O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
A. Eynshteyn
1.Fanning predmeti va vazifalari. O’rganish uslublari Iqtisodiyot keng ma’noda ishlab chiqarish jarayonida kishilar ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlarning yig’indisidir. Bu munosabatlar obyektiv qonun va qonuniyatlarga bog’liq. Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari va moddiy boyliklarni taqsimlashni iqtisodiy nazariya o’rganadi. Kishilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni o’rganib, iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning turli tarmoqlarda iqtisodiy qonunlarning aniq turli tuman xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanmaydi va o’z oldiga shug’ullanishni vazifa qilib qo’ymaydi. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’langan. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti»ning nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiy nazariya hisoblanadi. «Iqtisodiy nazariya» ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning iqtisodiy qonunlarida aks etishini, shuningdek bu qonunlardan amalda foydalanishni o’rganadi. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanish turlarini iqtisodiy qonunlarning harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo’lish shakllarini va shu tarmoqda aniq sharoitda ulardan foydalanishni ochib beradi. «Iqtisodiy nazariya» bilan «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» o’rtasida ishlab chiqaruvchi kuchlarni o’rganish borasida farq bor. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida iqtisodiy qonuniyatlarning umumiy ko’rinish xususiyatlari bilan tarmoq iqtisodiy fanlari shug’ullanadi: sanoat, qishloq xo’jalik, qurilish, transport, savdo, kommunal-xo’jalik iqtisodiyoti va boshqalar. Iqtisodiy fanlarning bunday tabaqalanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan bog’langan. "Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining fan sifatida ajralishi ham moddiy ishlab chiqarishning asosiy sferasi hisoblangan qishloq xo’jaligining ajralishi bilan bog’langan. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» shunday fanki, u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar harakati va ularning ko’rinish shakllarini o’rganadi. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy munosabatlarni undagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tekshiradi: mavjud shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari, agrosanoat kombinatlari, agrofirmalar, ijara jamoalarining rivojlanishini nazariy jihatdan umumlashtiradi. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani quyidagi aralash fanlarning o’rgatish uslubiyotlaridan foydalanadi: 1.Agrobiznesni tashkil qilish va rejalashtirish; 2.Iqtisodiy geografiya; 3.Qishloq xo’jaligi statistikasi; 4.Buxgalteriya hisobi; 5.Iqtisodiy kibernetika; 6.Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatining tahlili; 7.Qishloq xo’jaligi tarmoqlari texnologiyasini iqtisodiy baholash va boshqalar. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti–tarixiy fan. U jamiyat rivojlanishi va o’zgarishdagi qonuniyatlarni, ularning ko’rinish shakllarini o’rganadi. Voqyea hodisalarni birgalikda o’zaro aloqadorlikda va sabab oqibatda aks ettiruvchi tushunchalar - iqtisodiy qonunlarga tayangan holda qishloq xo’jalik iqtisodiyoti aniq sharoitda ularning harakatini ochib beradi, xo’jalik sharoitida ulardan foydalanish, ishlab chiqarish va iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash usullarini ishlab chiqadi. Qishloq xo’jaligida butun iqtisodiyot tarmoqlari singari quyidagi qonunlar tizimi harakat qiladi: 1.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish; 2.Jamg’arish; 3.Qiymat, talab va taklif qonunlari; 4.Mehnat unumdorligining o’sib borishi va boshqalar. "Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining predmeti shuki, u kishilarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o’zaro aloqadorligida va o’zaro bog’liqligida o’rganadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar tabiiy va texnologik fanlarning o’rganish predmeti hisoblanadi. «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» ishlab chiqarish munosabatlarini o’rgana borib, ishlab chiqaruvchi kuchlardagi o’zgarishlarni ham aks ettiradi. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti»ning muhim vazifasi loyihadagi va qo’llaniladigan mashina, agrotexnika, meliorativ va boshqa tadbirlarning samaradorligini aniqlash hisoblanadi. Shu bilan birga iqtisodiyotning tabiiy va texnologik fanlar bilan aloqasi o’rnatiladi. Shunday qilib, «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani qishloq xo’jalik tarmog’ida ishlab chiqarish munosabatlarini moddiy ishlab chiqarishning boshqa sferalari bilan aloqadorligida o’rganadi. Bunda tabiiy texnik va boshqa aralash fanlar tadqiqotlari natijasiga tayaniladi. "Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining asosida materialistik dialektika yotadi. Shu bois, borliqni bilish usullari fanning asosiy uslubiyotini tashkil qiladi. Bu usul hodisalarni bir-biridan ajratmasdan ularni bir-biriga bog’lab o’rganadi. U hodisalarni to’xtovsiz harakatda, o’zgarishda, yangilanishda va rivojlanishda, shuningdek miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlariga aylanishida o’rganadi. Quyidan yuqoriga harakatini, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi nuqtai nazaridan o’rganadi. Bundan tashqari iqtisodiy materiallarni o’rganishda iqtisodiy tadqiqotlarning turli usullaridan foydalanadi. Eng ko’p qo’llaniladigan usullariga statistik, analitik, korrelyasiya, dispersiya, regressiya, indeks va boshqalar. Undan keyingisi iqtisodiy-matematik uslublar: simpleks, ishlab chiqarish deduksiyasi, ikki yoqlama baholash, taqsimot va boshqalar. Alohida ijtimoiy hodisalarni, ilg’or tajribalarni o’rganishda monografiya usul qo’llaniladi. Turli tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini asoslashda eksperimental usul qo’llaniladi. Bundan tashqari analiz va sintez, xronometraj, tanlab tekshirish, anketa so’rog’i kabi usullardan ham foydalaniladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling