O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi Tarix o’qitish metodikasi fanidan Himoyaga tavsiya etilsin


Kurs ishining o`rganilganlik darajasi


Download 369 Kb.
bet3/7
Sana26.01.2023
Hajmi369 Kb.
#1127144
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
To’ranov Axror tarixdan kurs ishi

Kurs ishining o`rganilganlik darajasi: Ushbu mavzu nafaqat kecha yoki
bugun paydo bo`lgan, balki u qadimgi davrladanoq shakllanib kelgan. Xususan,
Xitoy faylasufi ta’kidlaganidek: “ aytsang – unutaman, ko`rsatsang – eslab
qolaman, o`zim bajarsam – angalab yetaman! ”. Yana bu haqda buyuk pedagog
Ya. A. Komenskiy ham o`z fikr - mulohazalarini bildirgan. Tarixchi metodist
olimlardan esa Ya. G`afforov, M.G. G`afforova, R. Ishmuhammedovlar ilmiy
tadqiqot ishlari olib borishib, kitoblar chiqarishgan. Bundan tashqari yana bu
mavzu ayniqsa Yevropalik olimlar tomonidan keng o`rganilgan.Pedagog va
psixolog olimlar D.N.Uznadze, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov,
G.K.Selevko, P.YA.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy A.F.Osborn,
E.A.Aleksandrov, G.Ya.Bush, D.Kolb va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari olib
borishgan.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, 2 bob va xulosa qismidan iborat
bo`lib, jami betdan iborat.Oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltirilgan
bo`lib, jami ta adabiyot va internet saytlaridan iborat.

I.BOB. Urushdan keyingi yillarda Skandinaviya davlatlarining iqtisodiy va madaniy hayoti
1.1. Urushdan keyingi yillarda Afrika davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti
Skandinaviya Shimoliy Yevropa mamlakatlari tomonidan shakllangan geografiyadir. Skandinaviya mamlakatlariga Daniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi davlatlar kiradi. Bu davlatlar bilan bir qatorda, Skandinaviyani Finlandiya, Islandiya, Faroe orollari, Åland orollari va Grenlandiya tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning tillari oʻxshash, faqat fin tili bundan mustasno. Ushbu tillar shimoliy olmon tillari yoki skandinaviya tillari deb nomlanadi.
Skandinaviyaga kiruvchi Norvegiya Yevropaning eng boy mamlakatlaridan biridir. Ushbu mamlakat neft eksport qiluvchi mamlakat, biroq baliqchilik hamda Angliya bilan munosabati tufayli Yevropa Ittifoqiga qoʻshilmagan.
Bu qatorda, Islandiya ham Yevropa Ittifoqi aʼzosi emas.
Daniya esa 1973-yilda Yevropa Ittifoqiga qoʻshilgan.
Daniyaga qarashli Grenlandiya oroli 1979-yilda referendum orqali Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqqan.
Faqat 1995-yilda Shvetsiya va Finlandiya betaraflikdan voz kechib, Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishdi.
Skandinaviya yarim oroli - Yevropaning shim.gʻarbidagi yarim orol. Shim.dan jan.ga qariyb 1900 km ga choʻzilgan, eni 800 km gacha (Yevropada eng yirik yarim orol). Boltiq, Shimoliy, Norvegiya va Barens dengizlari suvi oʻrab turadi. Materikdagi chegarasi shartli ravishda Botnik qoʻltigʻidan Varangerford qultigʻigacha boʻlgan joydan oʻtgan. Skandinaviya yarim orolio.da Norvegiya, Shvetsiya va Finlandiya shim.gʻarbiy qismi joylashgan. Shimoliy va gʻarbiy qirgʻoklari fordlar bilan kuchli parchalangan, arxipelag va orol koʻp. Yarim orolning jan. qismi Skagerrak boʻgʻozi va Boxus qultigʻi orqali ikkiga ajralgan. Sharqi va janubidagi past, qiya sohil qismi kichikroq buxtalar bilan parchalangan. Skandinaviya yarim orolio.ning gʻarbiy va shim. qismida Skandinaviya togʻlari (eng baland joyi — 2469 m, Galxyopiggen togʻi), sharqida pastroq Norland yassitogʻligi (eng baland joyi 800 m), janubida morenali pasttekislik, undan janubroqda gʻarb, sharq va jan.dan sohilbuyi pasttekisliklari bilan chegaralangan gumbazsimon Smoland qiri (eng baland joyi 377 m) bor. Skandinaviya yarim orolio. Boltiq qalqoni va kaledon burmali strukturasida joylashgan. Materik muzlanishining Yevropadagi markazi hisoblangan Skandinaviya yarim orolio.dagi muzning qalinligi ayrim joylarda 1500 m ga yetgan. Foydali qazilmalardan temir, mis rudalari, titan va qoʻrgʻoshin, shelf qismida neft konlari bor. Skandinaviya yarim orolio.ning aksari qismi moʻʼtadil mintaqa, chekka shim. qismi subarktika mintaqasida. Gʻarbida qishi yumshoq dengiz iqlimi (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi shimolida —4°dan janubida 2° gacha), yozi birmuncha salqin (8—14°). Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Skandinaviya togʻlari tepalarida yanvar ning oʻrtacha temperaturasi —16° gacha, iyulda 6— 8°. taxminan 5000 km² maydon muz bilan qoplangan. Skandinaviya yarim orolio.ning sharqiy qismida moʻʼtadil iqlim kontinental iqlimga oʻtib boradi, yanvar ning oʻrtacha temperaturasi shimda —15° dan janubida —3° gacha, iyulniki 10—17°, yillik yongʻin 300–800 mm. Daryo koʻp, sersuv, serostona. gidroenergiya zaxirasiga boy. Koʻl kup, ular tektonik harakatlar va muzlik natijasida vujudga kelgan. 40% dan ortiq maydoni oʻrmon. Gʻarbida torf botqokdiklari, janubida aralash va keng bargli oʻrmonlar bor. Chekka shimoli tundra. Yarim orolda oʻrmon hayvonlaridan los, tulki, kuyon, shimolida bugʻu yashaydi. Qush koʻp. Qirgʻoqqa yaqin suvlari baliqqa boy.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling