O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
O’zbekistonda baliq ovlashning barcha xo’jalik toifalari bo’yicha tahlili (2011-2014 yy.)(tonna)*
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
O’zbekistonda baliq ovlashning barcha xo’jalik toifalari bo’yicha tahlili (2011-2014 yy.)(tonna)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko’rsatadiki, 2011-2014 yillarda respublika bo’yicha baliqchilikda keskin o’zgarishlar bo’lgan, barcha toifadagi xo’jaliklarda ham, fermer xo’jaliklarida ham baliq ovlash 2,8 martaga oshgan. Bu o’sish dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida juda yuqori bo’lib, 4,7 martani tashkil etgan. 2011 yilda asosiy salmoq qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to’g’ri kelib, 60,5 ni tashkil qilgan bo’lsa, fermer xo’jaliklari hamda dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari mos ravishda 28,3 va 11,2 % salmoqqa ega bo’lgan. Lekin bu 2014 yilga kelib, fermer xo’jaliklari hamda dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida mos ravishda – 29,3 va 19,1 % ni tashkil qilgan bo’lsa - qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasi kamayib borgan ya’ni, 60,5 % dan 51,6 punktga tushib qolgan. Bu esa baliq yetishtirishda tobora fermer xo’jaliklari va alohida tadbirkorlarning hissasi tobora ortib borayotganligidan dalolat beradi. 3.Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari Bozor iqtisodiyotigacha bo’lgan davrlarda baliq yetishtirish, uni sotish masalalari ancha takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Muximi bu tarmoqni tarmoq sifatida tan olish va aholining unga bo’lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmas edi. Hozirda alohida baliqchilik xo’jaliklarining tashkil etilishi, ularning yetarli darajada yer-suv, moddiy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishi o’z navbatida ularga pirovard natijaga erishishda samarali faoliyat ko’rsatishlarini taqozo qiladi. Kelajakda ko’proq, sifatliroq va arzonroq baliqchilik mahsulotlarini yetishtirish hamda sotish uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur: I.Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish bo’yicha: 1.Qishloq xo’jaligi ekinlari maqsadlarida ishlatilmaydigan sho’rxok yerlarda kichik baliqchilik fermer xo’jaliklari tashkil etish; 2.Har bir tumanda fermer xo’jaliklarini tizimli ravishda mayda baliq chavoqlari bilan ta’minlaydigan inkubasion – reproduktor xo’jaliklarini tashkil etish; 3.Baliqchilik fermer xo’jaliklarini O’zdonmaxsulot korxonalari va Chinoz maxsus baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilgan omuxta yem bilan uzluksiz ta’minlash; 4.Tumanlardagi shiyponlarda mavjud hovuzlarda kanal va kollektorlar relyefini inobatga olgan holda suv kirib chiqishini ta’minlab beruvchi basseynlarda intensiv baliq yetishtirish texnologiyasini joriy etish; 5.Tuman hokimliklari va hududiy havza boshqarmalari sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi korxonalarini 2012 yilda zarur hajmdagi suv bilan kafolatli ta’minlash bo’yicha ishlarini aniq belgilab olishlari. II.Tabiiy suv havzalarida baliq ovlash va ularni baliqlantirish masalalari bo’yicha: 1.Baliqchilik sohasida foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy suv havzalarini qayta inventarizasiya qilish va ko’llardagi baliq zaxiralaridan oqilona foydalanishni tashkil etish; 2.Viloyat va tuman miqyosida tabiiy suv havzalarda ishlatilmay turgan bo’sh maydonlarni ijaraga berishni tashkillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinishi; 3.Tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara to’lovlarini o’z vaqtida to’lashni ta’minlash; 4.Tabiiy suv havzalarini baliqlantirishni suv havzalari yaqinida markazlashtirilgan tarzda tashkil etishni yo’lga qo’yish; 5.Tuman hududlarida noqonuniy –brakonyerlik bilan shug’ullanyotgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo’llash; 6.Aholi bandligini ta’minlash uchun tabiiy ko’llarda sun’iy qafaslarda baliq yetishtirish texnologiyasi joriy etish bo’yicha xorijiy va maxalliy investorlar mablag’larini jalb etish. 7.Baliq mahsulotlarini qayta ishlash va baliq mahsulotlarini tuman bozorlarida uzluksiz sotishni tashkil etish va mavsumiy bank kreditlari ajratish bo’yicha: 8.Tuman markaziy bozorlarida maxsus baliq sotish shoxobchalarini va tirik baliq sotishga mo’ljallangan baliq akvariumlarini qurish va ularda ularda muntazam ravishda baliq sotishni tashkil etish; 9.Tirik baliqlarni yarim tayyor mahsulot holida qayta ishlaydigan kichik korxonalarni qurish va ularni maxsus uskunalar, muzlatgich, sovutgichlar bilan jixozlashni tashkil etish; 10.Tuman hududidagi ovqatlanish korxonalarida baliq taomlarini menyularda doimiy bo’lishini va baliq taomlari xilma-xilligini ta’minlash. 11.Baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida, moddiy-texnika bazasini yangilash, yangi texnologiyalar olib kirish, qayta ishlashni tashkil etish uchun baliqchilik xo’jaliklariga bank kreditlari berilishi ustidan nazoratni o’rnatish. Baliqchilik sohasiga oid qonun hujjatlarni takomillashtirish vazifalari: 1.Hozirgi kunda baliqchilik bo’yicha yagona qonun qabul qilish zarurati yuzaga kelgan. 2.Qabul qilinadigan qonun: 3.Cun’iy baliqchilik ho’jaliklarida baliq yetishtirish, hovuz va yer fondidan maqsadli foydalanish; 4.Tabiiy suv havzalaridagi baliq zahiralaridan samarali va oqilona ovlashni tashkil qilish hamda baliq zahiralarini ko’paytirish choralarini kuchaytirish va ovlovchi korxonalarning konuniy javobgarligini oshirish; 5.Baliq mahsulotlarini sotishni tartibga olish va iste’molchilar huquqini himoya qilish; 6.Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil qilish jarayoni soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish masalalarini o’z ichiga olishi zarur. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling