1-Ma’ruza: Axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. Reja:
1.1. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi.
1.2. Jamiyatni axborotlashtirish va il g’or axborot texnologiyasini joriy etish zaruriyati
1.3. Informatsion jarayonlarning rivojlanish bosqichlari
1.4. Axborot o’lchovi
Tayanch iboralar: axborot, Informatika va AT, jamiyatni axborotlashtirish, axborot o’lchovi.
1.1. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi
Axborot-so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqgan bo’lib tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’noni anglatadi.
Axborotning o’zini esa biror ob’yekt, atrof muxitni ma’lum bo’lagi yoki ma’lum jarayon xaqidagi, aniqmaslik darajasini kamaytiradigan belgilar, belgilar (parametrlar), tafsilotlar yo’riqlar va h.k. majmuasi deyish mumkin.
O’z navbatida xabar axborotni tasvirlash formasi bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k. ko’rinishida ifodalanadi.
Umuman, zamonaviy mazmunda olganda - axborot bu odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika va AT - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan, ko’nikma va vositalar tizimidir.
Informatika va AT atamasi 60 yillar oxirida Frantsiyada vujudga keldi. U axborot (informatique) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, «Ma’lumotni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani Computer science deb ataladi.
Mustaqil fan sifatida Informatika va AT 40 - yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |