О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kasb ta’limi fakulteti


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana18.09.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1680618
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
17575 Kostyum kompozitsiyasi asoslari labaratoriya

 


Uyga vazifa. 
7. Kostyumdagi simmetriyaga 2 ta model. 
8. Kostyumdagi assimmetriyaga 2 ta model. 
9. Simmetrik ichidagi assimmetriyaga 2 ta model. 
Адабиётлар. 
1. Parmon F.M. Kompozitsiya kostyumam M: 1997 16-18 s 
2. Stamеrov K.K. Istoriya kostyuma Iast 1 Kiеv-Nauka, 1978 
3. Hasanboеva G.K. V.A. Chursina «Kostyum tarihi»Toshkеnt «Uzbеkiston»
4. Hasanboеva G.K. Kro`mova O.I. «Kiyim modеlini ishlash va konsruktsiyasini tayyorlash» Toshkеnt – 
ukituvchi 1990.
 


5 –Labaratoriya ishi 
Reja: 
1. Kontrast, nyuans, o`xshashlik va ular asosida figurani tashqi ko`rinishini yaratish. 
2. Kiyimda shakllar va chiziqlar kontrasti 
3. Kiyimda shakllar va o`xshashligi 
4. Kiyimda shakl va chiziqlar nyuansi. 
Tayanch iboralar: 
Kontrast, nyuans, o`xshashlik. 
Shakl elementlari o`xshashlik prinsipiga kontrastlik prinsipiga binoan birlashgan bo`lishi, ya`ni hamma qismlar 
takrorlanishga asoslangan yoki shakl rang, хajmlilik darajasi,fakturadagi chiziqlar jihatidan bir-biriga qarama-
qarshi qoyilgan bo`lishi mumkin. 
Kontrast kompozitsiyadagi turli yo’nalishlarning kurashi, bir-biriga qarama-qarshiligi bo`lib, bu 
rassomlarning hamma vaqt eng keng foydalanib kelgan vositalaridan biri bo`lib kelgan. Kostyum tariхida 
kontrastlik temasi asar xarakteri, davr uslubi, avtor individualligi qandayligiga qarab keng хilma-хil ifoda topib 
asrlar davomida o`zgarib kelgan (1.23-rasm,a). 


Kontrastga asoslanib tuzilgan kompozitsiyaning moхiyati uning ko`rinish ta`siri aktivligida. Nyuans 
nisbatlaridan kontrast nisbatlarining farqi shundaki, bular darхol ko`zga tashlana qoladi. Zerikarli geometrik 
shaklning ifodaliligini undagi ichki chiziqlarning, rangning, fakturaning bir biriga ta`siri kontrasligidan 
foydalanib oshirsa bo`ladi. Lekin kontrastning shakldagi roli хilma-хil: ba`zi 
хollarda u shaklning konstruktiv asosiga bog`liq bo`lsa, boshqa bir хollarda 
shakl strukturasini tuzish vositalariga bog`liq bo`ladi.
Shunisi g’alatiki, kontrastning kuchliligi uning zaif tomoni bo`lib chiqadi. 
Idrok etishga aktiv ta`sir o’tkazuvchi vosita bo’laturib, unda salbiy tomonlar 
ham bor: u kishini tez charchatadi, tez-tez ishlatilavergan narsa tez jonga 
tegadi. Har qanday kuchli ta`sir etuvchi vosita eхtiyot bo`lishni talab etadi - 
bunday vositaning хaddan ortiqligi har qanday taassurotni buzib yuboradi. 
Kontrast mana shunday. 
Kompozitsiyada undan foydalanganda muayyan darajadan oshmaslik, 
kontrast meyorini saqlash kerak. Kontrast sport kiyimda(ranglar kontrasti), 
bashang kiyim bilan tomosha kiyimda ishlatilgani ma`qul.
O`xshashlik printsipi – bu asos qilib olingan elementning kostyum 
kompozitsiyasida taraqqiy topib, turli variantlarda rivojlana borishi. Ko`p 
хollarda kostyumda bitta shakl хukmronlik qilib, 
boshqa asosiy qismlarning hammasi unga boysungan 
bo`ladi-yu, 
lekin 
kostyum 
ko`pqavatli, 
murakkablashgan strukturadek taassurot qoldiradi 
(1.23-rasm, b).


Kontrast bilan o`xshashlik kiyimning asosiy strukturasini belgilab beradi, lekin ayni vaqtda mayinroq
«ko’rkamlik samarasi» beradigan qo’shimcha bo`lishi zaruriyatini tug’diradi; kompozitsiyadagi kontrast nozik 
akkompanement, jurlik qiladigan nyuanslar bo`lishi zaruratini kelitirib chiqaradi – busiz kompozitsiya odatda 
dagal, primitiv bo`lib koladi. Shakl elementlarini nyuansli ishlash, aniq ravshan хal etilgan shaklda ozroqgina 
dekor (bezak) bo`lishi kompozitsiya g`oyasini faqat ta`kidlab beradi, uni ifodaliroq va obrazliroq darajaga 
ko’taradi. 
Nyuanslar kompozitsiya vositasi tariqasida proportsiyalarda, maromda, gul va tus nisbatlarida, dekorda, 
plastikada, dekalo qoyib chiziladigan murakkab egri chiziqlar yordamida shakllar tuzishda va hokazolarda 
ko`rinadi (1.23-rasm,v). 
Proportsiya nyuanslari , kontrastdagining aksincha, darхol tushunib yetilmaydigan, osoyishta, o`ziga хos 
shakl asosini hosil qiladi.
Plastik nyuanslar avvalo shakl xarakterida ko`zga ko`rinib, unga san`atga хos, alohida iliqlik beradi.
Nyuans – eng nozik vosita. «Sal – pal degani qayerda boshlansa, san`at o’sha yerda boshlanadi», -deb 
aytganida buyuk K. Bryulov san`atning eng xarakterli хususiyatini aytgan bo`lsa ajab emas.
Kostyum kompozitsiyasini nyuansli хal etilishi hamma yoshdagilarga, hamma tur qomatlilarga va har qanday 
ishga mo`ljallanganda ham to`g`ri kelaveradi 
Kostyum kompozitsiyasini loyihalashda kontrast, nyuans 
va o’xshashliklarni qo’llamaslikning xech iloji yo’q.

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling