O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi, uning ishlab chiqarish faoliyatidagi iqtisodiy mustaqilligi


Download 1.77 Mb.
bet8/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

2. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi, uning ishlab chiqarish faoliyatidagi iqtisodiy mustaqilligi

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, boshqa moddiy ishlab chiqarishlar qatorida mamlakat umumiy tovar ishlab chiqarishining muhim qismi hisoblanadi. Bu – uning fermer va dehqon xo’jaliklari, ijara jamoalari va korxonalari, qishloq xo’jaligi kooperativlari, hissadorlik (aksiyadorlik) korxonalari (birlashmalari), davlat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari bozor iqtisodiyoti sharoitida bir bo’g’in sifatida – mahsuloti tovar bo’lgan, uning barcha xossalari va vazifalarini o’zida mujassam qilgan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi sifatida – tan olinishini bildiradi. Mos ravishda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining mahsuloti tovar shaklida sotish – sotib olish orqali iste’molchiga tushadi. Turli xildagi mulkchilikka va ishlab chiqarishni yuritishning turli shakllarining rivojlanishiga keng yo’l ochilgan davrda qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlarining faqatgina bozorlarda ayirboshlanishining ahamiyati kattadir.


Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy erkinligini ta’minlash va bozor iqtisodiyoti yo’liga o’tishining shartlari quyidagilardan iborat bo’lgan edi:
1).Ishlab chiqarish jarayonining maksimal darajada erkin olib borishini ta’minlash. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi asosida - tovar ishlab chiqaruvchilarning erkinligi, o’z mulki va daromadlarini ko’paytirishga intiluvchanligi va shu yo’l bilan faqatgina o’z javobgarligiga tayanib, bozordagi narx-navoni, soliqlarni ko’zda tutgan holda faoliyat yurgazishi yotadi. Tovar ishlab chiqaruvchi o’ziga tegishli yoki ijaraga olingan ishlab chiqarish resurslaridan erkin foydalanishi, ishlab chiqarish dasturini o’zi aniqlashi, yetkazib beruvchi (ta’minotchi) va iste’molchilarni o’zi tanlashi, mahsulotlarga o’zi baho belgilashi, soliqlar to’lashdan keyin qoladigan foydani ishlab chiqarishni rivojlantirishga va xo’jalik zaruriyatlariga sarflashda erkin bo’lmog’i lozim;
2).Tovar ishlab chiqaruvchilarning xo’jalik faoliyati natijalari uchun to’lik iqtisodiy (moddiy) javobgarligi. Mana shu javobgarlik qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining xo’jalik yuritish natijalaridan ishlab chiqarish resurslarini takror ishlab chiqarishni amalga oshirishga imkoniyat yaratishini belgilaydi. Bunga ko’ra ular o’zini o’zi mablag’ bilan taminlash va qoplashni joriy etishlari va bu to’g’rida tovar ishlab chiqaruvchilarni o’z faoliyatlari natijalaridan kelib chiqib xo’jalik yuritish iqtisodiy samara beruvchi yagona yo’lligini ko’zda tutishlari lozim;
3).Baholarning erkin hosil bo’lishi. Bunda qishloq xo’jalik mahsulotlariga baho bozorda, talab va taklifni muvofiqlashtirilib hosil bo’lishi kerak. O’tish davrida davlat tomonidan sotib olinadigan ayrim muhim qishloq xo’jalik mahsulotlariga baho davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshirilishiga yo’l qo’yiladi, qolganlariga kelishilgan va erkin narxlar asosida ayriboshlash joriy etiladi. Davlat boshqaruv idoralarining to’g’ridan-to’g’ri tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish faoliyatiga aralashuvlariga barham berilishi kerak;
4).Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat. Bu baholarni barqarorlashtiruvchi, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytiruvchi, iste’molchi talabiga mos mahsulot sifatini yaxshilaydigan, xo’jalik aktivligini rag’batlantiruvchi muhim omildir;
5).Davlat hokimiyatining tovar ishlab chiqaruvchilarning xo’jalik faoliyatiga aralashuvidan voz kechish. Bunga davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini muvofiqlashtirish bilan bog’liq bo’lgan aralashuvi kirmaydi.
6).Tovar ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarining tengligi va tashqi iqtisodiy aloqalar tizimiga jalb etishni amalga oshira borish va tovar ishlab chiqaruvchilarni xo’jalik yuritish, shaklidan qat’iy nazar tashqi iqsodiy aloqalarni rivojlantirish hyquqiga ega ekanligidir.
Yuqorida keltirilgan shartlar hozir ham o’z kuchini va talabini saqlab qolgan bo’lib ularni amalga oshirish orqaligina qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlarini ko’plab ishlab chiqarish, ularni ishlab chiqaruvchilarning harakatlarini faollashtirish va iqtisodiy natijalarini yuksaltirish mumkin. Bu esa agrar sohaning rivojlanishida tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling