1-Ma’ruza: Axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. Reja
Download 31.69 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlar texnologiyasi
- Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish
Iqtisodiy axborot - bu ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalardagi, odamlar jamoasidagi ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni aks ettiruvchi va ularni boshqarish uchun xizmat qiluvchi ma’lumotlar to’plamidir.
Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muxim yo’nalishlaridan biri hisoblanib, jaxon fan texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Axborotlar texnologiyasi iqtisodiy masalalarni xal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o’z ichiga oladi: Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish. Axborotlarni uzatish. Ma’lumotlarni kodlashtirish. Ma’lumotlarni saqlash va yig’ish. Axborotlarni izlash. Axborotni qayta ishlash, chop etish va axborotdan foydalanish. Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muxim xususiyati ko’p jixatdan iqtisodiy ob’yektga bog’liq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz: Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish. Axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish xar xil iqtisodiy ob’yektlarda xar xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xo’jaligi ob’yekti faoliyatini aks etgan boshlang’ich iqtisodiy hisobotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir. Shu o’rinda boshlang’ich ma’lumotning ishonchli, to’liq va zamonaviy bo’lishiga katta e’tibor beriladi. Korxonada axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish xar xil xo’jalik operatsiyalarini bajarish vaqtida sodir bo’ladi. (Masalan: tayyor maxsulotlarni qabul qilish, materiallarni qabul qilish, yuborish va boshqalar). Avval axborot yig’iladi, keyin mustaxkamlanadi. Keltirilgan hisobotlar, misol uchun, ish joylarining o’zida ishlab chiqarilgan detallar, brak detallarning soni va boshqalar hisoblash natijasida kelib chiqadi. Xaqiqatdan axborotni yig’ish uchun o’lchash ishlari, hisob-kitob, material ob’yektlarini taqqoslash, aloxida bajaruvchilarning vaqtinchalik va sonli xarakterdagi ishlarini hisob-kitob qilish kabilar amalga oshiriladi. Axborotni yig’ish uni ro’yxatdan o’tkazish bilan birga olib boriladi. Boshlang’ich xujjatlarga yozish asosan qo’lda bajariladi, shuning uchun yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish jarayonlari xozircha mehnat talab etadigan ishligicha qolmoqda. Korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan sharoitida asosiy e’tibor axborotlarni ro’yxatdan o’tkazishning texnik asosidan foydalanishga qaratiladi. Axborotlarni ro’yxatdan o’tkazishning texnik asosi uz ichiga quyidagilarni oladi: sonli o’lchov operatsiyalarini ro’yxatdan o’tkazish, EHM aloqa kanallari orqali axborotlarni yig’ish, uzatish va boshqalar. Iqtisodiy axborotlarni uzatish xar xil iqtisodiy ob’yektlarda turlicha amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish ko’pincha uni qayta ishlashdan ajratilgan xolda olib boriladi. Ma’lumki, axborotlarni yig’ish va uzatish ish joylarining o’zida amalga oshiriladi, uni qayta ishlash esa - hisob-kitob markazida olib boriladi. Download 31.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling