O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
-jadval O’zbekistonda parrandachilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Parrandachilikning iktisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
- 28-BOB. PILLACHILIKNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI 1.Pillachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
1-jadval
O’zbekistonda parrandachilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 3.Parrandachilikning iktisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari Ko’pchilik xo’jaliklarda, ayniqsa, parrandachilik fabrikalarida tuxum ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining rentabelligi bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga javob beradi. Ammo parranda go’shtlarini yetishtirishda va sotishda bu ko’rsatkichni optimal tashkil topish imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga erishilgan emas. Ko’proq, sifatliroq va arzonroq parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish uchun quyidagi omillardan va imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur: 1.Tarkibida 15-20 ta moddalar mavjud bo’lgan omuxtayemlardan foydalanish; 2.Xo’jaliklarning ixtisoslashishini hisobga olib elita hamda gibrid parranda zotlarini ko’paytirish zarur. Oxirgi yillarda O’zbekiston parrandachilik fabrikalarida va boshqa xo’jaliklarda “Leggorn”, “Kornish”, krosslardan «Ko’ng’ur-xayseks», «Lomoni-braun» kabi tovuq zotlaridan foydalanish yuqori samara bermoqda; 3.Inkubasiya jarayonida sog’lom jo’ja va boshqalarni olish uchun ilg’or (progressiv) usullardan keng foydalanish kerak. Inkubasiyalanadigan tuxumlar maxsus karton qog’ozlarda va fleygalarda joylashtiriladi, 8-120S issiklikda, nisbiy namligi 75-80% omborxonalarda, uzog’i bilan 5-6 kungacha saqlanadi. Inkubasiyalashdan oldin tuxumlarni formaldegid yod, azon, margansovka va boshqalar kabi maxsus moddalar bilan zararsizlantirilishi ulardan foydalanish koeffisiyentini oshiradi; 4.Yosh jo’ja va boshqalarni maxsus kletkalarda hamda to’shamalarda saqlashning ham progressiv usullaridan foydalanish lozim. Ayniqsa ularni oziqlantirish belgilangan me’yorlarda va muddatlarda amalga oshirilishi, mikroklimatni saqlash aloxida axamiyatga ega; 5.Zooveterinariya xizmatining progressiv usullaridan foydalanishni tashkil etish lozim; 6.Tuxum, go’sht, jo’ja va parrandachilik mahsulotlarini erkin, shartnoma baholarida sotish, parrandachilikda band bo’lgan ishchi va xizmatchilarga kafolatlangan mehnat haqi to’lashning amalga oshirilishi ham muhim tadbir bo’lib hisoblanadi. 28-BOB. PILLACHILIKNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI 1.Pillachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati Tarmoqning asosiy mahsuloti xom so’ngra kerakli darajada quritilgan pilladir. Pillani qayta ishlash jarayonida ip, undan esa ipaklik gazlamalar ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlardan insonlar uchun o’ta yumshoq, silliq va chidamli kiyim-kechaklar tayyorlanadi. Uzok yillar davomida ulardan samolyot, kosmik kemalarga parashyut, elektr simlarida izolyator, tibbiyotda, jarroxlikda tikish ipi sifatida va boshqa tarmoqlarda turli maqsadlarda foydalanib kelingan. Keyinchalik bu buyumlar kimyoviy(sun’iy) tolalardan tayyorlanishi tufayli ipak ipi va gazlamasi asosan insonlar iste’moli uchun foydalanilmoqda. Pilla ipidan eng chiroyli va nafis atlas, adras, shoyi, duxoba, gilam va boshqa xil matolar to’qiladi. Bir sentner xom-pilladan 100-150 metrgacha ipak gazlama to’qiladi. Tayyorlangan kiyimlarning chakana baholarda qiymati 500-650 ming so’mga teng. Pillaning yetilishi juda murakkab jarayon. Uning urug’i sanoat texnologiyasi asosida olinadi va rivojlantiriladi. 20-30 kun ichida qurtning og’irligi 10-14 marta ko’payadi. Buning uchun qurt yashil tut bargi bilan intensiv oziqlantiriladi. Qurtlar1-2 yoshida har 2-3 soatda, 3-4 yoshda – har 3-4 soatda, 5 yoshida esa – har 4-5 soatda takror oziqlantiriladi. Bir gramm pilla urug’i 20-30 kun o’sish davrida 50-60 kg yashil barg iste’mol qiladi va 3-4 kg xom pillaga aylanadi. 1kg pilla ishlab chiqarish uchun 15-17 kg barg sarflanadi. Qurt go’ngi o’simlikchilikda organik o’g’it, sanoatda kislota olish uchun ishlatiladi. Pillani qayta ishlash jarayonida tashkil topgan ko’kolkalar mo’yna chorvachiligida qo’shimcha ozuqa shaklida ishlatiladi. Ko’kolkaning to’rtdan bir qismi yog’ qolgan qismi esa turli xil mineral moddalardan iborat. Xom pilla ishlab chiqarishda mehnat resurslari, band bo’lgan binolar va boshqa resurslar mavsumiy foydalaniladi. Agar ular bir marta tashkil etsa 20-30 kun, ikki marta-40-60 kun foydalaniladi, xolos. Ammo, ko’pchilik xo’jaliklarda qo’shimcha tarmoq sifatida rivojlantiriladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling