O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet5/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Uchinchidan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mamlakat og’ir sanoatining rivojlanish sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilgani holda traktor, meliorativ va qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o’g’it ishlab chiqarishga faol ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga ketadigan material xarajatlarning asosiy qismini sanoat yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari (yoqilg’i-moylash materiallari, zahira qismlar, mineral o’g’it, omuxta yem, asosiy vositalar amortizasiyasi va boshqalar) tashkil qiladi. 2012 yilga kelib 3099,2 mlrd.so’mlik yoqilg’i, 1173,4 mlrd. so’mlik elektr energiyasi, 424,2 mlrd. so’mlik kimyo va neft-kimyo sanoati, 1091,9 mlrd. so’mlik mashinasozlik va metalga ishlov berish sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
To’rtinchidan, qishloq xo’jaligi mehnat resurslarini safarbar qilish sferasi sifatida katta ahamiyatga ega. Bu tarmoqda 2012 yilda 3,3 mln. kishi band bo’lib, u xalq xo’jaligi faol xodimlarining 26,7 % ini tashkil etadi. Har yili qishloq xo’jaligi o’z xodimlarining bir qismini boshqa tarmoqlarga o’tkazib iqtisodiyotning bu tarmoqlarida ish kuchini takror ishlab chiqarishga katta hissa qo’shadi.
Beshinchidan, qishloq xo’jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki, u umumxalq masalalarini hal qilish uchun zarur bo’lgan jamg’arishning muhim manbai hisoblanadi. Bu tarmoqda mamlakat xalq xo’jaligida tashkil topgan qo’shilgan qiymatning 30 foizga yaqini yaratiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan tovarlarni sotishdan jami valyuta tushumining 40–50 foizi tashkil topadi. 2012 yilda birgina paxta tolasi eksportidan 1259,7 mln. va oziq-ovqat mahsulotlari eksportidan 877,2 mln. AQSh dollarilik tushum kelgan.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlaridan farq qiladigan o’ziga xos xarakterdagi xususiyatlari ham mavjud: qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining birinchi xususiyati shundan iboratki, tarmoqda yer-suv resurslari, o’simlik va tabiiy hayvonot dunyosi, tirik organizmlar, biologik mehnat vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda ishlab chiqarish jarayoni obyektiv sharoitlarga, tirik organizmlarning rivojlanishi va o’zgarish tezligiga bog’liq. Bu shart-sharoitlardan foydalanish dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlab chiqarishni tashkil qilishning ilg’or shakllarini hamda xodimlarga haq to’lashni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ikkinchi xususiyati shuki, bu tarmoqda bosh ishlab chiqarish vositasi yer resurslari hisoblanadi. Agar sanoatda (qazilma sanoatdan tashqari) yer korxonalarni joylashtirish uchun makon bo’lib xizmat qiladigan bo’lsa, qishloq xo’jaligida esa u asosiy va almashtirib bo’lmaydigan ishlab chiqarish vositasidir. Mehnat jarayoni va mahsulot ishlab chiqarish qishloq xo’jaligida bevosita yer bilan, uning sifati, undan foydalanish jarayoni bilan bog’liq. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi katta yer maydonlarida agregatlar yordamida amalga oshiriladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida suv hamda energetik resurslarga talab juda yuqori hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining uchinchi xususiyati Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatidan kelib chiqadi. Unda takror ishlab chiqarish iqtisodiy jarayoni tabiat bilan chambarchars bog’langan, mahsulot ishlab chiqarish biologik sikl bilan bog’liq.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining to’rtinchi xususiyati tuproq-iqlim sharoitiga bog’liqligidir. Qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi yillar bo’yicha iqlim sharoitiga qarab, ob-havoga qarab o’zgarib turadi, bu esa o’z navbatida chorvachilikning rivojlanishiga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligiga ta’sir qiladi. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, ko’pgina qishloq xo’jaligi tarmoqlarida teng harajatlarga teng natija olinmaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining beshinchi xususiyati shuki, bu tarmoqda suv resurslaridan foydalanish muhim rol o’ynaydi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling