O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus sirtqi bo‘lim
Download 74 Kb.
|
40383 40-ВАРИАНТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus sirtqi bo‘lim “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati ” fanidan
- Toshkent-20 20 y. 40-variant 1 – topshiriq.
- Buyuk davlatchilik shovinizmi
- I rqchilik
- Kosmopolitizm
40-variant 1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash. Millatlar mavjud ekan, ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlar ham bo‘ladi. SHunday ekan, bugun globallashuvning bu jarayonga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirining oldini olish haqida bosh qotirish va samarali mexanizmlarni topish o‘z mustaqilligini, erkini, o‘ziga xosligini qadrlashga qodir bo‘lgan barcha millatlar oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Respublikamizda ham millatlararo totuvlikni ta’minlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish g‘oyasi davlatimiz birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelgan. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ham o‘z saylovoldi dasturidayoq tinchlikni ta’minlash, millatlar va dinlararo totuvlik muhitini qo‘llab quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi ayovsiz ko‘rash masalalarini asosiy tamoyil sifatida olg‘a surdi. Saylovoldi dasturidan kelib chiqqan holda, so‘nggi oylarda Prezidentimiz tashabbusi bilan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi. Strategiyada beshinchi yo‘nalish sifatida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” belgilandi. Bu ham, yurtimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, millatlar va diniy bag‘rikenglikka berilayotgan e’tibordan dalolat beradi. “Bag‘rikenglik” tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. “Tolerantlik” – lotincha “tolerare”, ya’ni “chidamoq”, “sabr qilmoq” ma’nosini anglatgan bu so‘z, asosan biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi ma’no kasb etib, “chidamlilik”, “bardoshlilik”, “toqatlilik”, “o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish”, “muruvvatlilik”, “himmatlilik”, “kechirimlilik”, “mehribonlik”, “hamdardlik” kabi ma’nolarga ega. 2. Milliy – ma’naviy meros va uning tarkibi.
«Qadriyat» tushunchasi - juda keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi - ma`naviy qadriyatlardir. Milliy-ma`naviy qadriyatlar - «milliylik», «Ma`naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi. «Milliy ma`naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan, manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma`naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, g`oyalar va me`yorlar milliy ma`naviy qadriyatlardir. Har bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san`ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma`naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol’ o`ynaydi. Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga xos mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. YOsh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamon qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. Milliy g`oyani ob`ektiv anglashda qadriyatlar va ma`naviyat olamini bilish va uni amaliy o`rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma`naviy taraqqiyotga ta`sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. 3. Millatlararo totuvlik g‘oyasining mohiyati. Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri bo`lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yoki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g`oyasi umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir. 2 – topshiriq: mustaqil ta’lim mavzulari ustida ishlash:
1. “О‘zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglikning huquqiy asoslari.” mustaqil ish mavzusi. 3-topshiriq: quyidagi tayanch so‘z va iboralarni izohlang buyuk davlatchilik shovinizmi, inson ongi va qalbi uchun kurash, irqchilik, kosmopolitizm, kosmopolitizm Buyuk davlatchilik shovinizmi — koʻp millatli mamlakatlarda tarixiy taraqqiyot jarayenida davlatda yetakchi mavqeni egallagan, oʻz millatini "oliy" millat deb eʼlon qilgan hukmron millat mafkurasi va siyosati, shovinizm va millatchiliyutt bir turi. Millim va koʻp millatli davlatlar hamda mustamlaka imperiyalari tashkil topayotgan davrda vujudga kelgan. Hukmron "buyuk" millatlar siyosati boshqa millat va elatlarni asoratga solish, ayovsiz ishlatish, iqgisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda kamsitishga qaratilgan. Maye, Rossiya imperiyasida yashovchi mazlum xalqlarga, jumladan Turkiston xalklariga nisbatan Buyuk davlatchilik shovinizmi shahriga asoslangan siyosat amalga oshirildi, ularning kad. madaniyati, maʼnaviyati, ilmmaʼrifati, dini va urfodatlari oyoq osti qilindi. Shoʻrolar zamonida mazkur siyosat turli mafkuraviy usullar bilan, mas, "baynalmilallik" shiori ostida davom ettirildi. Irqchilik — irqiy kamsitish siyosati. Inson irqlarining jismoniy va ruhiy jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga hal qiluvchi taʼsiri, odamlarning azaldan oliy va past irqlarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga asoslanadi. Shu daʼvolarga koʻra, oliy irqlar goʻyo boshqa irqlar ustidan hukmronlik qilishga daʼvat etilgan, sivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irqlar esa yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto oʻzlashtirishga ham qobiliyatsizdir. Fransuz J. A. Gobino 19-asr oʻrtalarida birinchi bor Irqchilik gʻoyasini surib, oliylarni "oliy irq" deb eʼlon qiladi. Irqchilik fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga koʻra majburan ajratish hamda aparteidni oqlashda Irqchilikdan foydalaniladi. Irqchilik sionizm bilan hamohang . Irqchilik xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jumladan, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyada keskin qoralangan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995yil 31 avgustda mazkur Konvensiyaga qoʻshilgan. Kosmopolitizm (yunon. kosmopolites — dunyo fuqarosi) — dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kyechish g‘oyasini ilgari suradigan qarash. Kosmopolitizm ya’ni, qaerda yaxshi hayot bo‘lsa o‘sha erni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yo‘qotadi, g‘ururni o‘ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir. Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling