiqat va semantik ahamiyat mezoni sifatida amaliyotga asoslangan falsafiy harakat. Uning kelib chiqishi XIX asrning faylasufi Charlz Pirsning nomi bilan bog'liq bo'lib, u birinchi marta pragmatizmning "maksimalini" shakllantirgan. Keyingi pragmatizm Uilyam Jeyms, Jon Dyui va Jorj Santayana asarlarida rivojlandi. Pragmatizmning asosiy yo'nalishlari orasida instrumentalizm, fallibilizm, anti-realizm, radikal empirizm, verifikizm va boshqalar mavjud.

7) Ekzistensializm (lot. — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E.ning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. E. borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. E. oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katga taʼsir koʻrsatgan.
3-topshiriq.“Blis so‘rov” metodidan foydalanib, “Metodologiya- uslublar to‘g‘risidagi ta’limot” mavzusini yoritib bering\

Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. M. metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi M.ga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi M.ga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan M.ga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin.


M.ga ilmiy bilishning , voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Mac, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim M. deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk M. vazifasini oʻtagan. M. taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda M. boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. M. haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, M. rivojiga Kant, Fixte, Shelling , Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik M.ning asoslarini ishlab chikdi. 20-asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik M.lar falsafada eng obroʻli falsafiy M.lar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish M.lari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.


Bugungi kunda sinergetika M.si olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohi-yatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini oʻtamoqda.
4-topshiriq. Quyidagi test savollariga javob bering:
1. Mulk qadriyatning qaysi shakliga kiradi?

a) Moddiy qadriyatlar.

b) Ijtimoiy qadriyatlar.

v) Ma’naviy qadriyatlar.

g) Iqtisodiy qadriyatlar.


2. Mamlakat tabiiy boyliklari qaysi qadriyatlarga kiradi?

a) Milliy qadriyatlar.

b) Umuminsoniy qadriyatlar.

v) Iqtisodiy qadriyatlar.

g) Ijtimoiy qadriyatlar.


3. «Millat» tushunchasining ma’nosi.

a) Insoniyatning dunyoga kelishi va taraqqiyotining maxsuli.

b) Ma’lum xududda yashab, tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib, ma’naviy–ruxiy saloµiyati yagonaligi asosida shakllangan ijtimoiy–tarixiy birlik.

v) Muayyan hududda istiqomat qiladigan, tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib, takomillashib boradigan, o‘zining ichki dunyosi, ruµiyati, intellektual saloµiyatining yangi–yangi qirralarini namoyon etib beradigan kishilar birligi.



g) Til, madaniyat, milliy o‘zlikni anglash ruµiyati, urf–odatlar, qadriyatlar, an’analar yagonaligi asosida muayyan xududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan boQlangan kishilar birligi.
4. «O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risidagi qonun» qachon qabul qilindi?

a) 1989 yil 21 oktyabr.

b) 1989 yil 29 oktyabr.

v) 1990 yil 5 dekabr.

g) 1991 yil 31 avgust.


5. Milliy qadriyatlar nima?

a) Millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi.

b) Ma’naviyat, madaniyatning barcha ko‘rinishlari, urf–odatlar, rasm–rusumlar, marosimlar, an’analar.

v) Muqaddas dinimiz – Islom.



g) Ma’lum millat tomonidan e’zozlanadigan va shu sababli ular tomonidan qadrlanadigan barcha narsa va xodisalar majmui.
6. Til qaysi qadriyatlar turkumiga kiradi?

a) Umuminsoniy qadriyat.



b) Milliy qadriyat.

v) Mintaqaviy qadriyat.

g) Ma’naviy qadriyat.
7. Din qaysi qadriyatlar turkumiga kiradi?

a) Shaxsiy, umuminsoniy qadriyat.

b) Milliy, ma’naviy qadriyat.

v) Mintaqaviy qadriyat.



g) Ma’naviy, madaniy qadriyat.
8. Mustaqillik bayrami qaysi qadriyatlar turkumiga kiradi?

a) Umuminsoniy qadriyat.

b) Mintaqaviy qadriyat.

v) Milliy qadriyat.

g) Madaniy qadriyat.


9. Xududiy yaxlitlik qaysi qadriyatlar turkumiga kiradi?

a) Umuminsoniy.



b) Mintaqaviy.

v) Milliy.

g) Ma’naviy.
10. Inson erkinligi va haq-huquqlari qaysi qadriyatlar turkumiga kiradi?

a) Umuminsoniy.

b) Mintaqaviy.

v) Milliy.

g) Ma’naviy-madaniy.





Download 41.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling