O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet2/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Taqrizchilar:
A.I.Aliqulov – Samarqand qishloq xo’jaligi instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri, i.f.d.
M.Q.Pardayev – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, i.f.d.

© «Moliya» nashriyoti, 2005 y.


© To’ldirilgan va qayta ishlangan, 2017 y.
© O.Murtazayev va boshqalar

KIRISH



Insoniyat taraqqiyoti tarixida ijtimoiy ishlab chiqarish, shu jumladan tovar-pul munosabatlari alohida o’rin tutadi. Bu jarayon jahondagi turli mamlakatlarda o’ziga xos, o’ziga mos ravishda amalga oshiriladi. O’zbekistonda bosqichma-bosqich shakllanib, rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari mamlakatning taraqqiyot darajasi, urf-odatlarini, madaniy va ma’naviy merosini, mentalitetini va hokazolarni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.
Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, shu jumladan, qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarining shakllanishida islohotlarning ustuvor yo’nalishlari, uning nazariy asoslari, amalga oshirish xususiyatlari, Respublika Prezidenti asarlarida, farmoyishlarda, qonunlarda, Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarda bayon etilgan.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishining dolzarb muammolari O’zbekiston Respublikasining «Mulk to’g’risida», «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish», «Yer to’g’risida», «Mehnat to’g’risida», «Soliq to’g’risida», «Fermer xo’jaligi to’g’risida», «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi qonun va kodekslarda hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlarida va boshqa hujjatlarda ko’rsatib o’tilgan.
Bozor munosabatlari tizimini takomillashtirish orqali qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi mahsulotlar va shu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy va moliyaviy resurslar shartnoma asosida erkin bahoda xarid qilish muammolari ijobiy hal qilinishi, past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari, fermer xo’jaliklari faoliyatida misli ko’rilmagan o’zgarishlar ro’y berayotgan davrda, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhim rol uynamoqda. Bu esa shubxasiz o’quvchilar va mutaxassislarning bilimini oshirish kabi dolzarb vazifalarni hal qilishni taqozo qiladi.
Bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tish samaradorligini oshirish bilan birga ma’lum kamchiliklarga ham yo’l quyilmoqda. Bu tasodifiy holat emas, albatta. Keng ma’noda bozor iqtisodiyotiga o’tish va uning barqaror samaradorligini ta’minlash ma’lum davrni talab etadi. Shu maqsadda qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashtirildi.
Hozirgi davrda bosh vazifa bozor iqtisodiyoti qonunlari, mexanizmlari, kategoriyalari talablarini hisobga olgan holda ko’proq, sifatliroq va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish, ularning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini, shu jumladan, mehnat unumdorligini oshirish, tannarxni pasaytirish, sotish baholarini takomillashtirish hamda xarajatlar rentabelligini oshirish imkoniyatlarini qidirib topish va ulardan oqilona foydalanish hisoblanadi. Bu vazifa har bir xo’jalik rahbarining, mutaxassisning, magistrlar, talabalar va barcha mehnatkashlarining dolzarb vazifasidir.
Darslik bakalavr, magistr, aspirant, o’qituvchi, agrosanoat majmui rahbar va mutaxassislari uchun mo’ljallab yozilgan darsliklardan biri bo’lganligi uchun ham kamchiliklardan xoli emas deb hisoblaymiz. Shuning uchun ham o’ta tig’iz va qimmatli vaqtlarini sarflab, o’zlarining adolatli va beg’araz fikr-mulohazalarini bildirgan barcha o’quvchilarga o’z minnatdorchiligimizni oldindan izhor qilamiz.
Bizning manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 77-uy. E-mail: olimmurtazaev@gmail.com, fahrorov@ yahoo.com

1-BOB. “QISHLOQ XO’JALIGI IQTISODIYOTI”FANINING PREDMETI, O’RGANISH USLUBLARI, MAQSAD VA VAZIFALARI


Fan tugal bir kitob bo’lmagan va hyech qachon bo’lmaydi ham. Har bir muhim yutuq yangi savollarni tug’diradi. Har qanday taraqqiyot vaqt o’tishi bilan yangidan-yangi va yanada chuqurroq qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi”



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling