O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
-jadval O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va aholining bandligi (2003-2012 yy.)*
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
1-jadval
O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va aholining bandligi (2003-2012 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam to’plam materiallari.Toshkent 2013 yil 2.Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi tabiiy, xususan, yerning umumdorligi va ob-havo iqlim sharoitlariga bog’liq. Chunki iqlim tez o’zgarib turganligi uchun o’simlik va hayvonotga qulay sharoit yaratish lozimdir; 3.Ko’p xodimlarning bir qancha mehnat vazifalarini bajarishi. Bunday aralashishning zarurligi ish turining ko’pligi va bajarish muddatining mavsumiyligidan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligi xodimi alohida texnologik operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgan tor malakali bo’lmasligi kerak. Qishloq xo’jaligi xodimi ma’lum turdagi pirovard mahsulot yetishtirishga keng ixtisoslashgan bo’lishi kerak; 4.Ishlab chiqarish jarayonida yer, mollar va boshqa resurslarning mustaqil emasligi. Pirovard mahsulot natijasiga iqtisodiy javobgarligini ta’minlash uchun xodimlarga umumiy yerlarni emas, balki aniq dalalarni, butun hayvonlarni emas, balki aniq mollar bosh sonini berkitib qo’yish lozimdir; 5.Mehnat jarayonlarining o’z-o’zini boshqarishi. Biologik ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, qishloq xo’jaligida, ayniqsa o’simlikchilikda biologik jarayonda sharoitlar tez-tez o’zgarib turadi, shuning uchun bu yerda chetdan turib boshqarish imkoniyati ancha chegaralangan; 6.Xodimlar daromadining o’simlikchilikda va chorvachilikda pirovard iqtisodiy natijalarga bog’liqligi. Bu bog’liqlik mehnat operasiyalarini bajarish paytida xodimdan texnologik talablarga rioya qilishda o’zini qattiq nazorat qilishning bevosita sharti bo’lib hisoblanadi; 7.Xodimlar daromadining faqat ijtimoiy xo’jalikda emas, balkiy dehqon xo’jaligida ham yaratilishi. Samarali qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uning mehnat resurslari bilan me’yor bo’yicha ta’minlashishiga bog’liq. Ish kuchi bilan yetarlicha ta’minlanmasligi ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya qilinmaslikka, pirovard natijada mahsulotni yetarlicha olinmasligiga olib keladi. Mehnat resurslari bilan me’yordan yuqori darajada ta’minlanganlik esa ish kuchidan kamunum foydalanishga va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning ish kuchi bilan ta’minlanishi, mehnat bilan ta’minlanish koeffisenti va mehnat bilan ta’minlanish salmog’i ko’rsatkichlari bilan xarakterlanishi mumkin. Mehnat bilan ta’minlanish koeffisiyenti (MBTK) mavjud mehnat resurslari miqdorini (xodim, kishi/soat) unga bo’lgan me’yoriy talabga (MMR) bo’lib topiladi. MMRM – mavjud mehnat resurslari miqdori,kishi/soati; MMR - mehnat resurslariga bo’lgan me’yoriy talab, kishi/soati. Mehnat bilan ta’minlanishning salmog’i ko’rsatkichlari quyidagilar: a).1 - xodimga to’g’ri kelgan yillik ishlab chiqarish yuklamasining hajmi (k/s) b).100 ga.qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga to’g’ri kelgan xodimlar soni: v).1 xodimga to’g’ri kelgan qishloq xo’jaligiga yaroqli yer, haydaladigan yer va qishloq xo’jaligi ekinlari maydoni: g).Bir xodimga to’g’ri kelgan qoramollar va parrandalar (shartli boshga aylantirilganda) miqdori. Qishloq xo’jaligida ish kuchining miqdori va harakatini hisoblash uchun quyidagi ko’rsatkichlar tizimi qo’llaniladi – o’rtacha ro’yxatdagi va o’rtacha yillik xodimlar soni, ish kuchining aylanishi va qo’nimsizligi koeffisiyenti. Yildagi o’rtacha ro’yxatdan o’tgan xodimlar soni yoki ularning umumiy sonnini, 1 yildagi ish kunlar (285) soniga bo’lib topiladi. O’rtacha yillik xodimlar soni quyidagicha topiladi: Ish kuchini qabul qilishning aylanish koeffisiyenti quyidagicha topiladi: Ishdan ketganlarning aylanish koeffisiyenti quyidagicha topiladi: Ish kuchining qo’nimsizlik koeffisiyenti quyidagicha topiladi: Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling