O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Baliqchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati


Download 1.77 Mb.
bet130/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

1.Baliqchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

Baliq va baliq mahsulotlari inson organizmi uchun juda kerakli va uning taomnomasida muhim o’rinni egallaydigan parhyez ovqat turlaridan biridir. Ma’lumki, baliq go’shti inson organizmida tez hazm bo’lishi bilan boshqa hayvonlar go’shtlaridan farq qiladi. Xolbuki, uning tarkibidagi barcha to’yimli moddalar boshqa go’shtlardagidan kam emas.


Baliq go’shti “D” vitaminiga boy va u inson organizmida Sa va R almashinuvini me’yorda saqlab turishga yordam qiladi. Shuningdek, yosh bolalarga va hatto kech kuz hamda qish oylarida bir joyda turib boqiladigan hayvonlarning raxit kasalga chalinishining oldini oladi va shu kasalga chalinganlarini davolashda katta ahamiyatga ega. Bundan inson ovqatlanishi uchun yaroqsiz bo’lgan baliqlar va baliqlarni qayta ishlash korxonalari chiqitlaridan tayyorlangan baliq uni qishloq xo’jaligi hayvonlari va parrandalarining ozuqa rasionini turli oqsil va vitaminlarga boyituvchi qimmatli qo’shimcha hisoblanadi.
Respublikamiz hududida karp, oq amur, do’ng peshona, karas va ilonbosh kabi iliq haroratga moil baliq zotlari urchitiladi. Ularning asosiy qismini karp zotli baliqlar tashkil qiladi. Bu zotli baliq juda ham serurug’ bo’lib, 4-5 yoshli tirik vazni 5-8 kg. Keladigan urg’ochilari suvning harorati 17-180 S ga yetganda birdaniga o’rtacha 700-800 ming, eng sifatlilari esa 1,5 mln.gacha ikra qo’ya oladi. Bu zotli baliqlarning o’sish imkoniyatlari juda yuqori bo’lib, 18-20 oyligida tirik vazni 1-1,5 kg. 28-32 oyligida esa 2,5-4 kg.gacha yetishi mumkin. Shu zotga mansub baliqlar urchiydigan hovuzlarning tabiiy baliq mahsuldorligi 1,2-2 sentnerga teng bo’lib, baliq mahsulotlari yetishtirishni jadal usulda amalga oshirilganda har gektar suv havzasidan 25-30 sentnergacha baliq yetishtirish mumkin.


2.Baliqchilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli

Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi iqtisodiy islohotlar, jumladan qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar baliqchilik sohasini rivojlantirishni ham zaruriyat qilib qo’ydi. Islohotlarning asosiylaridan biri bu qishloq xo’jaligida mulk islohoti bo’lib, baliqchilik sohasida xususiylashtirish va xususiy mulkni rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, baliq ovlash va baliqchilik korxonalari faoliyatini tashkil etishda bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, tarmoqni yanada monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek baliq ovlash, baliq va baliq mahsulotlarini sotishni tartibga solish maqsadida 2003 yil 13 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 350-sonli qarori qabul qilingan. Keyinroq esa aholining baliq mahsulotlariga talabini to’la qondirish va baliq mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “2009-2011 yillarda respublikada baliqchilik tarmog’ini rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi” qabul qilingan edi.


Respublikada ana shu davr ichida, ya’ni 2009 – 2011 yillarda baliq yetishtirish 9235,7 dan 16882,1 tonnaga yetkazilgan. 2011 yilda tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga va tabiiy ko’llarni ijaraga olgan korxonalarni zamonaviy texnologik vositalar bilan jixozlash, granulalangan omuxta yem, mineral o’g’itlar, va mavsumiy aylanma mablag’lari uchun tijorat banklari tomonidan 8 mlrd 525 mln. so’m(213,1%) kredit ajratib berilgan. “O’zdonmaxsulot” kompaniyasi korxonalari va Chinoz omuxta yem ishlab chiqarish zavodi tomonidan esa 11ming 973 tonna (169,1%) tonna omuxta yem, baliqchilik xo’jaliklariga shartnoma asosida yetkazib berilgan. Yangidan tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan kichik baliqchilik fermer xo’jaliklariga tizimli ravishda baliq chavoqlari yetishtirib berish tashkil etilgan. Respublikada mayda baliq urug’lari yetishtirishga ixtisoslashgan xo’jaliklar tomonidan 221 mln.dona lichinka olinib, ulardan 29,2 mln.dona bir yozlik baliq urug’lik materiali yetishtirilgan.
Quyidagi 1-jadvalda respublikada 2011-2014 yillarda Barcha toifadagi xo’jaliklarda, fermer xo’jaliklarida, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida hamda qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda baliq ovlash dinamikasining tahlili keltirilgan.
1-jadval

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling