O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
-BOB. ASALARICHILIKNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
30-BOB. ASALARICHILIKNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
1.Asalarichilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati O’zbekistonda chorvachilikning yaqindan taraqqiy etib kelayotgan tarmoqlaridan biri asalarichilik - qishloq xo’jaligining ham muhim tarmog’i hisoblanadi. Asalarichilik mamlakatimizning barcha xo’jaliklarida muvaffaqiyatli rivojlantirilmoqda. Asalarining asosiy mahsuloti – asal, shifobaxshlik va parhyezlik xususiyatidan tashqari juda shirin ma’zaga ham ega. Asalarichilikning boshqa yana bir muxim mahsulotlaridan, biri ona ari suti, propolis, asalari zaxari, gulchangi, mum keng miqyosda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, ya’ni tibbiyotda, kimyoda, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining bir tarmog’i sifatida asalarichilikning asosiy maqsadi tovar asal ishlab chiqarish hisoblanadi. Asalari mahsulotlarida ko’p miqdorda to’yimli moddalar bo’lib, uning va shifobaxshlik xususiyatlar mavjud. U ko’pgina teri kasalliklarini davolashda, iste’mol qilinganda organizmning himoya kuchini oshirishda, endokrin bezlarining ishini mo’tadillashtirishda, yurak qon sistemasining faoliyatini to’g’ri saqlashydai katta yordam beradi. Asalni doimiy ravishda iste’mol qilib turilsa uyquni yaxshilab, ishtaxani ochadi, qon bosimini o’nglaydi. Sifatsiz asal foyda o’rniga organizmga zarar keltirshi mumkin, inson organizmini zaxarlab ovqat hazm qilishni buzadi va hokazo. Asalning shifobaxshlik xususiyati uning kelib chiqishiga, olish texnologiyasiga, qayta ishlash, saqlash sharoitiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatib, xalq xo’jaligiga bebaho foyda keltiradi. Asalarilar qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatish natijasida olingan hosildan keluvchi foyda, uning barcha boshqa mahsulotlaridan olinadigan foydadan 10-17 marta ortiq ekanligi dunyo olimlari tomonidan isbotlab berilgan. Yaylov va butazorlardagi dukkakli o’simliklarni changlatib, uning hosildorligini oshirib chorvachilikning rivojalanishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Oliy malakali, chuqur va mustaxkam bilimli mutaxassislargina asalarichilik sohasini yaxshi olib borishlari mumkin. Asalarilarning changlatishdagi ahamiyati azaldan ma’lum. O’simliklarning changlanish masalasi bilan ko’pgina olimlar shug’ullanishgan. Ular asalarilar poliz ekinlari va mevali daraxtlarni changlatishda qatnashib, ularning hosildorligini 4-5 marta oshirganligini isbotlaganlar. Asalarilar yordamida va boshqa kompleks tadbirlarni qo’llab, hosilni oshirish masalasiga mamlakatning barcha viloyatlarida ham ahamiyat berilmoqda. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra o’simliklarni asalarilar yordamida changlatish beda hosilini 180-250% gacha, kungaboqarni 40-50% gacha, qora bug’doyni 1,5 marta, karam, sholg’om, piyozni 30-40% gacha, zig’irni 27% gacha va paxta hosildorligini 2,0-2,5 s.ga oshiradi. 2.Asalarichilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi tarmog’i oldida turgan asosiy muammolardan biri aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan extiyojini o’zimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hisobiga qondirishdan iborat bo’lib, bu shu paytgacha uncha rivojlanmagan tarmoq hisoblangan – asalarichilikni jadal rivojlantirish vazifasini qo’ydi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz istiqlolga erishgan kunlaridanoq agrar sohaning muhim tarmog’i hisoblangan asalarichilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Eng asosiysi sohada bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilib, chorvachilikni, shu jumladan asalarichilikni barqaror rivojlantirishning huquqiy asoslari barpo etildi. Bunga misol qilib, Davlat qonunlari, Prezident farmoni va qarorlarini hamda hukumat Dasturlarini, Vazirlar Mahkamasining qator qarorlarini keltirish mumkin. Ayniqsa, bu borda Prezident I.Karimov tomonidan “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2006 yil 23 –martda qabul qilingan 308-sonli hamda “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2008 yil 21 –aprelda qabul qilingan 842-sonli qarori muxim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qarorlarning joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining 2009-2011 yillar davomida chorvachilikni, jumladan rivojlantirish, mamlakatda chorvachilik, qoramolchilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan qator qarorlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Asalarichilik – qishloq xo’jaligining muxim tarmog’i. Asalarilar barcha xo’jaliklarda muvaffaqiyatli rivojlanib kelmoqda. Xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish uchun, qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish zarur. Hozirgi vaqtda ko’chma asalarichilik keng qo’llaniladigan bo’lib, tog’ oldi (adir) larda joylashgan pasekalarning 90% ini tashkil qiladi. Mamlakatimizning tog’li tumanlarida doimiy ravishda (bir joyda) turuvchi pasekalarning 10% ini tashkil qiladi. Asalarichilikni rivojlantirish hozirgi zamon yer tizimi, har bir hududning tabiiy iqlim va tuproq sharoitini hisobga olgan holda, uning ozuqa bazasini yaxshilash, xo’jaliklarning iqtisodiy jixatdan samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Respublikada yuqoridagi amalga oshirilgan islohotlarning natijasi sifatida keyingi yillarda baliqchilik rivojlanib bormoqda. Quyidagi 1-jadvalda respublikada 2011-2014 yillarda barcha toifadagi xo’jaliklarda, fermer xo’jaliklarida, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida hamda qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda asal yetishtirish dinamikasining tahlili keltirilgan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling