O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi Tarix o’qitish metodikasi fanidan Himoyaga tavsiya etilsin
-2021-yillarda Finlyandiya davlati
Download 369 Kb.
|
To’ranov Axror tarixdan kurs ishi
2.4. 1945-2021-yillarda Finlyandiya davlati
Finlandiya (fincha: Suomi, shvedcha: Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki shahri; Tampere ikkinchi yirik shahar. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1981-yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi. Davlat tuzumi Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi. Tabiati Botniya, Fin qoʻltiqlari va Boltik, dengizi sohillari koʻpgina buxta va shxerlar (suv ostidagi va suvdan chiqib turadigan qoyalar) bilan parchalangan. Hududining aksar qismi dengiz sathidan 100–200 m pastda yotuvchi tekislik. Markaziy qismidagi koʻllar atrofi hamda shimoliy va sharqida tepalik va qirlar bor. Shimoli-gʻarbida Skandinaviya togʻlarining tarmoqlari joylashgan (eng baland joyi 1365 m — Xaltiatunturi choʻqqisi). Foydali qazilmalardan xromit, temir, mis kolchedani, misnikel, polimetall rudalar, apatit, grafit, magnezit, asbest, talk, marmar, muskovit konlari bor, torf qazib olinadi. Iqlimi moʻʼtadil, shimolida kontinental iklim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha temperatura fevralda —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600– 700 mm. Dare koʻp, qisqa, sersuv, serostona. Yiriklari — KemiYoki, KyumiYoki, KokemyaenYoki, TornioYoki. 60 mingga yaqin koʻl bor (mamlakat hududining 8%), yirik koʻli — Sayma. Botqoq koʻp. Hududning 61% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, janubidagi podzol, gleypodzol, torfli botqoq tuproklarda aralash oʻrmonlar, shimolida togʻ tundrasi. Yirik milliy bogʻlari — Lemmenyoki, PallasOunastunturi, Oulanka va boshqa Finlandiyada 18 qoʻriqxona bor. Aholisi Lappeenranta Aholisining 93%dan koʻprogʻi finlar. Janubiy va gʻarbiy rayonlarda shvedlar, shimolida saamlar yashaydi. Rasmiy tillar — fin va shved tillari. Dindorlarning aksariyati lyuterchilar, pravoslavlar ham bor. Shahar aholisi 65,1%. Yirik shaharlari: Helsinki, Tampere, Turku, Espo. Tarixi Miloddan avvalgi 3—2ming yilliklarda F. hududida hozirgi saam (lopar)larning ajdodlari yashagan. 1ming yillik boshlarida bu yerga Boltik, boʻyidagi fin qabilalari koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan va natijada fin elati shakllangan. 12— 13-asrlarda F. hududini shvedlar istilo qila boshladi. 19-asr boshlariga kelib u butunlay Shvetsiya qoʻl ostiga oʻtdi. Ammo fin dehqonlari shaxsiy ozodlikni qoʻldan bermadilar. 1808— 09 yillardagi RossiyaShvetsiya urushidan soʻng F. hududi Buyuk Finlyandiya knyazligi tarzida Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. F.ni Rossiya podshosi tayinlagan generalgubernator (1816-yildan senat raisi) boshqardi. Un ga ichki maʼmuriy muxtoriyat bilan birga iqtisodiy muxtoriyat ham berildi. 19-asrning 20-yillaridan F.da iqtisodiy yuksalish tezlashdi. Yogʻoch tilish sanoati, qishloq xoʻjaligida sut chorvachiligi rivojlandi. Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq jonlandi, 1860-yildan uz puli joriy etildi. 19-asrning 2yarmida pultovar munosabatlari qaror topdi. Fin millati shakllana bordi. 80-yillarning oʻrtalarida podsho hukumatining F. muxtoriyati huquklariga tajovuzi kuchaydi. Fin xalqi oʻz milliy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish uchun kurash boshladi. Dastlabki siyosiy tashkilot va partiyalar tuzildi. 1916 i. parlament saylovida F. sotsialdemokratik partiyasi gʻalaba qozondi. 1917-yil 6 (19) dekabrda F. seymi mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qildi. 1919-yil F. respublika deb eʼlon qilindi. 1939 i. F.ga SSSR qoʻshinlari hujum qildi. 1939— 40 yil "qishki urush"da finlar qattiq qarshilik koʻrsatishiga qaramay, F. oʻz hududining bir qismidan maqrum boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar Olmoniyasi tomonida boʻldi. 1944-yil urushdan chiqdi. Urushdan keyin mamlakat oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. F. — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan va 1992-yil 26-fevralda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6-dekabr — Mustaqillik kuni (1917). Asosiy siyosiy partiyalari va birlashmalari, kasaba uyushmalari F. soʻl ittifoqi, F. kompartiyasi (1918-yil tuzilgan) bilan F. xalqi demokratik ittifoqi (1944-yil tuzilgan)ning qoʻshilishi natijasida 1989-yil tashkil etilgan; Liberal xalq partiyasi, 1965-yil tuzilgan; Milliy koalitsion partiya, 1918-yil asos solingan; F. qishloq partiyasi, 1959-yil tashkil etilgan; F. sotsialdemokratik partiyasi, 1899-yil tuzilgan; Koʻkatparvarlar ittifoqi, 1987-yil asos solingan; F. Markazi, 1906-yil tashkil etilgan; F. Xristiandemokratik partiyasi (1958-yil F. Xristian ittifoqi nomi bilan tashkil etilgan, 2001-yildan hozirgi nomda); Shved xalq partiyasi, 1906-yil tuzilgan. F. kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1907-yilda tashkil etilib, turli nomlar bilan yuritilgan, 1969-yildan qoz. nomda. Xoʻjaligi F. —yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliq xoʻjaliginiki 5%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 63%. Sanoati Sanoati, asosan, eksportga moslangan boʻlib, oʻrmon, metallurgiya, mashinasozlik (yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va kemasozlik uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyulozaqogoz (tilingan yogʻoch, qogʻoz, karton, faner ishlab chiqarish), qora va rangli metallurgiya, elektr energetikasi, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatning yetakchi tarmoklaridir. F.ning yoqilgʻienergetika resurslari yetarli emas, qattiq va suyuq yoqilgʻining aksar qismi chet ellardan keltiriladi. Elektr energiyaning 1/6 GESlarda, 1/3 AESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Temir, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, xrom rudalari, kobalt, vanadiy, grafit, pirit va boshqa qazib olinadi. Pax va Xyamenlinna shaharlaridagi metallurgiya zavodlarida choʻyan va poʻlat, Xaryavalta va Pori shaharlarida mis va nikel, Kokkolada rux eritiladi. Torniodagi zavodda xrom rudasi qayta ishlanib, konsentrat hosil qilinadi. Tampere, Rauma, Laxti, Vasa, Karxulada mashinasozlik, Xelsinki, Turku, Porvo, Saloda yoʻl qurilishi va qurilish ishlari uchun mexanizmlar, koʻtarmatransport uskunalari, elektron va telefon apparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon, ayniqsa, yogochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoatining eksportdagi ulushi katta. Oʻrmon sanoatining asosiy markazlari — Kotka, Kemi va Pori. Chetdan keltiriladigan xom ashyo negizida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan (Nantali, Porvo). Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, mineral oʻgʻit, sintetik materiallar, boʻyoq, xlor, oltingugurt kislotasi va boshqa ishlab chiqariladi. Oyna, chinni, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati, ayniqsa sut sanoati mahsulotining bir qismi eksport qilinadi. Qishloq xo'jaligi Qishloq xoʻjaligida fermerlik tipidagi mayda va oʻrta yer egaligi ustun. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 8%ni tashkil qiladi. Sutgoʻsht chorvachiligi — qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, yem uchun javdar, arpa, suli, texnika ekinlaridan qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, pichanbop oʻt ekiladi. Darrandachilik (norka, kulrang tulki, shimoliy tulkisi), bugʻuchilik, baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi — mamlakat iqtisodiyotining qad. tarmogʻi. F.da 18 mln. gektardan ortiq oʻrmon bor, yiliga 50—55 mln. m³ yogʻoch kesiladi. Transport Transportida temir yoʻl uzunligi 5,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 77,7 ming km. Asosiy dengiz portlari: Helsinki, Turku, Kotka. Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Olmoniya bilan parom orqali qatnov yoʻlga qoʻyilgan. Chetga sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, yoqilgi va moylash ashyolari, keng isteʼmol mollari va boshqa oladi. Rossiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — fin markasi. Tibbiy xizmati Vrachlar Helsinki, Turku va Oulu universitetlarining tibbiyot ftlarida, tibbiy hamshiralar tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Helsinkida veterinariya kolleji bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Maktab darslari fin yoki shved tillarida oʻtiladi. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. 1968-yil qonuniga binoan, yagona umumiy taʼlim tizimiga oʻtish 1980-yilda nihoyasiga yetkazildi. Majburiy taʼlim — 9 yillik. Majburiy maktab negizida 3 yillik katta oʻrta maktab tashkil etilgan. Davlat, munitsipal va xususiy hunar bilim yurtlari va maktablarida quyi xunartexnika taʼlimi, texnika, pedagog, tijorat institutlarida oʻrta maxsus taʼlim beriladi. 22 oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 11 universitet bor. Yiriklari: Helsinki universiteti (1640), Tamperedagi universitet, Turkudagi Shved universiteti (Abo Akademiya), Tampere, Xelsinki va Lappenranta shaharlaridagi texnika universitetlari. Oliy tijorat maktablari va boshqa mavjud. Bundan tashqari, bir qancha maxsus oliy oʻkuv yurtlari: Ya. Sibelius nomidagi musika akademiyasi, 4 ta chet tillar instituti va boshqa bor. F.da jami 400 ilmiy tadqiqot muassasasi va jamiyat boʻlib, shundan 40 tasi, jumladan, texnika tadqiqotlari markazi (1942), qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot markazi (1898), sellyulozaqogʻoz sanoati markaziy laboratoriya, oʻrmon genetikasi (1968) va oʻrmon muhofazasi (1972) ilmiy tadqiqot institutlari davlatga qarashli. Oliy oʻquv yurtlari huzurida 50 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituta va laboratoriya bor. Yirik kutubxonalari: Helsinki universitetining kutubxonasi (1640), Helsinki shahar kutubxonasi (1860), Parlament kutubxonasi. Milliy muzey, shahar muzeyi, Helsinki universitetining zool. muzeyi, Botanika bogʻi, Turkuda tarix muzeyi, Tasviriy sanʼat muzeyi, Ya. Sibelius muzeyi, Marianxaminda Kema qatnovi muzeyi va boshqa mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Finlandiyada bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Aamulexti" ("Tonggi gazeta", kundalik mustaqil gazeta, 1881-yildan); "Iltasanomat" ("Oqshom gazetasi", kundalik kechki gazeta, 1932-yildan); "Suomenmaa" ("Suomi eli", kundalik gazeta, 1908-yildan); "Turun pyayvyalexti" ("Turku kunduzgi gazetasi", kundalik gazeta, 1898-yildan); "Helsingin sanomat" ("Helsinki yangiliklari", kundalik gazeta, 1889-yildan); "Xyuvyudstadsbladet" ("Poytaxt gazetasi", shved tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1864-yildan); "Kansan lexti" ("Xalq gazetasi", kundalik gazeta, 1899-yildan); "Maaseudun tulevaysuus" ("Qishloq istiqboli", haftasiga 3-marta chiqadigan gazeta, 1971-yildan); "Me nayset" ("Biz — ayollar", xotinqizlar uchun haftalik jurnal, 1952-yildan); "Finlandiya segodnya" ("Bugungi Finlyandiya", rus tilida chiqadigan jurnal, 1982-yildan); "Yuxteysxyuvya" ("Mushtarak manfaat", haftalik jurnal, 1905-yildan). Fin telegraf byurosi — FTB, 1887-yil tuzilgan, fin gazetalari, radio va televideniyesining aksiyadorlik jamiyati. Radioeshittirishlar 1926-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib boriladi. "Fleysradio", fin radiosi va televideniyesi davlat mahkamasi 1926 i. tashkil etilgan. 1934-yildan davlat nazoratida. Adabiyoti Fin yozuvi 1521-yil F.da boshlangan Reformatsiya harakati taʼsirida vujudga keldi. Reformatsiya namoyandasi M. Agrikola 16-asr oʻrtalarida bosma kitoblar nashr eta boshladi va 3 asr davomida aksar diniy kitoblar bosildi. 19-asr adabiyoti fin xalqining shvedlar zulmidan ozod boʻlib, millat sifatida shakllanishi, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish bilan bogʻliq ravishda rivojlandi. 1830-yil Helsinkida "Shanbalik suhbati" adabiyfalsafiy toʻgaragi vujudga keldi. Tugarak aʼzolari bir yil oʻtib "Fin adabiyoti jamiyati"ni tuzdilar (hozir xam mavjud). Folklorshunos E.Lyonrot (1802—84) xalq eposi "Kalevala"ni nashr ettirdi. Shoir Y.L.Runeberg, faylasuf, publitsist va tanqidchi Y.V.Snelman adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Yangi fin adabiyotining asoschisi, ilk milliy drama va romanlar muallifi A. Kivi adabiyotda yangi realistik anʼanalarni boshlab berdi. S.Topelius tarixiy romanlar, Yu.Veksell sheʼr va pyesalar, K.R.Kramsu ijtimoiy mavzuda sheʼrlar yezdi. Minna Kant, Yu.Axo, A.Yarnefelt, K.A.Leyno va boshqa yozuvchilar xalq hayoti va, ayniqsa, ayollarning ayanchli taqdirini haqqoniy tasvirlab berdilar. 20-asr boshlarida turli adabiy oqimlar yuzaga keldi. A.E. Leyno, L.Onerva, V.Kilpi yangi realizm yoʻlidan bordi, M.Lassila hajviy qissa va komediyalar yaratdi, I.Kianto, M.Yotuni, Y.Lextonen umidsizlik kafiyatiga berildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin A.Eykiy, M.Larni, V.Linna, P.Rintal, V. Meri romanlarida ijtimoy muammolar asosiy oʻrinda turdi. Hella Vuoliyokining haqqoniy pyesalari fin dramaturgiyasining muhim yutugʻi boʻldi. 1897-yildan F. yozuvchilar uyushmasi mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. anʼanalarga boy. Neolit davriga mansub qoyatosh rasmlari, tosh pichoq, suyakdan yasalgan asboblar, sopol idishlar saklangan. Milodiy 13—15-asrlarda toshdan saroy va arklar qurilgan (Savonlinna yaqinidagi Olavinlinna qalʼasi, Turkudagi qasrlar va boshqalar). 14—16-asrlarda toshdan, 17—18-asrlarda xalq meʼmorligi uslubida yogʻochdan cherkovlar barpo etilgan (Tornio va Keurudagi cherkovlar). 19-asr oʻrtalarida meʼmorlikda milliy romantizm oqimi hukmron boʻldi (Xelsinkidagi vokzal binosi, meʼmor E.Saarinen), 19 a. oxiri — 20-asr boshlarida "modern" uslubi rayem boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin binolar zamonaviy qurilish konstruksiyalaridan foydalanib tiklana boshladi, ayniqsa, jamoat binolari zoʻr mahorat bilan barpo etildi. A.Aalto, R.Piyetilya, A.Ervi kabi meʼmorlar sodda meʼmoriy shakllar asosida jozibador kompozitsiyalar yaratdilar (Seynyatsalo shahrining maʼmuriy markazi, Xelsinkidagi ishchilar madaniyat uyi, "Finlandiya" saroyi, "Prezident" mehmonxonasi b.). Rassomlik 14—15-asrlardagi oʻrta asrlar mahobatli rangtasvirida xalq naqqoshligi rivojlangan (Xattula, Tayvassiladagi cherkov devorlariga ishlangan rasmlar). 18-asrda M.Toppelius mahobatli rangtasvir sohasida shuhrat qozondi. Shu davrda F.da dunyoviy dastgoh rassomligi janrlari ommalashdi (I.Vaklin portretlari, N.Shilmark manzara va natyurmortlari). 19—20-asrlarda fin tasviriy sanʼat maktabi shakllandi, xalq hunarmandchiligi, yogʻoch oʻymakorligi, oʻrta asr mahobatli rangtasvir anʼanalari qayta tiklandi. 20-asr oʻrtalarida V. Aaltonen haykaltaroshlikda shuhrat qozondi. Zamonaviy rassomlardan M.Kollin, A.Kanerva, V.Vionoyya, S. Gryonvall; grafiklardan V.Askola, I.Kolliander, T.Tapiovara; haykaltaroshlardan A.Tukiaynen, R.Utriaynen, L.Pullinen, E.Xiltunen; plakat va dizayn ustalaridan I.Tapiovara, M.Kuyasalolar mashhur. Xalq sanʼatida mato va gilam toʻqish, metall idishlar yasash rivoj topgan. Musiqasi Musiqasi xalq musiqiy anʼanalari asosida rivojlanib keldi. Xalq qoʻshiqlari (run, yoyku va boshqalar) hozirgacha milliy musiqa folklorida ijro etiladi. Mehnat, marosim, hazil, sevgi qoʻshiqlari, raqs bilan birga ijro etiladigan laparlar keng yoyilgan. Cholgʻu asboblari: kantele (torlichertma), yo Uxikko (torlika monli), tuoxitorvi (puflama); 19-asrdan klarnet va skripka, 20-asrdan garmon ommalashdi. Professional musiqa sanʼati oʻrta asrlarda shakllana boshladi (grigorian, 16-asrdan protestant xoralch). Birinchi fin operasi ("Qirol Karl ovga chiqdi", 1852) va milliy madhiya muallifi — F. Pasius, birinchi simfoniya (1847) muallifi — A.G.Ingelius. Fin musiqasida F.Shans birinchi marta "Kalevala"dagi milliy ohanglardan foydalanib, "Kullervo" simfonik uvertyurasini yaratdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida M.Vegelius (1882-yil Xelsinkida Musiqa institutini tashkil etgan; 1939-yildan Ya.Sibelius nomidagi Musiqa akademiyasi) va R.Kayanus (professional simfonik orkestr tuzgan) milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridir. Ya. Sibelius ijodida milliy musiqa anʼanalari kamol topdi. Zamonaviy kompozitorlar orasida E.Englund, E.Bergman, Y.Kokkonen, E.Rautavara, dirijyorlar orasida G.Shnefoxt, A.Yarnefelt, L.Segerstam, pianinochilar orasida K.Ekman, A.Valeta, yakkaxonlar orasida I.Ekman, A.Rautavara va boshqa mashxur. Xelsinkida opera teatri (1911; 1956-yildan F. Milliy teatri), shahar simfonik va kamer orkestrlari, F. radiosining simfonik orkestri, Xalq konservatoriyasi, F. musikachilar uyushmasi va boshqa ishlaydi. F.da bir nechta Xalqaro musiqa festivali va tanlovlari muntazam ravishda oʻtkaziladi. Teatri 1827-yil Helsinkida dastlabki teatr binosi — Teatr uyi qurildi. Unda rus, nemis, shved drama va opera truppalari tomosha koʻrsatdi. 1860-yil bu yerda shved aktyorlaridan iborat birinchi professional teatr faoliyat boshladi. 1872-yil fin tilidagi professional teatr (drama va opera truppalari) tashkil etildi. 1902-yil drama truppasi opera truppasidan ajralib chiqib, Fin Milliy teatri nomini oldi. I.Aalberg, K.Avellan, A.Lindfors, K.Halme, R.Snelman, U.Somersalmi (19-asr oxiri — 20-asr boshi), T.Palo, E.Eronen, E.Volanen, A.Ikonen, X.Salin, E.Yurkka (20-asrning 50—80-yillari) teatrning yetakchi aktyorlaridir. Turli yillarda ishlagan mashhur rejissorlar: K.Bergbum, Ya.Xal, Ya.Laxdensuo, E.Kalima, K.Kivima, D.Vitikka, V.Ilmari. Helsinkida Xalqishchi teatri (1914), Milliy shved teatri, Intim teatri, loʻlilarning "Drom" teatri (1982) ham ishlaydi. Tampere, Turku, Laxti, Kuopio va boshqa shaharlarda ham teatrlar bor. Ularda jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtiriladi. Teatr xodimlari Xelsinkidagi Oliy teatr maktabi (1943)da tayyorlanadi. Kinosi 1904-yil F.da xronika filmlari suratga olina boshladi. 1906-yil "Apollo" kinofirmasi tuzildi. 1907-yil "Pinhona haydovchilar" (rejissor T.Sparre va T. Puro) qisqa metrajli badiiy filmi chiqarildi. 20-yillarda koʻproq milliy adabiyot asarlari: M.Kant komediyasi asosida "Anna Liysa" (rejissor T.Puro va Yu.Snelman), S.Topelius novellasi asosida "Rautakyullik keksa baron" (rejissor Fager), A.Kiv komediyasi asosida "Nummi etikdoʻzlari" (rejissor E.Karu) ekranlashtirildi. "Komediyafilm", "Fennikafilm" va "AkilaSuomikompaniya" firmalari tashkil etildi. 1933-yil E.Karu F.dagi eng yirik "Suomenfilmiteolisus" firmasini tuzdi. Uning eng yaxshi filmlari: "Yuxa" (1937), "Insonning yoʻli" (1940; ikkalasining rejissor N.Tapiovara), "Oq kiyik" (1953, rejissor E.Blomberg), "Sutchi Xilya" (1953, rejissor T.Syarkkya), "Nomaʼlum askar" (1955, rejissor E.Layne), "Qizil chiziq" (1959, rejissor M. Kassila). 60—70-yillarda ijtimoiytanqidiy yoʻnalishdagi "Ishchining kundaligi" (rejissor R.Yarva), "Kalamushlar jangi" (rejissor M.Kurkvara), "Zavoddagi otishma" (rejissor E.Kivikoski) filmlari yaratildi. 20-asrning oxirgi oʻn yilliklaridagi yaxshi filmlar: "Yovvoyi hayvon belgisi" (rejissor Ya.Pakkasvirt) va "Dengiz boʻyidagi tun" (rejissor E.Kivikoski). Xulosa Skandinaviya Shimoliy Yevropa mamlakatlari tomonidan shakllangan geografiyadir. Skandinaviya mamlakatlariga Daniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi davlatlar kiradi. Bu davlatlar bilan bir qatorda, Skandinaviyani Finlandiya, Islandiya, Faroe orollari, Åland orollari va Grenlandiya tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning tillari oʻxshash, faqat fin tili bundan mustasno. Ushbu tillar shimoliy olmon tillari yoki skandinaviya tillari deb nomlanadi. Skandinaviyaga kiruvchi Norvegiya Yevropaning eng boy mamlakatlaridan biridir. Ushbu mamlakat neft eksport qiluvchi mamlakat, biroq baliqchilik hamda Angliya bilan munosabati tufayli Yevropa Ittifoqiga qoʻshilmagan. Bu qatorda, Islandiya ham Yevropa Ittifoqi aʼzosi emas. Daniya esa 1973-yilda Yevropa Ittifoqiga qoʻshilgan. Daniyaga qarashli Grenlandiya oroli 1979-yilda referendum orqali Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqqan. Faqat 1995-yilda Shvetsiya va Finlandiya betaraflikdan voz kechib, Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishdi. Shvetsiya (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) — Shimoliy Yevropada, Skandinaviya yarim orolning sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 450 ming km². Aholisi 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti – Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan 24 len (gubernya)ga boʻlynadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Davlat tuzumi. Shvetsiya – konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol (1973-yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Shvetsiya Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻʼtadil mintaqa shimolida joylashgan. Shimoliy va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, Kebnekayse togʻi). Shvetsiya shimolida Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), janubida Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil, Golfstrim iliq oqimining taʼsiri katta. Shimolida iqlim sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida 0–5°, shimolida –6° dan –14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15–17° va 10–11°. Yillik yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Shvetsiya hududining 9% qoʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash oʻrmonlar, shimolida tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. shahrida oʻrmon hayvonlari va suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, Sarsk Shyoffallet milliy bogʻlari va koʻrixonalar bor. Aholisi. Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar, norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til – shved tili. Dindorlari – xristianlar (asosan, lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo. Norvegiya, Norvegiya Qirolligi (bukmolcha: Kongeriket Norge, nyunorskcha: Kongeriket Noreg) — Shimoliy Yevropadagi davlat. BMT aʼzosi. Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385[2] ming km2. Aholisi 5,328,212 kishi (2019)[3]. Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi. Davlat tuzumi. Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi. Bosh Vazir 2013: Erna Solberg. Finlandiya (fincha: Suomi, shvedcha: Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki shahri; Tampere ikkinchi yirik shahar. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1981-yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi. Davlat tuzumi Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi. Tabiati Botniya, Fin qoʻltiqlari va Boltik, dengizi sohillari koʻpgina buxta va shxerlar (suv ostidagi va suvdan chiqib turadigan qoyalar) bilan parchalangan. Hududining aksar qismi dengiz sathidan 100–200 m pastda yotuvchi tekislik. Markaziy qismidagi koʻllar atrofi hamda shimoliy va sharqida tepalik va qirlar bor. Shimoli-gʻarbida Skandinaviya togʻlarining tarmoqlari joylashgan (eng baland joyi 1365 m — Xaltiatunturi choʻqqisi). Foydali qazilmalardan xromit, temir, mis kolchedani, misnikel, polimetall rudalar, apatit, grafit, magnezit, asbest, talk, marmar, muskovit konlari bor, torf qazib olinadi. Iqlimi moʻʼtadil, shimolida kontinental iklim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha temperatura fevralda —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600– 700 mm. Dare koʻp, qisqa, sersuv, serostona. Yiriklari — KemiYoki, KyumiYoki, KokemyaenYoki, TornioYoki. 60 mingga yaqin koʻl bor (mamlakat hududining 8%), yirik koʻli — Sayma. Botqoq koʻp. Hududning 61% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, janubidagi podzol, gleypodzol, torfli botqoq tuproklarda aralash oʻrmonlar, shimolida togʻ tundrasi. Yirik milliy bogʻlari — Lemmenyoki, PallasOunastunturi, Oulanka va boshqa Finlandiyada 18 qoʻriqxona bor. Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shimoligʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. orolning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydon 43043 km2 (Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi 5,59 mln. kishi (2012). Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. Davlat tuzumi. Daniya— konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1953 yil 5 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha, 1972 yildan qirolicha Margrete II). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha bilan folketing (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Folketing 179 deputatdan iborat. Ular umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni qirol (qirolicha) amalga oshiradi. U bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Oʻzbekiston — Daniya munosabatlari. Ikki mamlakat oʻrtasida „Investitsiyalarni oʻzaro qimoyalash va ragʻbatlantirish toʻgʻrisida“gi va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida „Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida“gi bitim asosida oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yoʻlga qoʻyildi. 2000 yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 7,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistan Daniyadan yogʻoch buyumlar, doridarmon, qand-shakar, qandolat mahsulotlari, kakao, spirtli va spirtsiz ichimliklar, gʻalla va yorma, mexanik asbob-uskuna, kimyoviy mahsulotlar, poyabzal, oʻyinchoklar sotib oladi. Buning evaziga Oʻzbekistan sayyohlik va yuk tashish sohasida xizmat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Daniyaga qayta ishlangan sabzavot va mevalar, oziq-ovqat mahsulotlari, hoʻl meva va yongʻoq yuboradi, turli xizmatlar koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Daniya sarmoyadorlari ishtirokidagi 6 korxona, shu jumladan Daniya sarmoyasi 100 % boʻlgan 2 korxona ishlab turibdi. Oʻzbekistonda Daniyaning „Novo Nordisk“ va „York refrijereyshn“ kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan. Daniya yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat boʻlib, boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqa bogʻlagan. Xususiy sarmoya ustunlik qiladi. Yalpi milliy mahsulotning 30 % davlat sektoriga toʻgʻri keladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat va qurilishning ulushi 26,4 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 3,5 %. Yalpi mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi chetga sotiladi. Sanoatida neft, tabiiy gaz, kaolin qazib chiqarish katta oʻrin oladi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin mashinasozlik sanoati rivoj topdi. Kimyo sanoati, neftdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish ham rivojlangan. Yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojning bir qismi chetdan keltiriladigan neft va neft mahsulotlari hisobiga qondiriladi. Sanoatda mayda va oʻrta korxonalar koʻp. Kemasozlik alohida oʻrin tutadi; eng yirik sanoat markazlari: Kopengagen, Odense, Xelsingyor, Nakskov. Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari asosan kema dizellari, sement va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, elektr motor, transformator, radiopriyomnik, televizor, magnitofonlar ishlab chiqaradi (asosiy markazlari Kopengagen, Odense). Download 369 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling