O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika univesiteti magisturatura bo`limi ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta’lim) yo`nalishi
Download 14.64 Kb.
|
DTS Xurramova L
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bosqich magistranti Xurramova Lobarxon Akramjonovnaning
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVESITETI MAGISTURATURA BO`LIMI TA’LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI (BOSHLANG`ICH TA’LIM) YO`NALISHI 1-bosqich magistranti Xurramova Lobarxon Akramjonovnaning DAVLAT TA’LIM STANDARTIGA TAHLILI Davlat ta’limi standarti - ta’limning barcha turlari uchun belgilanadi. Ta’limning mazmuni va uning sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish ustidan nazoratni kafolatli davlat organlari amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartiga Vazirlar mahkamasining qarori bilan o‘zgartirishlar kiritiladi. Men O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgust, 343-sonli oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini tahlil qildim. Mazkur standart “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida” 1997-yil 6-oktabrdagi PF-1869-son va “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son, “Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 11-martdagi 109-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 24-iyundagi 293-son qarorlari va oliy ta’lim sohasini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu qarorda 2 ta ilova keltirilgan. I ilovada “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” to’g’risida ma’lumotlar berilgan. II ilovada “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” haqida ma’lumotlar berilgan. 1-ilovada asosiy qoidalar keltirilgan. 1-ilova 8 bobni o’z ichiga oladi. Ushbu boblarda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha davlat standartlari belgilangan. 1. Qo‘llanish sohalari 2. Normativ savollar 3.Ta’riflar 4. Oliy ta’limni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalari va turlari 5. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fanlar dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar 6. Bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari 7. O‘quv yuklamasining hajmi 8. Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash 2-ilovada Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori haqida to’liq ma’lumot berilgan. 2-ilova 5 bobni o’z ichiga oladi. Ushbu boblarda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha davlat standartlari belgilangan. 1 Qo‘llanish sohalari 2 Normativ savollar 3 Ta’riflar 4. Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi 5. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori Men 2-ilovaning 5-bobida keltirilgan klassifikatordagi 5111700 - “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida 5A111701 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan tanishib chiqdim. Unda: Qo‘llanilish sohasi; Mutaxassislikning tafsifi; 5111700 - “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida 5A111701 - Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) mutaxassisligining umumiy tavsifi; Magistrning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar; Mutaxassislik fanlar blokining zaruriy mazmuni va komponentlari haqida ma’lumot berilgan. Download 14.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling