O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Ustanovkalarning shakllanishida ijtimoiy psixologik omillarning ta’siri


Download 51.87 Kb.
bet5/7
Sana22.01.2023
Hajmi51.87 Kb.
#1109989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
asad ustanovka

Ustanovkalarning shakllanishida ijtimoiy psixologik omillarning ta’siri.

Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabietdan ainan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yokishini tushunmaidi Usha guruhdan yangi bir kitob kitob qo’lga kirganda u albatta yokishi kerak degan tasavvurda bo`ladi shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosatbatlarga o’xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi, bilimlar ham o`z ifodasini topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu ob’ektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayorgarlik holatidir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi g’arbda, ayniqsa, Amerika Kushma SHtatlarida har taraflama chukur o’rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlariga bogligini urginib, shaxs xulq atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. (U. Tomas, F. Znanaetskiy, G. Olport, M. Smit, K. Xovland, Laper, D. Kats, N. Rokich va boshqalar) ular ijtimoiy ustanovkani bir so`z bilan -"attityud"so’zi bilan ifodalaydilar. 1942 yildaek M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko’ra attityudda uchs qism bo`lib, bo’lar kognitiv qism, affektiv qism hamda konativ qismlardir. Kognetiv qism - bu shaxsdagi attityud obektiga nisbattan bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan tashqari g’oyalar, tasavurlar prinsiplar va xoka’zolar kiradi. Attityudning affektiv qismi - bu usha ob’ektni hissiy emotsional baholash bo`lib, yoktirish yoki yoktirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qismi yoki xulq-atvor bilan bog’liq qismiga esa ob’ektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi. Lekin ba’zi olimlarda ustanovkaning aynan ob’ektga yoki vaziyatga nisbatan bo`lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ham bor edi. Xususan, Laperning 1934 yilda o’tkazgan mashxur eksperimenti bunga masol bo`lishi mumkin. Eksperimentning mazmuni quyidagicha edi. Laper ikkita xitoylik talabalar bilan AQSH buylab sayoxatga chiqadi. Ular hammasi bo`lib 252 ta mexmonxonada bo`lishib, ularning deyarli barchasida (bittasidan tashkari) ilik, samimiy munosabatning guvoxi bo`lishadi. Ma’lumki, usha paytlarda irkiy belgi bo`yicha odamlarga tanlab munosabatda bo`lishar, xitoyliklar ham sarik tanlilar sifatida kamsitilardi. Laper bilan xamrox bo`lgan talabalarga munosabat bilan olimga bo`lgan munosabat o’rtasida deyarli fark sezilmadi. Saexat tugagach, Laper usha barcha mexmon egalariga minnatdorlik, yana usha talabalar bilan borsa, yana ushanday ilik utib olishlari mumkinligini so’radi. Javob faqat 128 ta mexmonxona egalaridan keldi, ularning ham bittasi ijobiy javob, 58 da rad javobi, qolganlarida turlicha formalarida noaniq javoblar olindi. Bundan Laper shunday xulosaga keldi:demak, xitoy millatiga mansub shaxslarga nisbatan ustanovka bilan mexmonxona egalarining real xulq-atvorlari o’rtasida fark bo`lib, aslida ustanovka salbiy ekanligi, vaziyatga qarab esa, u boshqacha-ijobiy namoyon bo`lganligi aniqlandi.
Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo`lgan umumiy qonuniyatlardan yana biri uning uzoq muddatli xotira bilan bog’liqligidir. Ayni vaziyatga shakllangan obrazlar uzoq muddatli xotirada saklanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya’ni "jonlanadi". Masalan, ba’zi bir etnik steriotiplar ana shunday xotira obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka ob’ektga hamda konkret vaziyatga bog’liqdir. Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida o’zgarishi mumkinligi muhim ijtimoiy psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovlant fikricha, ijtimoiy ustanovka urgatish Yo’li bilan o’zgarishi mumkin. Ya’ni o`quvchilardagi turli ustanovkalarni o’zgartirish uchun ragbatlantirish yoki ja’zolash sistemasini o’zgartirish lozimdir. Ikki shaxs yoki shaxs bilan guruhning ustanovkalari mos kelmay qolgan sharoitda esa tomonlardan biri ongli ravishda o`z ustanovkalarini o’zgartirishi shartdir. Aks holda nomutanosiblik prinsipiga ko’ra shaxslararo nizo yoki kelishmovchilik paydo bo`lishi mukarrardir. Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana shu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy xamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o’ziga xos intilish, laekat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o’rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida Ijtimoiy psixologiya alohida o’rin egallaydi.
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birgan u uta navkiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarix, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi bilan e’tirof etilsa, u o`z uslubieti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so`z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Umumiy holda, hozirgi kunda Ijtimoiy psixologiya predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda xamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, goyalar, his- tuyg’ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda o’ziga o’xshash shaxslar bilan urnatadigan murakkab o’zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo`ladigan xodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish Ijtimoiy psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, ijtimoiy ustanofka, ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Ijtimoiylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri bo‘lib, bu atama shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni o‘zlashtirishga moyilligi yoki o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosi ostida individ tug‘ilib, uni o‘rab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, undan so‘ng jamiyatga qo‘shilishi, o'rgangan barcha tajribalarini atrof-muhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qo‘llashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bo‘lishi jarayoni tushuniladi.Ijtimoiylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy maktablar turlicha tahlil qilganlar:
1) neobixeviorizm namoyandalari ijtimoiylashuv — bu ijtimoiy o‘rganishdir;
2) interaksionizm vakillari ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar natijasi;
3) gumanistik psixologiya Vakillari esa «Men» konsepsiyasining namoyon bo‘lishi deb ta’riflaganlar.
Ijtimoiylashuv serqirra jarayon bo‘lib, yuqorida psixologiyaning ilmiy maktablari namoyandalari tomonidan keltirilgan fikrlar uning faqatgina bir tomonigagina asosiy urg‘u beradilar. Hozirgi kunda jahon psixologlari ijtimoiylashuv muammosini ijtimoiy xulq-atvorni boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu konsepsiya shaxslararo munosabatlarga kirisha olish darajasiga bog‘liq bolgan ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish tizimini tahlil qiluvchi dispozitsiyalar ierarxiyasini o‘z ichiga qamrab oladi. U ijtimoiylashuv mexanizmlariga quyidagilarni kiritadi: adaptatsiya; identifikatsiya; ishontirish; taqlid qilish.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak shaxsning tarkib topishi uning ijtimoiylashuvi bir qator omillarga bog’liq degan nazariyaning namoyandalari bo’lmish hozirgi zamon uzoq chet el boshqalar psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o’sha ikkita asosiy omillarga, ya’ni biologik va ijtimoiy voqeliklarning ta’siriga bog’liq bo’lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar. Ob’yekt-sub’yekt munosabatini belgilaydi. O’z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, hayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettiradi bu esa o’z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur’atlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqorida taxlil qilingan qo’sh (ikki) omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo’lish maqsadga muvofiq? Jumladan, dialektik materializm darg’alarining iborasi bilan aytganda, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat, bu ifodaga o’ta keskin e’tiroz bildirishga hojat yo’q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bo’lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasada) uchun unda tabiiy biologik tuzilish alomatlari saqlanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb e’tirof qilish muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning o’zaro munosabatlarini qay tarzda tushunishda o’z ifodasini topadi. Ko’pgina psixologlarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo’sh omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilishni, «ekzopsixika» bilan «endopsixika»ni mexaniq ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi, o’zaro ta’sir etish muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo’ladi. Mazkur konsepsiya vakillari shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga olmaydila.



Download 51.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling