O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash uslubiyoti


Download 1.77 Mb.
bet36/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

8.Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash uslubiyoti

Yuqorida qayd etilganidek, qishloq xo’jaligi korxonalarining, jumladan fermer xo’jaliklarining ixtiyoridagi barcha resurslarning qiymatini aniqlash va uni asosiy vosita sifatida buxgalteriya balansiga kiritish masalasi muxim masala hisoblanib, u eng avvalo resurslar egalarining qanchalik iqtisodiy quvvatga ega ekanliklarini bildirsa, boshqa tomondan har bir resursning ishlab chiqarilayotgan tovar yoki mahsulotdagi ulushini aniqlash imkonini beradi.


Shunday qilib, gap qiymatini yoki bahosini aniqlash ancha murakkab bo’lgan 2 ta resurs: mehnat resurslari va yer resurslari haqida boradi. Ushbu bobda mehnat resurslarining qiymatini aniqlashning ayrim jihatlarini ko’rib chiqamiz.
Ma’lumki, qishloq xo’jaligida, erkaklar 16 yoshdan 60 yoshgacha va ayollar 16 yoshdan 55 yoshgacha mehnat resurslari tarkibiga kiradi. Demak, bola dunyoga kelguncha va undan keyin to 16 yoshgacha, ya’ni mehnat resursi bo’lib shakllanguncha ham davlat tomonidan, ham oilaning o’zida oziq-ovqat va kiyim kechak bilan ta’minlashga sarf-xarajatlar qilinadi.
Shunday ekan, mehnat resurslari shakllanishi bilan bog’liq xarajatlar ham albatta, uning qiymatida hisobga olinishi kerak. Shundan kelib chiqib, mehnat resurslari qiymatiga bizning fikrimizcha quyidagi xarajatlar kirishi kerak:
1.Homilador ayolning bola tug’ilgunga qadar davlatdan oladigan mablag’lari; O’zbekiston Respublikasi “Mehnat Kodeksining” 233- “Homiladorlik va tug’ish ta’tillari” moddasiga asosan, ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanishi va 234 - “Bola ikki va uch yoshga to’lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar” moddasida Homiladorlik va tug’ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko’ra, unga bolasi ikki yoshga to’lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to’lanishi belgilab qo’yilgan. Bunda yuqoridagi Kodeksning 286-“Homiladorlik va tug’ish nafaqasi” moddasiga asosan, homiladorlik va tug’ish nafaqasi homiladorlik va tug’ish ta’tilining butun davrida to’liq ish haqi miqdorida to’lanadi va 287- “Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa” moddasiga asosan, bola tug’ilganda bir yo’la beriladigan nafaqa to’lanadi. Har bir tug’ilgan bola uchun beriladigan nafaqaning miqdori va uni to’lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi. Bu miqdor “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida Nizomning 6-“Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa” paragrafi 79-bandi bo’yicha, bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
2.Tug’ilgandan keyin bola 16 yoshgacha bo’lgan davrda davlat tomonidan qilinadigan xarajatlar;
Demak, bola tug’ilishi bilan bog’liq barcha xarajatlar yuqoridagi 1 band bo’yicha hisobga olinar ekan. Bu yerda esa undan keyingi, ya’ni kamida bola 1 yoshga to’lgandan boshlab to 16 yoshga kirgunga qadar bo’ladigan xarajatlar hisobga olinadi. Bu xarajatlar ham 2 ga bo’linib, biri davlat tomonidan va ikkinchisi oilada sarflanadigan xarajatlardir. Bu bandda davlat tomonidan qilinadigan xarajatlar hisoblanadi. Aholining hayoti davomida salomatligini saqlash va faoliyatini ta’minlash uchun tibbiy me’yorlar darajasida ovqatlanishi va kiyim-kechakka bo’lgan extiyojini qondirishi zarur. Bu esa 5 yilda bir marta uslubiy tavsiyalar asosida aniqlashtiriladigan iste’mol savati deb nomlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, boshqa nooziq-ovqat tovarlari, shuningdek aholiga ko’rsatiladigan xizmatlarning to’plamida o’z ifodasini topadi. U ta’kidlanganidek oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmat savatchalaridan iborat bo’ladi. Bir vaqtning o’zida uchchala savat ham insonning faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Shulardan oziq-ovqat savati bir kishining bir oyda ovqatlanishi uchun ketadigan mahsulotlar miqdorini bildirib, bu yerda mahsulotlar iste’mol qilishning minimal me’yori asos qilib hisoblaniladi. Demak, kishilar iste’mol qiladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlarining tibbiy me’yorlar darajasidagi miqdorini, 16 yoshgacha bo’lgan yosh kategoriyalari bo’yicha hisoblab, shuningdek ularga kiyim-kechak borasidagi xarajatlarni ham qo’shib hisoblab taxminiy holatdagi sarf xarajatlarni hisoblab chiqarish mumkin bo’ladi.
3.Oilada bola 16 yoshga to’lguncha, sarf qilinadigan o’rtacha xarajatlar; Xuddi yuqoridagidek, oilada ham bolalarni to balog’at yoshigacha, ya’ni 16 yoshgacha bo’lgan davrda ularga kerak bo’ladigan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur xarajatlarni me’yor darajasida hisoblab chiqib, aniqlash mumkin.
Hisob-kitoblarga qaraganda eng ko’p energiya talab qilinadigan yoshlar – bu 13-18; 18-59 va 10-13 yoshlar oralig’i bo’lib, ularda bir sutkada mos ravishda – 2914; 2834 va 2738 k/kal. energiya talab qilinar ekan4.
Demak, 16 yoshgacha bo’lgan o’smirga ham davlat tomonidan va ham oilada sarflanadigan xarajatlarni birgalikda qo’shib, hisoblab chiqib ana shu yoshgacha bo’lgan o’smirni voyaga yetkazish bilan bog’liq jami xarajatlarni aniqlash mumkin bo’ladi.
Ushbu bandlarning yig’indisi bizningcha, 16 yoshli o’smirning, ya’ni shakllangan mehnat resursining o’rtacha qiymatini tashkil qiladi.
Mehnat resurslarining nafaqa yoshigacha bo’lgan davrgacha ishlaydigan vaqtlarini hisoblasak: u erkaklar uchun 44(60-16) yil va ayollar uchun 39(55-16) yilga teng. O’rtacha esa 41,5(44+39=83:2 ) yilni tashkil qiladi. O’rganilayotgan davrga qarab, ana shu 41,5 yil(mehnat resursining yoshiga qarab o’zgaradi), hukumat tomonidan turli davrda o’zgartirib turiladigan minimal ish haqi miqdoriga ko’paytiriladi. Shuningdek, mehnat resurslarining qiymatiga, minimal ish hakidan ortiqcha va barcha to’lovlardan kolgan nominal ish haqi ham kiritiladi. Xorijiy va MDH davlatlari olimlarining tadqiqotlarini tahlil qilgan holda, o’zimizning amaldagi qabul qilingan hujjatlar asosida va mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib, mehnat resurslarining qiymatini quyidagi formulada hisoblash mumkin deb, uni tavsiya qilamiz:

Bunda:
MRQ - 1 ta mehnat resursining qiymati, so’m hisobida;


- bola tug’ilgunga qadar davlat tomonidan beriladigan o’rtacha mablag’lar, so’m hisobida;
- bola tug’ilgandan keyingi 16 yoshga to’lgunga qadar davlat tomonidan beriladigan o’rtacha mablag’lar, so’m hisobida;
- bola tug’ilgandan keyingi 16 yoshga to’lgunga qadar oila tomonidan unga sarflangan o’rtacha xarajatlar, so’m hisobida;
MIH - o’zgarib turuvchi minimal ish haqi miqdori, so’m hisobida;
41,5 - mehnatga qobiliyatli davr(yoshga qarab o’zgarib turuvchi raqam), yil;
(NIH-MIH)- barcha to’lovlardan va minimal ish haqidan keyingi nominal ish haki, so’m hisobida.
Mazkur usul bilan aniqlangan 1 ta mehnat resursining qiymatini jami mehnat resurslari soniga ko’paytirib, jami paxtachilik majmuasi korxonalaridagi mehnat resurslari qiymatini hisoblash mumkin. Paxtachilik majmuasi samaradorligini aniqlashda bir yillik mehnat resurslarining qiymati qo’shiladi, xolos. Uni aniqlashda quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya qilamiz:

bunda
MRO’YQ - mehnat resurslarining o’rtacha yillik qiymati, so’m;
P - mehnat resurslarining ishlab chiqarish jarayonida o’rtacha ishtirok etish davri, yil.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling